1-(4-SULFO-1-NAFTILAZO)-2-NAFTOL-6,8-DISULFOKISLOTANING
UCHNATRIYLI TUZINI ANALITIK KIMYODA QOʻLLANILISHI
Turabov N.T., Todjiyev J.N., Suyunova S.R.,
Oʻzbekiston Milliy universiteti
Bugungi
kunda
mamlakatimizdagi
sanoat
oqava
suvlaridan,
sanoat
chiqindilaridan, rudalar tarkibidan, rangli, ogʻir va nodir metallar ionlarini ajratib
olish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Sanoatda ishlab chiqarish
samaradorligini cheklovchi bir qancha mavjud muammolarni, bartaraf etishda, jiddiy
toʻsiqlardan biri bu sanoat chiqindilari, texnologik eritmalar va oqava suvlarining
murakkab kimyoviy tarkibi hamda ishlatiladigan reagentlarning quvvati va
selektivligining yetarli emasligidir. Maʼlumki, ogʻir va zaharli metall ionlarining
204
mikro va makromiqdorlarini aniqlashda asosan, optik analiz usullaridan ayrim
azoreagentlar va ularning hosilalari muhim oʼrin egallaydi.
1-(4-sulfo-1-naftilazo)-2-naftol-6,8-disulfokislotaning uchnatriyli tuzi turli xil
metall ionlari bilan maʼlum xossali barqaror kompleks birikmalar hosil qilishi sababli
muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari bu reagent azoboʼyoqlar tarkibidagi
elektronodonor guruhlar va boshqa funksional guruhlarni aniqlashda juda sezgir
hisoblanadi, agarda elektronoaktseptor guruxlar (-Cl;-Br;-O;-N;-OH va boshq.) tutsa
unda tanlab taʼsir etuvchanlik xususiyati yaxshilangan boʼladi. Bir vaqtning oʼzida 1-
(4-sulfo-1-naftilazo)-2-naftol-6,8-disulfokislotaning trinatriy tuzi ham elektronodonor
ham elektronoaktseptor guruhlar saqlasa aniqlanayotgan reagentning rangi aniq
koʼrinadi va kompleksning analitik va metrologik tavsiflarini yaxshilangani koʼriladi.
Bunda reagentning tanlab taʼsir etuvchanligi va sezgirligi birmuncha oshadi. Optik
analiz metodi yordamida organik oksiazoreagentlarni metall ionlari bilan hosil qilgan
kompleks birikmalarini aniqlashda keng qoʼllash mumkin.
Ushbu ilmiy ishda hozirgi davr talablariga javob beradigan yangi analitik
reagentlardan biri 1-(4-sulfo-1-naftilazo)-2-naftol-6,8-disulfokislotaning uchnatriyli
tuzining turli fizik-kimyoviy tavsiflarini hamda baʼzi nodir, rangli, ogʻir va zaharli
metallar bilan kompleks hosil qilish jarayonlarini oʼrganish va ular asosida baʼzi
metallarning mikromiqdorlarini aniqlash uslublarini ishlab chiqish, fizik-kimyoviy
tavsiflarini aniqlash, sanoat qotishmalarining standart namunalari va tabiiy obʼektlar
tarkibidan aniqlash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
1-(4-sulfo-1-naftilazo)-2-naftol-6,8-disulfokislotaning uchnatriyli tuzi spirt, suv
va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi va qizgʻish - binafsha rangli eritmani
hosil qiladi.
1-(4-sulfo-1-naftilazo)-2-naftol-6,8-disulfokislotaning uchnatriyli tuzini kvant-
kimyoviy hisoblashlari olib borildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida reagent
molekulasi tarkibida mavjud boʼlgan N, S, O atomlaridan qaysi biridan bogʻlanish
ketishining nazariy ehtimolligi yuqori ekanligi aniqlandi.
Аnaliz jarayonida metall ionlarining 1mg/ml li standart eritmasi, 0,05% - li 1-
(4-sulfo-1-naftilazo)-2-naftol-6,8-disulfokislotaning trinatriy tuzi reagenti va bufer
eritmalaridan foydalanildi.
Tajriba natijalari spektrofotometr va pH metr (pH/mv/TEMP Meter P25) da
oʼlchandi.
1-(4-sulfo-1-naftilazo)-2-naftol-6,8-disulfokislotaning
uchnatriyli
tuzi
reagentini sezgirligini aniqlash maqsadida turli xil metall ionlari bilan sifat
reaksiyalari oʼrganildi. Kompleks birikma hosil qilish uchun 50,0 ml li kolbalarga pH
i turli xil boʼlgan universal bufer eritmadan 10,0 ml dan, 0,05 % li 1-(4-sulfo-1-
naftilazo)-2-naftol-6,8-disulfokislotaning uchnatriyli tuzi va titri 50 mkg/ml boʼlgan
metall ionalarini ishchi eritmasidan 1,0 ml dan olindi. Hosil boʼlgan kompleks
205
birikmalarni rang oʼzgarishi solishtirma eritmaga (metall ionlari boʼlmagan eritma)
nisbatan kuzatildi. Tajriba natijalari jadvalda keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |