189
IN T E G R A T S IY A - F A N IN I О Q IT ISH D A
TA’L IM FA L SA FA SI
So'nggi o'n yilliklar ichida ta’lim falsafasi shunday ilmiy yokna»
lishga aylandiki, u insonning ta’lim olish jaravonida yaxlit intellektual
rivojlanishi borasidagi savolga javob taklif etmoqda. Ta’lim olayotgan
yosh insonning rivojlanish sharoitidagi qarama-qarshilikni amaliyot-
dagi pedagoglar aniqlashgan. Fan o’qitishdagi integratsiya bo‘yieha
ularning taklifi tashqi birikish xarakteriga ega, aslida esa fanlarni
integratsiyalashni chuqur metodologiya asosida o'tkazish zarur. Yangi
rivojlanayotgan fan mazmunida turli falsafiv oqimlarda paydo boigan
g‘oya va metodlar birlashuvi ehtimoli bor, Ta’lim falsafasi tomo-
nidan nafaqat tabiiy moslashuv, balki kontinental moslashuv ham
o‘zlashtirilmoqda. Olimlardan T.Kun va V.S.Styopin bu boradagi
ishlari natijasida falsafa, tabiat va madaniyat haqidagi fanlarni birlash-
tirdi. Shunday qilib, fizika modellariga zamonaviy inson ongi murojaat
etuvchi ilgkor fanga aylandi. XX asr o'rtalarida ilg‘or fanlar orasida
kibernetika yuqori o'rin egalladi. Kibernetikada o'zlashtirilgan prin-
siplar o‘z qo‘llanishini anorganik olamdagi hodisalarni tushuntirish-
da biologiya, texnikadan topdi. Noklassik fizikadagi N. Bornning
qo'shimchalilik prinsipi avval oiimlar tomonidan umumiy tabiat qonu-
niyatlarini ifodalovchi falsafiv prinsip, deb aniqlangan edi. Bu esa
kelgusida boshqa fanlar rivojlanishiga asos soldi. Qonuniyatlar majmuasi
shakllanish vaqtiga kelib. fan ko*p qirrali bo'la boshlaydi. inson
tasviri ko'proq gavdalanadi. Integratsiya jarayonini kuchaytirishga,
insoniyat tajribasini tartiblashtiruvchi madaniyat toifalarini izlashga
zaruriyat tug'iladi. Zamonaviy falsafa taqdim etgan integratsiyaning
poydevor tarkibiy elementlariga dunyoqarash omillari kiradi. Ular
ma’noni anglash, tushunish va insonning dunvoni ko'rish usulini
belgilavdi. Ta’lim falsafasi dunvoni m anaviy o'zlashtiradi. Adabiyot,
madaniyat faoliyat yo'nalishlari kabi m a’naviy ishlab chiqarish va bir
necha qobiliyatlarni aniqlab berishdek murakkab jarayonlarni amalga
oshiradi. Farq shundaki. ta’lim falsafasida bu hodisa yetuklik darajada,
metodologik jihozlangan tartibda ro‘y beradi. Kundalik fikrlash, m a’na-
viy anglash falsafiv madaniyat-qobiliyatlarning birlamchi shaklida
paydo bo‘ladi. Tahiiliy ishlar mobaynida universal toifalar mazmuni
murakkablashadi. Bu asosda yetarli murakkab va o'ziga xos falsafiy
g'oya komplekslari rivoj lanadi. Bo la anglash dunvosi orqali falsafa
maydonida turib qoidalar obyektiga aylanadi. Tabiat, jamiyat, inson
o'zining real dunvosi ma'naviy tahlili uchun ideal obyektlar bilan
ishlash zaruriyati shunga olib keladiki, bu obyekt fikrlash. metodlariga
bog'liq boiadi. Universal (ko'p xossali) toifalar anglash jarayonida
moddiy ta'sirlanishga uchraydi. Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda
fanlararo bog'lanish asosida ta l im jarayoni integratsiya yollarida izla-
nishlar davom etmoqda. Olib borilayotgan ishning foydaliligini tan
olgan holda uning xarakterini belgilab o‘tamiz. Bund ay tarbiyaviy ish
katta samaraga ega. Mazmun va ta’lim maqsadi integratsiyasi bo'yicha
masalani faqat ta’lim falsafasi asosida yechish mumkin. Metodologik
apparat asosidagi ta’lim falsafasi boshida fanning ideal shakllari,
universal toifalar turishi kerak.
Integratsiya rusum ham, navbatdagi kompaniya ham emas. U
shunday an’analar aksiki. ular bugun inson faoliyatining barcha
sohalarini ta’riflab beradi. Bu faoliyat kengliklari o4zgardi, davrning
dolzarb muammolari tug'ildi. Zamonaviy tabiatshunoslik odamzod
faoliyatining barcha turlarini o*z ichiga olgan bu fanlarning metodo-
logiyasini yangiliklar bilan bog‘lash kerak, Fanni anglash jarayonida
ijtimoiy-insonparvarlik, tabiiy-ilmiy, texnik bilim metodologiyalari
o4zaro bog'lanishda ko*rinadi. Aynan integratsiya asosida tabiiy fanlar
bioolam ko'rsatmalaridagi, inson faoliyat ini o'rganishdagi, davr
ning dolzarb muammolarini yechishda ko'rinadi. Xullas, bu tafovut
munosabatlar o'zgarishida va barcha maktab talablarining umum-
madaniy bilimlarida namoyon bo'ladi. Integratsiya tabiiy-ilmiy ta ’lim
mazmuni insonparvarlashuvining asosiy mexanizmi bo'lib chiqadi.
Hozirgi kunda tabiiy-ilmiy ta’lim ahamiyatini baholab xulosalash
mumkinki, u tabiiy-ilmiy haqqoniylik va insonparvar ideallar birga
bolishiga da'vat etadi. Integratsion yondashuv qo'llanishi tabiat-
shunoslik va tevarak-atrof bilan tanishuv kursida ko‘rsatilgan.
191
Do'stlaringiz bilan baham: |