2-mavzu. Fotosintez va pigmentlar. Fotosintezning yorug‘lik va qorong‘ulik reaksiyalari



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/57
Sana02.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#730543
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
2.Маърўза (1)

Yorug‘lik. 
Yorug‘lik fotosintezning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, uning jadalligi va 
spektral tarkibi katta ahamiyatga ega. Yorug‘lik spektiridagi foal (400-700nm) nurlarning 80-85%ni 
barglar yutadi. Lekin shundan faqat bir yarim ikki foiz fotosintez uchun sarflanadi. YA’ni kimyoviy 
energiyaga aylanib organik moddalar ta’rkibida (mikroergik bog‘larda) to‘planadi. Qolgan energiyaning 
45% transpiratsiya uchun va 35% issiqlik energiyasiga aylanadi. 
1880 yilda A.S. Faminsinning ko‘rsatishicha fotosintez eng past yorug‘likda, xatto kerosin 
lampasining yorug‘ligada ham bo‘lishi mumkin. Ayrim olimlarning ko‘rsatishicha fotosintez kechki 
nomozshom va ba’zi regionaldagi yorug‘ kechalarida (ok tun) kuchsiz bo‘lsa ham davom etadi. 
Ko‘pchilik o‘simliklarda fotosintez tezligi yorug‘likning jadalligiga bog‘liq. U to‘la quyosh 
yorug‘ligining 1/3 gacha oshib boradi. Yorug‘liksevar o‘simliklarda esa to‘la quyosh yorugligining 1-2 
gacha oshib boradi. Yorug‘lik kuchining bundan oshib borishi fotosintezga kamrok ta’sir etadi. 
Fotosintezning yorug‘likka to‘yingan xolati o‘simlik turlariga bog‘liq. Bu darajada yorug‘lik sevar 
o‘simliklarda ancha yuqori, soyaga chidamlilarda esa past bo‘ladi. Masalan: ayrim soyaga chidamli 
o‘simliklarda (marshansiya moxida) fotosintezning yorug‘likka to‘yingan xolati yorug‘lik 1000 lk 
bo‘lganda yuz beradi. Yorug‘liksevar o‘simliklarda esa – 10000-40000 lk da yuz beradi. Ko‘pchilik 
kishlok xujalik o‘simliklari yorug‘liksevar o‘simliklar gruppasiga kiradi. Yorug‘likning maksimal 
darajadan yuqori bo‘lishi xlorofilning va xloroplastning bo‘zilishiga sababchi bo‘lishi mumkin, natijada 
o‘simliklarning mahsuldorligi kamayadi.
 
Eng yuqori yorug‘likda fotosintez jadalligi o‘simliklarning nafas olish tezligidan sezilarli 
darajada baland bo‘ladi, ya’ni fotosintez uchun yutilgan CO
2
ning miqdori, nafas olish jarayonida ajralib 
chiqqan CO
2
ning miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Yorug‘likning pasayib borishi natijasida esa CO
2
lar 
o‘rtasidagi farq ham kamayib boradi. Fotosintez jarayonida yutilgan CO
2
ning miqdori bilan nafas 
olishdan ajralib chiqqan CO
2
ning miqdori bir-biriga teng bo‘lgan yorug‘lik darajasi – yorug‘likning 
kompensatsion nuktasi deyiladi. Yorug‘likning kompesatsion nuktasi soyaga chidamli o‘simliklarda 
quyosh yorug‘ligining 1%da yorug‘liksevar o‘simliklarda 3-5% da sodir bo‘ladi.
5
 
Yorug‘likning fotosintezdagi effektivligiga boshka omillar ham ta’sir etadi. Masalan: xavodagi 
CO
2
ning miqdori kam va harorat past bo‘lganda yorug‘lik jadalligining oshib borishi juda kam ta’sir 
etadi. Xavo tarkibidagi CO
2
ning miqdori bilan yorug‘likning birgalikda oshib borishi fotosintez tezligini 
ham oshiradi. Fotosintezda yorug‘lik nurlarining spektral tarkibi ham muhim rol o‘ynaydi. Spektrning 
qizil nurlari ta’sirida fotosintez jadalligi eng yuqori darajada kechadi. Chunki bu nurlarning 1 kvantining 
energiyasi 42kkal molga teng bo‘lib, xlorofill molekulasining qo‘zgalgan xolatga o‘tkazadi va energiyasi 
fotokimyoviy reaksiyalar uchun to‘la foydalaniladi. Spektrning ko‘k qismida nurlarning bir kvantida 
70kkal/mol energiya bo‘lib, uni qabul qilgan xlorofill molekulasi qo‘zg‘algan xolatning yuqori darajasiga 
o‘tadi va to fotokimyoviy reaksiyalarda foydalanilgancha bir qismi issiqlik energiyasiga aylanib atrofga 
tarqaladi. Shuning uchun ham bu nurlarning unumligi kamrok bo‘ladi. Lekin fotosintez uchun eng qulay 
bo‘lgan qizil nurlarga to‘yingan qizil nurlar hisobida 20% ko‘k nurlar qo‘shilsa fotosintezning tezligi 
oshadi. 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish