U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/237
Sana02.07.2022
Hajmi3,85 Mb.
#729907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 



KIRISH 
 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy 
siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, milliy 
xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan 
meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; 
iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy 
barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik 
kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning 
infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub 
o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi 
shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
va 
modernizatsiyalash 
jarayonlari 
amalga 
oshirilmoqda. 
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal 
qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va 
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish 
uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli 
beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, 
ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim 
vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Mavjud iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab 
topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p 
jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti 
munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-
qoidalarini, 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlarning, 
uni 
chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini 
chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar fani iqtisodiyot 
tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli 
kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, 



unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani 
mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush 
darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat 
qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning 
ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi 
bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida 
shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi. 
Shuning uchun magistratura talabalari uchun «Zamonaviy iqtisodiy 
nazariyalar» fanidan o‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishi ham bugungi kunda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va 
Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi 
namunaviy o‘quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular 
qamrab olingan. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda 
misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilingan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va 
informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir 
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek, takrorlash 
va munozara uchun savollar ham berildi.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanma asosan 
5A230101 – Iqtisodiy nazariya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari 
o‘qituvchi va talabalari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga 
qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin. 




Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish