14
4-rаsm. Lyuminessensiya hodisasining hosil bo’lishi
Lyuminessensiyaning hosil bo‘lishi. Yorug‘lik
manbai fotoni kristallning
lyuminessensiya markazini uning yutish polosasi - sathlar bilan zich to‘lgan
interval sathlaridan biriga o‘tkazadi. 10
-8
s vaqt ichida lyuminessensiya markazi
AA sathga o‘tib, energiyani kristall panjaraga beradi. Asosiy holat sathi ВВ ga
o‘tishda bu sathdan kvant chiqadi. Lyuminessensiya yuz beradigan moddalar
lyuminofor moddalar deb ataladi. Lyuminessensiya markazi uyg‘ongan
holatdan
pastroq energiya sathiga o‘tishida o‘rtacha sarflanadigan vaqt lyuminessensiya
jarayonining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. Lyuminessent nurlanish
to‘xtatilgandan keyin, agar u tez, taxminan sekundning o‘n
milliondan bir ulushi
(10
-8
s) da so‘nsa, lyuminessensiyaning bunday xili fluoressensiya deb ataladi. 10
-
8
s - uyg‘ongan atomning o‘ziga xos yashash davridir. Agar tashqi elektron
qobiqning sathlari uyg‘ongan bo‘lsa, odatda, atom asosiy holatga o‘tgunga qadar
shuncha vaqt (10
-8
s) uyg‘ongan holatda bo‘ladi.
Lyuminessensiyaning boshqa turi - fosforessensiya – uyg‘onish energiyasi
manbai uzilgandan so‘ng yorug‘lanishning sekin pasayishi bilan xarakterlanadi. Bu
holda lyuminessensiya markazlari uyg‘ongandan keyin
metastabil holatlarida
bo‘ladi, bu holatlardan past energiyali holatga o‘tish «ta’qiqlangan» bo‘lib u 10
-8
s qaraganda ancha uzoqroq vaqtda ro‘y beradi.
Lyuminеssеnt lаmpаlаr cho‘g‘lаnish lаmpаlаriга qаrагаnдааnchа tеjаmli: ulаr
hаr бir vatt quvvatga chug‘lanish lampasidan bir necha marta ortiq yorug‘lik oqimi
hosil qiladi. Ularning FIK 20% ga yetadi. Bunday lampaning silindrik ballonidagi
simob bug‘larida elektr razryadi yuz beradi. Simobning uyg‘ongan atomlari kuchli
elektromagnit nurlanish oqimlarini chiqaradi. Bunday nurlanishning asosiy
energiyasi spektrning ultrabinafsha qismida yotadi. Lampa devoriga lyuminofor
surkalgan bo‘lib, ultrabinafsha nurlanish ta’sirida turli rangda nurlanadi.
Lyuminoforlar aralashmasi ultrabinafsha nurlanishni yutib,
spektrning
ko‘rinadigan sohasida nurlaydi va yetarli darajada kunduzgi yorug‘lik spektrini
hosil qiladi. Elektromagnit nurlanish tomonidan uyg‘otilgan lyuminessensiyaning
bunday xili fotolyuminesensiya deb ataladi.
15
Ingliz fizigi J.Stoks 1852 yildayoq ushbu qoidani kiritgan edi: lyuminofor
chiqaradigan yorug‘lik to‘lqini uzunligi uyg‘otuvchi yorug‘lik to‘lqini uzunligidan
katta. Stoks qoidasi yutish polosasining maksimumi
lyuminessensiya polosasi
maksimumiga nisbatan qisqa to‘lqinlar tomonga siljigan bo‘lishini bildiradi.
5-rasm. Stoks qoidasini tushuntiruvchi chizma
Stoks topgan bu qonuniyatni kvant mexanikasi tasavvurlari asosida oddiygina
tushuntirish mumkin. Lyuminessensiya markazi
Do'stlaringiz bilan baham: