2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Etiket

 
birinchidan, inson va jamiyat 
o‘rtasida munosabatlarning qaysi axloqiy mezonlarga asoslanishini belgilasa, 
ikkinchidan, siyosat va ijtimoiy voqelikni bir–biri bilan “murosa-yu – madora” 
qilishga chaqiruvchi tarbiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Garchi bu ikki soha insoniy munosabatlarni go‘zallashtirishga qaratilgan 
bo‘lsa-da, ularning rivojlanishi individual xarakterga ega. Chunonchi, insonlararo 
munosabatlarda Sharq e’tiborni odob va axloqqa qaratib, uni pandnomalar orqali 
rivojlantirgan bo‘lsa, G‘arbda esa etiket qoidalari diplomatik munosabatlardagi 
xatti-harakatlarga asoslanadi. Bu borada 1716 – yilda Gamburgda nashr etilgan 
Montesning “Yuqori tabaqali insonlar va ayollar bilan qanday mulozamat qilish 
hamda ayollarning bizga nisbatan o‘zini qanday tutishi haqidagi kitob” deb 
nomlangan asari misol bo‘ladi. Unda turli tantanali qabullarning etiket bilan 
bog‘liq barcha murakkabliklari tasnif qilingan.



O‘rta asrlarga kelib, etiket qoidalari cherkov talablari asosida belgilandi. 
Ruhoniylarning inson munosabatlarini boshqarishga bo‘lgan intilishi boshqa 
sohalar kabi etiket qoidalari asosidagi munosabatlar tizimida turg‘unlikni paydo 
qildi. Ammo yangi davrga kelib G‘arbda etiket rivojlana boshladi. Yuqori tabaqali 
kishilarning moliyaviy imkoniyatlarini yo‘naltirish, ularning jamoatda o‘z o‘rniga 
ega bo‘lishiga doir etiketning qoidalari takomillashdi. Yigitlarning uylanishi va 
qizlarning turmushga chiqishi yoki moddiy imkoniyatlari kam yigitning o‘z 
mavqeini tiklab olish uchun etiket juda katta ahamiyat kasb eta boshladi, hatto
dasturxon atrofida o‘zini tutish etiketi siyosiy darajaga ham yetdi. Biroq bu kabi 
munosabatlarda me’yorning buzilishi G‘arb ziyolilarining g‘ashini keltira boshladi. 
Sharqda esa bu masalalarning barchasi axloqiy mezonlar asosida rivojlantirildi. 
Misol uchun musulmon Sharqida taom tanovul qilish paytiga kelib qolgan 
mehmon mezbonni rad etishi Olloh bergan rizqdan voz kechish, o‘zini xudodan 
ustun hisoblash deb tushunilar edi. Ya’ni, taom tanovul qilish ham ma’lum 
ma’noda o‘ziga xos ibodat hisoblandi. Chunki inson kim ekanligini, hayotning 
mayda-chuyda tashvishlarini, muhimi, asosiy maqsad – o‘z-o‘zini anglashni unutib 
qo‘ymaslik, tanovul paytida unga rizq bergan Zotning yerdagi ajoyibotlari, borliq 
borasidagi mushohadaga chorlashi lozim edi. G‘arbda esa, taomga taklif qilingan 
mehmon taklifni qabul qilishdan avval bashang va yuksak did bilan kiyingan 
bo‘lishi shart edi. Agar mehmon taklifni qabul qilsa-yu, yuqoridagi qoidani unutsa, 
bu holat mezbonga nisbatan haqorat tarzida qabul qilinishi mumkin edi. Ya’ni, 
kiborli jamiyatga “arziydigan” inson bo‘lishdan “toyilish” shu jamiyatga qarshi 
borish bilan barobar bo‘lgan. 
Shuning uchun etiket qoidalarini buzuvchi mayda-chuyda jihatlar, 
arzimagan xatolar kechirilmas va kelajakka qattiq ta’sir qilar edi. Bu esa 
Yevropaning yuksak darajadagi kiborli jamiyatida yashab ketish oson emasligini 
va faqatgina a’lo insonlargina bu borada ijobiy natijalarga erishadilar, degan 
ma’noni anglatar edi. Bunday talablar keyinchalik bir qator olimlarning yillar 
davomida etiketga qarshi borish va uni deyarli yo‘qqa chiqarishga intilishiga sabab 
bo‘ladi. Zero, o‘rta asrlarda cherkov aqidalari paydo qilgan turg‘unlik bu paytga 
kelib sekin-asta o‘z ta’sirini yo‘qota boshlagan, ijtimoiy munosabatlar tizimida 
Sharqning axloqiy qadriyatlariga asoslana boshlagan edi. Shuning uchun axloqiy 
tarbiya masalasini etiket qoidalaridan yuqori turishini nazariy jihatdan asoslashga 
harakat qilindi. Masalan, ruhiy tahlil falsafasi bu borada o‘ziga xos yondashuvni 
vujudga keltirdi.
Bu borada Sigizmund Shlomo Freyd ta’limotiga ko‘ra, bolalik davrini 
boshidan o‘tkazgan inson o‘zi yashab turgan jamiyatning axloqiy hamda estetik 
mezonlari bilan hisoblashishga majburdir. Mayllarning o‘ziga xos kompensatsiyasi 
esa bolalikdan odamlarda xayol o‘yiniga berilishni kuchaytiradi, keyinchalik ular 
xayolotga, kuchli ishtiyoqqa aylanadi. Bu masalalarni Freyd “Shoir va xayolot” va 
“Ruhiy tahlilga kirish. Ma’ruzalar” nomli asarlarida izohlab beradi. Uning nazdida 
xayolot manbai anglanmaganlikda mavjud, anglanmaganlik – inson ruhi 
quvvatining makoni. Inson bolalikdanoq tashqi olam cheklovlari hamda jamiyat 
taqiqlari bilan hisoblashishga majbur bo‘lar ekan, uning istaklari tufayli vujudga 



kelgan o‘zaro ziddiyatlardan qutulish yo‘li bu – xayolot va uning asosida vujudga 
keluvchi san’at. Xayolotning paydo bo‘lishi nevroz va psixoz atalmish ruhiy 
kasallikka sharoit yaratadi, zero u keyinchalik turli ruhiy kasalliklarga olib 
boruvchi anglanmaganlikni ongga kuchli ravishda yopirilishidan saqlaydi. Jamiyat 
inkor qiluvchi istak-mayllarning shaxs “men”idan siqib chiqarilishi, albatta, uning 
ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa inson ixtiyor erkinligi, uning tanlovini 
hurmat qilishga, erkinlikni vasf qilishga olib keldi hamda etiket avvalgi nufuzdagi 
hayot-mamot darajasidagi amal emas, balki jamiyatda shunchaki xulq-atvorni 
to‘g‘ri yo‘lga solishga intiladigan soha darajasiga tushdi. 
Faylasuf Abdulla Sher etiketning mohiyatini tushuntirar ekan, “Etiket – 
takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida 
ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u 
asl axloqiy asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo‘ladi: 
etiket qoidalarini bajarayotgan kishi Aslida, o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish 
ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin”, degan fikrni bildiradi. 
Axloq-odob qoidalar majmuiga, pandnomalarga ega bo‘lgan Sharq 
kishisida: “bizga etiketni o‘rganishning nima zaruriyati bor,” - degan savol 
tug‘ilishi tabiiy. Bu borada etiketni fan sifatida o‘rganish, qolaversa, ijtimoiy-
maishiy turmush tarzi sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan metodologik, axloqiy, 
iqtisodiy asoslar mavjud. Shuningdek, etiketning muhim ahamiyati shundaki, 
diplomatik, biznesmen, rasmiy qabullar va tashriflar kabi zamonaviy etiketlardan 
tashqari, milliy etiket ko‘rinishlari ham mavjud. Ular milliy qadriyatlarni saqlab 
qolish, ularga nisbatan hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi. 
Bu o‘ziga xos axloqiy-estetik xususiyat kasb etadi. Ya’ni unda odob bilan 
go‘zallikning uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin, qat’i odob qonun-qoidalari 
chiroyli xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi.
Avvalo, etiket mumtoz etika fanining axloqiy madaniyat ruknidagi sohasi 
sifatida o‘tib kelinadi. Ammo axloqiy tafakkur rivoji axloqiy muammolarning 
zamonaviy masalarini tadqiq qilishi natijasida kengaya boshladi. Bunday holat 
natijasida etiketni etika fanining alohida qismi tadqiq etishni taqozo qilmoqda. 
Qolaversa, o‘tgan asrning oxiriga kelib, dunyo ijtimoiy-ma’naviy manzarasining 
o‘zgarishi va axloqiy qadriyatlarga munosabatdagi “zamonaviylik” ba’zi axloqiy 
qadriyatlarni noto‘g‘ri tushunilishi yoki ularga mensimaslik bilan munosabatda 
bo‘lish kabi salbiy holatlarni vujudga keltirmoqda. Ayniqsa, insonlararo muomala 
va muloqotdagi qo‘pollikni – to‘g‘rilik, kibr va riyoni – qadr-qimmat, odobsizlikni 
– erkinlik, nomardlik, hiyla va haromni – uddaburonlik, kattalarga nisbatan 
hurmatsizlikni – mustaqil fikrga egalik, madaniyatsizlikni – dangallik deya qabul 
qilish achinarli holdir. Bundan tashqari, yuqoridagi salbiy holatlar har tomonlama 
barkamol avlodni shakllantirish, iqtisodiy jihatdan barqarorlikka ega bo‘lish, 
axloqiy munosabatlarni tartibga solish, o‘z sohasining ustasi sifatida jahon 
mutaxassislari bilan bemalol raqobatlasha oladigan kadr bo‘lib yetishish yo‘lida 
olib boriladigan ishlarga ham monelik qiladi. 
Shuni ta’kidlash zarurki, axloqiy tafakkur etiketni o‘z-o‘zicha axloqiy 
anglashning muhim xususiyatlariga hamda axloqiy tamoyillar, me’yorlar, 



tushunchalarsiz qabul qilib, uni ijtimoiy hayotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash bilan 
kutilgan natijani bermaydi. Chunki hozirgi zamon etiket mezonlari, qoidalari va 
talablari barcha ijtimoiy hayot sohalarini qamrab olmoqda. Bugungi etiket inson 
axloqiy munosabatlarini himoyalaydi. Biroq, etiketning axloqiy talabi hisoblangan 
nazokat, takalluf, iltifotda samimiylik, ya’ni botiniy axloqning bo‘lmasligi yoki 
sustligi amalga oshirilgan harakatlarni oqlamaydi. Shu ma’noda, bu yo‘lda yuksak 
axloqiy bilim va dunyoqarashga ega bo‘lmay turib, kutilgan natijaga erishish qiyin. 
Zero, ulug‘lar aytganidek, “Vaqtiki ma’lum bo‘ldi, har kishiga ul ilmni bilmak 
vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga hojatmand bo‘lg‘ay. Bas, bilgilki, omi(lar) 
hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni qilmoqni xohish qilsalar, ul amal ilmini 
bilmagay...” 
Etiketning qoidalari – odobga, odob – xushxulqqa, xushhulq - axloqiylikka 
olib boradi. Binobarin, axloq – jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga 
ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, 
insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa sifatida nafaqat shaxsni, 
balki butun bir jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois 
etiketni bugungi kunga kelib, texnika asri kishisining zamon talablariga javob 
beradigan 
madaniy-maishiy 
turmush 
tarzini 
go‘zallashtirishga, 
o‘zaro 
munosabatlar tizimini madaniylashtirishga xizmat qiluvchi fanning yangi tarmog‘i 
deyish mumkin.

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish