2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Etiket

 
 
 
 
 



ETIKETNING KELIB CHIQISHI, MAQSADI VA
ZAMONAVIY AHAMIYATI 
 
Etiket axloqiy madaniyatning yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar 
ko‘rinishlaridan biri sifatida ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro 
munosabatlardagi o‘zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishini boshqaradi. 
Aslida,, “etiket” tushunchasi miloddan avvalgi 2,5 - 3 ming yillikda 
qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Etiket (étiquette) atamasi esa XVII asrning oxirida 
vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta’b, rasm-rusm hamda 
odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq qabilalarda mavjud bo‘lganligini 
asoslaydi. Bunday qoidalarni to‘liq bajarmaslik o‘zi yashayotgan jamoat yoki 
qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‘lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat 
axloqiy, balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarini 
ham qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a’zosi unga so‘zsiz bo‘ysunar edi. Shu 
tariqa etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‘lmagan, asosan jamoatning 
ijtimoiy muammolariga bog‘liq holda tatbiq etilgan. Ya’ni, bu qoidalar tabiiy 
jamoatning talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki 
jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi. 
Keyinchalik esa ushbu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina 
axloqiy me’yorlar darajasida ko‘rila boshladi. Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir 
alqovlarida inson xatti-harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarda – 
giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Qadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar 
majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‘lgan. Bunday 
qoidalar, ayniqsa, Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik xudoning 
qahri bilan qaytarilishi ta’kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi 
“Edda” eposi nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki mezbon sharafiga 
tilak aytish me’yorlarni ham o‘zida mujassam etgan.
Bu kabi xatti-harakat me’yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini 
belgilab berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni 
farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, siyosiy etiketning vujudga kelishiga 
sabab bo‘ldi. U butun bir jamiyat bilan birga, o‘zaro davlatlarning tashqi 
munosabatlarini ham belgilar edi. 
Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 – yilda qadimgi Misr Firavni 
bilan Xett qiroli Xattush III o‘rtasidagi kumushga bitilgan yozma kelishuv asos 
bo‘la oladi. Garchi Misr bunda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa – da, qirol uchun 
Misr kabi davlat bilan hamkorlik qo‘l kelar edi. Shu tarzda kelishuvning 
imzolanishi diplomatik etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha 
avvalroq paydo bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Zotan, davlatlararo 
munosabatlardagi qabullar qadimgi Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero 
bunday qabullar juda katta dabdaba va haddan ziyod qoidalar va rasm-rusmlar 
bilan amalga oshirilar edi. Keyinchalik bunday qabullar boshqa davlatlarda ham 
amalga oshirila boshlandi. 
Qadimgi Yunonistonda esa elchilar maxsus “Germes nishonlari” deb 
nomlangan vakillik nishonlarini o‘zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro 



etiketning bilimdonlari sifatida ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonun-
qoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi 
Rimda esa siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‘lgan. Misol uchun, elchilar 
qabulining avvali ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifning tugallanishida esa ikki 
tomonlama sovg‘a hadya qilish bilan yakunlangan. 
Shu tarzda oqsuyaklarni oddiy fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‘lgan 
insonlardan farqlay bilish uchun alohida odamlarning o‘zini a’lo jamoatda 
tutishning tartib – qoidalari paydo bo‘ldi. 1207 – yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi 
muallifligida ilk bor “O‘zini tutish qoidalari” deb nomlangan kitob paydo bo‘ldi. 
Albatta, bu izlanishlar qadimgi Turon hamda Eron zaminida bunday yodgorliklar 
bo‘lmagan, degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‘rni beqiyos. 
Ammo shuni aniqlash zarurki, milliy o‘zligimizni anglash bilan bog‘liq bunday 
ilmiy atamalar juda ko‘p chalkash tushunilishi yoki targ‘ib qilinishi natijasida 
ko‘pgina noaniqliklar vujudga keladi. Aytaylik, axloq bilan xulq va odobni, odob 
bilan etiketni bir ma’noda tushunish hollari uchraydi. Aslida,, ushbu tushunchalar 
bir-biridan ham nazariy, ham amaliy, ham qo‘llanish jihatidan farqlanadi.
Etiketga keladigan bo‘lsak, odob qoidalari etiket qoidalaridan ustun 
hisoblangan. Zero odob rasm-rusmlari – asosan, tashqi ta’sirga emas, balki ichki 
jihatlarga – insoniylik, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan. Ya’ni 
etiket “ muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‘rinishda” shiori 
ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, aslzodalikning mavjudligini ko‘rsatishga intilish 
va shu bilan jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Odob 
insonlararo munosabatlarni axloqiylashtirish hamda uni axloqiy anglash orqali 
takomillashadigan tashqi va ichki go‘zallik uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shu ma’noda, “Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, 
jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega 
bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga 
oladi” Bundan tashqari, odob insonlarni ranjitmaslik, Jan Pol Sartr aytganidek, 
erkin jamiyatda erkin bo‘lish, ya’ni boshqalar erkini ta’minlashga, odamlarni 
axloqiylikka, ular orasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu 
atamalarning ilmiy asosiga murojaat qilsak, ularning mazmun-mohiyati yanada 
aniqroq namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda etiket

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish