2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Bog'liq
Etiket

 
 
Hadyalar va ularni taqdim etish etiketi 
Biz o‘z xursandchiligimizni boshqalar bilan baham ko‘rishga o‘rganib 
qolganmiz va go‘zal urf-odatlarga ergashgan holda bir-birimizga sovg‘alar hadya 
etamiz. Ularning sababi hayit bayramlari, tug‘ilgan kunlar, 8-Mart, Yangi yil, 
Hovli to‘yi, to‘y (nafaqat yaqin qarindoshlaringiz, balki tanishlaringizniki ham 
bo‘lishi mumkin) munosabati bilan hadyalar orqali bizga aziz odamlarga nisbatan 
bo‘lgan muhabbatimizni va e’tiborimizni namoyon etamiz. Gul, manzur shirinlik 
kabi arzimagan narsalar bilan ham insonni xursand qilish mumkin. Hadya qilish 
istagini yoshlikdan uyg’otish, sovg‘a bera bilishga va ziyofat qilishga bolalikdan 
o‘rgatish lozim. Sovg‘alarni tanlashda e’tiborli bo‘lishimiz lozim. Bunday 
vaziyatda sizga kashf qilish qobiliyati va xayolot, izlanuvchanlik hamda zehni 
o‘tkirlik kerak bo‘ladi – bir so‘z bilan aytganda nimaga qodir ekanligingizni 
ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu erda did, farosat, ijodkorlik va odoblilik 
talab qilinadi. Sovg‘a izlashni oxirgi daqiqaqalarga tashlab qo‘yishni maslahat 
bermaymiz. Shoshilinchda sifatsiz yoki keraksiz narsani olib qo‘yish mumkin.
Sovg‘aning arzon yoki qimmatini olish har kimning imkoniyatiga bog‘liq. 
Haddan tashqari sahiylik qilishga hammaning ham qurbi yetavermaganidek, 
imkoniyat bo‘lgan hollarda xasislik qilish ham bema’ninik hisoblanadi. Bu yerda 
ham kishiga bo‘lgan himmat rol o‘ynaydi.
Bayram kunlari uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rilishi lozim: sovg‘a 
beriladigan odamning didi, qiziqishlarini o‘rgangan ma’qul. Maxsus holatlar 
uchun: gullar (savatchada yoki qirqilgan), sovg‘aga monand maxsus nashrli 
kitoblar, billur idish, osma soat, radiopriyomnik, qimmatli konfetlar sovg‘a 
qilinadi. Gastronomik turdagi (oziq-ovqat bilan bog‘liq) sovg‘alar: tort, oliy navli 
choy, kofe, shokolad, uy murabbolari, pardoz anjomlari: yaxshi odekolon, loson, 
atir, pudra, pardoz idish, ko‘z tepasiga surtiladigan bo‘yoqlar to‘plami, nodir 
shampun. Yoshi kattalarga kiyim-kechak sovg‘a qilsa ham o‘rinli bo‘ladi. 
Masalan, otangizga do‘ppi, onangizga ro‘mol yoki chiroyli kiyimlik v.b. Sovg‘a 
nihoyat darajada ehtiyot bo‘lmoq kerak. Agar siz bunday narsalarni sovg‘a 
qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo uning pardoz anjomlariga allergiyasi bor-yo‘qligi 
hamda uning bu sovg‘alardan qay darajada foydalana olish-olmasligini bilish 
lozim. Kiyimlar va aksessuarlar: sharf, qo‘lqoplar, erkaklar ko‘ylagi, sumka, 
shippaklar, paypoqlar, ro‘mol, yenguchiga taqiladigan bezakli tugmachalar, 
bijuteriya, manikyur to‘plami, kichik hamyon. Jonli sovg‘alar: mushuk bolasi, 
kuchuk bolasi, qushlar, baliqlar bo‘lajak egalarning roziligi bilan olinadi! 
Ro‘zg‘orbop sovg‘alar: dazmol, termos, choynak, serviz, sochiqlar to‘plamiga ega 
dasturxon bo’lishi 
mumkin. Komandirovka yoki sayohatdan qaytishda 
qarindoshlar va yaqin do‘stlarga suvenir yoki tabriknomalar sovg‘a qilinadi. 
Sovg‘ani siz tashakkur bildirmoqchi yoki unga bo‘lgan e’tiboringizni ko‘rsatish 
niyatida qarindosh yoki tanishmi, do‘st yo begonagami – kim uchun 
mo‘ljallanganligiga qarab tanlaysiz. Sovg‘ani g‘arazli maqsadda qilishdan tiyilish 


150 
darkor. Hadya qilishda sovg’a kimdanligini yashirmang – bu sovg‘a oluvchilarni 
uzoq gumonlarda qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Sovg‘aning qiymati, qoida 
bo‘yicha ahamiyat kasb etmaydi va u faqat sizning imkoniyatlaringiz bilan bog‘liq. 
Bunda faqat qimmatbaho sovg‘alarga tegishli bo‘lgandagi imkoniyatlar cheklanishi 
mumkin: 
ularni 
sizga 
shu 
qiymat 
darajasida 
qaytara 
olishga 
qurbi 
yetmaydiganlarga va bundan o‘zini noqulay his qiladigan odamlarga bilib turib 
sovg‘a qilmaslik lozim. Boshqa tomondan esa o‘ta arzimas sovg‘a orqali siz 
o‘zingizni haddan tashqari tejamkor qilib ko‘rsatib qo‘yishingiz ham mumkin. 
Yubiley, hovli to‘yi va to‘y tan’tanalarida jamoaviy tarzda qimmatbaho sovg‘alar 
qilish an’anaviy tusga kirgan. Bolalarni xursand qilish oson – ular har qanday 
kitob, konfet va o‘yinchoqlarga rozi bo‘laveradilar. O‘z hadyangiz orqali siz 
bolaning qiziqishlari rivojlanishiga yordam berishingiz mumkin: tennis raketkasi 
yoki rolik bolani sportga nisbatan bo‘lgan qiziqishini paydo qiladi. Qanday 
hajmdagi sovg‘a bo‘lsa ham uni qog‘oz qutiga, gulli sovg‘a o‘ramiga o‘rab berish 
bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday shakldagi sovg‘anigina 
bolalar sovg‘a deb tan oladilar. Bolalarga pul berishni tavsiya etmaymiz. Agar bu 
pullar kerakli narsa uchun sarf qilinsa, unda istisno bo‘lishi mumkin.
Yor-do‘stlarga sovg‘a tanlash qiyin emas, chunki ularning didi va istagi 
oldindan ma’lum. Ularga har xil – ro‘zg‘or anjomlaridan tortib, pardoz-andoz 
buyumlarigacha taqdim etish mumkin. 
Uylanishdan oldin hadya qilinadigan sovg‘alar oddiy iltifotlilik 
belgisinigina bildirishi lozim. 
Er-xotinlar turli xil sabablar bilan bir-biriga tez-tez sovg‘alar qilishni 
yoddan chiqarmaliklari lozim. Asosan ular foydali sovg‘alar bilan almashadilar, 
ayniqsa, ularga sovg‘a tanlash oson, chunki bir-birlariga nima zarur ekanini hamda 
nimadan mamnun bo‘lishlarini yaxshi biladilar Va albatta, guldastasiz buni 
tasavvur qilish qiyin. Universal sovg‘alardan biri – kitob. Uni istagan odamga va 
va har qanday xursandchiliklarda hadya qilish mumkin. Imkoni boricha sovg‘abop, 
chiroyli bezatilgan, har qanday yangi, yaqin orada nashrdan chiqqan kitoblarni 
sovg‘a qilish mumkin. Ayol kishini erkak kishiga bo‘yinbog‘ sovg‘a qilishiga 
maslahat bermaymiz (bunday sovg‘a yaqin munosabatdagi kishiga beriladi 
turmush o‘rtoq, aka–uka, o‘g‘il). Pardoz ashyolarini sovg‘a qilish niyatingiz bo‘lsa 
ayol kishi bilan maslahatlashish lozim. Erkaklarga shirinliklar – konfet, tort va b. 
narsalar kamdan-kam sovg‘a qilinadi. Siz izlayotgan sovg‘ani tanlashda egasining 
yoshiga ham e’tibor berish lozim. Bu degani yoshlar va yoshi katta uchun maxsus 
narsalar bor degani emas, ammo yoshi katta odamga yorqin rangdagi bo‘yinbog‘ni 
sovg‘a qilish bilan uni noqulay axvolga solib qo‘ymaydigan va ayol kishiga 
qariyalar kiyadigan matodan hadya qilib uni xafa qilib qo‘ymaslik kerak. Pul 
berishingiz bu sizni ochiqchasiga ishbilarmonligingizdan dalolat beradi. Albatta, 
bunda sovg‘a foydali bo‘lgani bilan, u qiziqarlilik xususiyatini yo‘qotadi. Bunday 
usullarni kamdan-kam va faqat yoshlarga nisbatan qo‘llagan ma’qul (masalan, 
yosh oilalarga to‘yana sifatida). Ko’rpa, yostiq, jild va choyshablarni faqatgina eng 
yaqin oila a’zolariga yoki to‘yda sovg‘a qilish mumkin. Hazilomuz sovg‘alarga 
kelganda ehtiyotkor va farosatli bo‘lish muhim. Sovg‘alarning ba’zi turlari milliy 


151 
belgilarga egaligini yoddan chiqarmaslik joiz: Ovro‘poda dastro‘mollar janjal va 
ko‘z yosh timsoli, o‘zbeklarda esa yangi kelin sovg‘a qilgan dastro‘mollar yaxshi 
niyat kasb etadi, g‘arbda to‘ylarda o‘tkir tig‘li va kesuvchi narsalar sovg‘a 
qilinmaydi, bizda bu boylik ramzi hisoblanadi. Sovg‘ani berishda ham go‘zallik 
qoidalariga e’tibor bilan qarab, uni yaltiroq qog‘ozga chiroyli gulli tasmalar bilan 
o‘rab hadya qilgan ma’qul. Sovg‘adagi chek yoki qiymat narxini olib tashlashni 
unutmaslik lozim. Chek faqatgina kafolatlangan muddatga esa narsani sovg‘a 
sifatida hadya qilganda saqlanishi mumkin.
Sovg‘ani qay tarzda taqdim etishingiz ham muhim . Shaxsan o‘zingiz yoki 
boshqalar tomonidan taqdim etilishi – uni qanday yetkazishingiz ham ahamiyatga 
molik. Sovg‘ani o‘z vaqtida yetikazilishiga harakat qilish muhim. Sovg‘ani biron-
bir joyga olib qo‘ymasdan, kiyimingizni yechgan zahoti egasiga topshirish kerak. 
Bir og‘iz iliq so‘z bunda katta ahamiyat kasb etadi.
Nafaqat sovg‘a qilishni, balki uni olishni ham bilish kerak. Odobli inson 
sovg‘aga darhol tashakkur bildirib, uni hadya qiluvchining oldida ochib, 
minnatdorchilik bildiradi. Olingan sovg‘ani e’tiborsizlik bilan olib qo‘yish o‘ta 
madaniyatsizlikdir. Sovg‘a sizga yoqmagan taqdirda uning aybini hatto ishora yoki 
kinoya bilan ham bildirmaslik kerak. Har qanday sovg‘ani jilmayib olish lozim. 
Agar ayol kishiga gul sovg‘a qilinsa, uni darhol guldonga qo‘ygani ma’qul, gulni 
olib shunchaki qo‘yib qo‘yish e’tiborsizlikni bildiradi. Minnatdorchilikni shunday 
tarzda ifodalash kerakki, siz xursand bo‘lgan sovg‘adan, unchalik qiymatga ega 
bo‘lmagan sovg‘alarni hadya qilganlar yoki umuman taqdim qilmaganlar o‘zlarini 
noqulay his qilmasinlar. Agar tort yoki konfet olib kelishsa, o‘tirganlarni mehmon 
qilish yoddan chiqmasin. Agar ma’lum bir sabab bilan sovg‘a olishni nomaqbul ish 
deb bilsangiz, undan ishonchli tarzda voz keching, lekin buni odob doirasida 
bajarish kerak. Ikkilanib turib, so‘ng sovg‘ani olish noto‘g‘ri. Agar kimdandir qarz 
bo‘lib qolishni istamaganingiz uchun hadyalar olishni qat’ian rad qilsangiz, uni 
asosli tarzda sertakalluflik va odob bilan bildiring. Ammo bunda sovg‘ani qo‘ldan 
qaytarish baribir noo‘rinligini nazarda tutish joiz (agar bu kasbiy odob bilan 
bog‘liq bo‘lmasa). 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish