Mehmon hamda mezbon oldiga etiket bo’yicha quyidagi talablarni
qo‘yiladi:
Mehmon uchun joyning to‘ri bu – ularni kamroq bezovta qiladigan
hamda ular uchun qulay bo‘lgan joydir. Ya’ni, e’tiborli joy uy egasini
chap yoki o‘ng tomonida ham bo‘lishi mumkin.
Uy bekalari stol chekkasida, ba’zi-ba’zida oshxonadan xabar olib
kelish uchun chiqishga qulay bo‘ladigan joyda o‘tiradi.
Uchrashuv tashkilotchisi va uy egasining vazifasi mehmonlarda
do‘stona munosabat va yaxshi kayfiyatni vujudga keltirishdir.
Stolga o‘tirgach, gavdani to‘g‘ri tutishga harakat qilmoq lozim. Stulda
cho‘zilmasdan, biroz suyangan holda o‘tirgan ma’qul.
143
Mehmonlarni yashash tarzi, yoshi, faoliyatiga qarab dasturxon uchun
mebel jihozini tanlagan ma’qul: agar xontaxta o‘tirishga o‘rgangan
mehmonlar ko‘pchilikni tashkil qilsa, ko‘p hollarda qarindoshlarni
kutganda, xontaxtada foydalangan yaxshi. Ishxonadan, yoshlar,
umuman xontaxta atrofida o‘tirishga o‘rganmagan mehmonlar uchun
stol yaxshi. Albatta, bunda moddiy imkoniyatlar ham nazarda tutiladi.
Agar sharoitingiz bo‘lmasa, qariyalarga yumshoq kursi taklif qilgan
ma’qul,
Tirsak stolga qo‘yilsa, yonveridagilarga xalaqit beradi,
Likopchaga haddan tashqari egilib ovqatlanilmaydi,
Sochiqni tizzaga yoyib olgan ma’qul. Qo‘l va lablarni qog‘oz
salfetkalar bilan artgan yaxshi,
Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng sochiq stolga qo‘yiladi,
Ovqat uy bekasining o‘ng tarafida o‘tirgan ayoldan boshlab uzatiladi,
Ovqatni sizga yoqmagani yoki to‘g‘ri kelmasligini bahona qilib
taomdan
voz
kechilmaydi.
Raddiya
zarur
bo‘lsa,
uzoq
tushuntirishlarsiz, odob bilan buni bajarish lozim. O‘zbeklarda nomiga
qoshiqni og‘izga olib, tashakkur bildirib qo‘yiladi,
Agar qoshiq yoki sanchqini tushirib yuborsangiz, uni olishga harakat
qilmaslik kerak. Boshqa tozasini so‘rash joiz. Ovqatlanayotgan paytda
sanchqini chap, pichoqni o‘ng qo‘lda ushlaydilar,
Kichik barmoqni yuqoriga ko‘tarib, qolgan barmoqlar bilan qoshiq
yoki shunga o‘xshash narsalarni ushlash yaxshi emas. Qoshiqni
birovga uzatayotganda o‘rtasidan ushlagan holda berish lozim.
Qo‘ldan olganda esa qoshiqni ushlaydigan joyidan oladi.
Issiq ovqat yo ichimlik puflab ichilmaydi. Chapillatib yeyilmaydi.
Xo‘rilatish ham odobsizlik sanaladi. Yaxshi tarbiya ko‘rgan kishi
ovoz
chiqarmasdan,
tinchgina,
bamaylixotir,
shoshilmay
va
shalpaymay ovqatlanadi.
Umumiy ovqatdan eng katta bo‘laklarni olib yeyish yaxshi emas.
Faqat oldidan olib yegan ma’qul.
Og‘izni to‘ldirib eyish yoki katta tishlamagan yaxshi. Ovoz chiqarib
yemaslikka harakat qilish, og‘izni yumib chaynash lozim.
Dasturxonda siz uchun kerak bo‘lgan narsaga cho‘zilib intilmay,
uzatib yuborishni iltimos qilish lozim.
Og‘zingizni kuydirib olsangiz, ketidan sovuq suv ichib yuborish joiz.
Bundan boshqacha harakatlar noo‘rin.
Og‘ziga tushgan nobop taom, qanchalik ko‘ngilni buzmasin, uni
chaynab yutish shart. Imkon bo‘lmasa, bildirmasdan undan “qutulish”
kerak. Og‘izdan faqat baliq qiltanoqlari yoki meva danaklarigina
chiqishi mumkin.
Agar tuzdonda qoshiq topilmasa, tuz pichoqning uchida olib ishlatish
mumkin. Bunda pichoq, albatta, quruq va toza bo‘lmog‘i darkor.
144
Ovqatlanish vaqtinchalik to‘xtatilganida, qoshiq va sanchqilar kosani
ustiga qanday ushlangan bo‘lsa, shunday qo‘yiladi. Kosaning ustiga
ushlagichi bilan bir-biriga parallel qo‘yilgan anjomlar kosani
almashtirish yoki yig‘ishtirib olish mumkin ekanligini bildiradi.
Uy egasi hammadan oldin boshlab, hammadan keyin ovqatlanishni
to‘xtatadi. Ayniqsa, agar u oxirgi taom bo‘lsa, boshqalar tugatishini
kutib turishi lozim.
Dasturxon ustida chekilmaydi. Agar erkak kishi dasturxondan turishni
istasa, ruxsat so‘raladi.
Bayram oldi dasturxon atrofiga faqat yoshi katta bo‘lgan bolalarni
o‘tqazgan ma’qul. Bunda ular barchadan oldin dasturxonga qo‘l
uzatishlari joiz emas, hamda kattalar boshlab bergandan keyin
boshqalarni taklif qilgandan so‘ng taomni boshlagan ma’qul.
Bundan tashqari, kattalar bilan dasturxon atrofida o‘tirgan bolalar
madaniyatli bo‘lgan kattalar kabi umumiy qoidalarga bo‘ysungan
holda o‘zlarini tutishlari lozim.
Mehmonlar kelgandan so‘ng mezbon televizorni o‘chirib qo‘ygani
ma’qul. Faqat ba’zi holatlardagina mehmonlarga barcha yig‘ilgunga
qadar qiziqarli ko‘rsatuvni ko‘rishni tavsiya etish mumkin.
Mehmonlar bu taklifingizga nisbatan e’tiborsizlik bildirsalar, bu
fikrdan qaytgan ma’qul.
Uy bekasi kunini oshxonada o‘tkazmasligi kerak. Oldindan
mehmondorchilikka tayyorlanib qo‘yish lozim. Mehmonlar bilan
biroz o‘tirishi darkor.
Idish yuvishni keyinga qo‘yish kerak. Bunday paytlarda unga
dugonasi, yaqin qarindoshi yoki turmush o‘rtog‘i yordam berishi
mumkin.
Uyga mehmonlar tashrif buyurganlarida uzundan-uzun telefon
suhbatlarini qurish. Uy egalari dasturxon atrofida nafaqat tashkiliy
jihatdan, balki munosabat olib borish jihatdan ham ustamon bo‘lishlari
lozim.
Ular biror – bir o‘tirganlarning befarosatligi tufayli vujudga kelgan
noqulay holatlarga barham bergan holda, hajviyalarni haddan tashqari
chegaradan chiqmasligini ham kuzatib turishlari kerak.
Ular mehmonlarning har biriga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim.
Uy bekasi tomondan tayyorlangan taomni tanqid qilish mumkin emas.
Biroq maqtash – shart.
Dasturxon atrofida kasalliklar va ko‘ngilsiz narsalar haqida
gapirilmaydi.
Sizdan uzoqroq joylashib olgan odam bilan suhbat olib bormang, unga
yaqinroq o‘tirib olish imkoniyatini kutish mumkin.
Qiziqarsiz va boshqalarga tushunarsiz bo‘lgan mavzularni chetlab
o‘tgan ma’qul.
145
Ketishdan avval yaxshi mehmondorchilik va qiziqarli o‘tkazilgan vaqt
uchun uy egalariga minnatdorchilik bildirib qo‘yishni kanda qilmaslik
lozim.
Boshqalardan avvalroq turib ketmoqchi bo‘lsangiz, bildirmasdan
chiqib ketishga harakat qiling. Uy egalaridan uzr so‘rab xayrlashiladi.
Mehmondorchilikda yarim tungacha qolib, o‘tirib qolmang. Ayniqsa,
agar mezbonlarning farzandlari bo‘lsa.
Mehmonlar ketgandan so‘ng xonani kuzatib chiqib, imkon qadar tartib
bilan yig‘ib qo‘yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |