140
3.1.1. Himoya vositalari elektr sinovlaridan oldin ularning o‗lchami, but va
rasoligi, jihozlanganligi, izolyasion yuzasining holatini
tekshirish uchun tashqi
ko‗rikdan o‗tkazilishi zarur. Ushbu Qoidalar talablariga to‗g‗ri kelmagan
kamchiliklar bartaraf qilinmaguncha himoya vositalari sinovdan o‗tkazilmaydi.
3.1.2. Hamma sinovlar, odatda, 15° S — 20° S haroratda 50 Gs chastotali
o‗zgaruvchan tok bilan o‗tkaziladi.
Kuchlanishni ko‗paytirish tezligi sinov kuchlanishini 1/3 qismiga qadar
ixtiyoriy, undan keyin kuchlanishni ko‗paytirish tez va bir me‘yorda olib borilishi
lozim, lekin sinov kuchlanishi 3/4 qismdan oshganda o‗lchov asbobining
ko‗rsatgichi hisobini olib borish uchun imkoniyat tug‗ilsin. Kuchlanish talab
qilingan darajaga ko‗paytirilgandan keyin ma‘lum vaqt o‗tishini kutmasdan (bir
maromda ko‗paytirish) yoki ma‘lum vaqt saqlab turib (1 minut mobaynida)
kuchlanish zudlik bilan nolgacha pasaytirilishi yoxud kuchlanish 1/3
miqdorga
yoki sinov kuchlanganidan kam miqdorga etganda o‗chirilishi zarur (GOST
1516.2-76). Rezinadan yasalgan himoya vositalarini o‗zgarmas (to‗g‗rilangan) tok
bilan sinovdan o‗tkazish mumkin. O‗zgarmas tok bilan sinov o‗tkazganda sinov
kuchlanishi miqdori o‗zgaruvchan tok kuchlanishining 2,5 barobariga teng bo‗lishi
darkor. Bunda mahsulotdan o‗tayotgan tok aniq belgilanmaydi. Sinov vaqti esa
o‗zgaruvchan tok bilan sinash vaqtiga teng.
3.1.3. Sinovlarda Yuqori kuchlanish himoya vositasining izolyatsiyalovchi
qismiga berkitadi. Himoya vositasini to‗liq sinash uchun kerakli Yuqori kuchlanish
manbai bo‗lmaganda, uning izolyatsiyalovchi bo‗laklarini alohida sinashga ijozat
beriladi. Bunda himoya vositasini izolyatsiyalovchi qismi ko‗pi bilan 4 bo‗lakka
bo‗linadi; har bir bo‗lakka uning uzunligiga proporsional bo‗lgan va 20 foiz
qo‗shilgan miqdordagi to‗liq sinov kuchlanishining qismi berilishi lozim.
3.1.4. 1000 V dan 110 kV kuchlanishgacha bo‗lgan
Yuqori kuchlanishli
elektr uskunalarida qo‗llaniladigan asosiy izolyatsiyalovchi himoya vositalari
tarmoq kuchlanishining 3 hissasiga teng bo‗lgan kuchlanish bilan sinaladi, lekin bu
40 kV dan kam bo‗lmasligi lozim. 110 kV va undan Yuqori kuchlanishli elektr
uskunalari uchun mo‗ljallangan asosiy himoya vositalarini sinash kuchlanishi esa
faza kuchlanishining 3 hissasiga teng bo‗lishi lozim. Elektr uskunalarida
foydalanishi kerak bo‗lgan qo‗shimcha izolyatsiyalovchi
himoya vositalari elektr
uskunalaridagi kuchlanishdan qat‘i nazar, kuchlanish sinovidan o‗tkaziladi.
3.1.5. CHinnidan va ba‘zi bir o‗ziga nam tortmaydigan materiallar uchun
(masalan, shishaplastika) berilgan to‗liq sinov kuchlanishi davomiyligi 1 minutni
va qattiq organik materiallardan qilingan izolyatsiyalar uchun (masalan,
bakelitdan) esa 5 minutni tashkil qiladi. Rezinaga izolyatsiyalar uchun ishlatish
sinovlarida berilgan kuchlanish davomiyligi 1 minutni tashkil qiladi, qabul qilish-
topshirish sinovlarida esa texnik shartlar bilan aniqlanadi.
141
3.1.6.
Teshilish, elektr yoy bilan chokni qoplab o‗tish
va yuzadagi
razryadlar o‗lchov asboblari ko‗rsatishi hamda ko‗rik natijalari bo‗yicha
aniqlanadi. Buyum orqali o‗tuvchi toklar kuchlanish ko‗rsatgichlari uchun
me‘yorlanadi, rezinali buyumlar va izolyatsiyalovchi uskunalar kuchlanish ostida
ishlashga mo‗ljallangan kuchlanish bilan me‘yorlanadi.
3.1.7. Qattiq organik materiallardan tayyorlangan izolyatsiyalovchi
vositalar darhol sinovdan keyin dielektrik yo‗qotish natijasida mahalliy qizish
yo‗qligi ushlab ko‗rib tekshirilishi lozim.
3.1.8. Teshilish, elektr yoy bilan chokni qoplab o‗tishlar va yuzadagi
razryadlar sodir bo‗lganda, sizib kamayish toki qiymati me‘yordan oshganda,
dielektrik yo‗qotish natijasida mahalliy qizishlar sodir bo‗lsa, himoya vositasi
yaroqsiz deb topiladi.
3.1.9. Elektr sinovlarining me‘yori va davriyligi
5-ilovada
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: