482
qilish uchun zaruriy bo’lgan to’liq normativ-huquqiy baza mavjud emas. Masalan,
mamlakat miqyosida raqamli iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan texnologik
innovatsiyalar va ularni rivojlantirishning barcha nozik jihatlarini hisobga olgan
holdagi asosiy qonun xujjatlari to’liq ishlab chiqilmagan. Raqamli iqtisodiyotga ilmiy-
amaliy bilimlarni investitsiya qilish uchun “respublikada eng yaxshi imkoniyatlar
yaratish” masalasi huquqiy jihatdan hozircha to’liq ishlab chiqilmagan. Bu ishlar
davlat boshqaruv bo’g’ini mutasaddilarining innovatsiyalar va ilm-fan-texnikani
rivojlantirmasdan turib, keskin rivojlanish mumkin emasligini ko’rib, bilib va tushunib
turgan holida ham amalga oshirilmayotganlari ta’assufga loyiqdir.
Shuning uchun ham, keyingi yillarda halq farovonligi va mamlakatning dunyo
bozoridagi o’rnini aniqlab beradigan ilg’or texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim tizimi
va boshqa an’anaviy tarmoqlarda raqamli innovatsion yumushlarni amalga oshira
oladigan yuqori malakali kadrlarning yetishmasli holati kuzatilayapti. Ammo shunga
qaramasdan, iqtisodiy fanga va bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning
jarayonlari va qoidalari haqida tushuncha beradigan “raqamliinformation iqtisodiyot”,
“bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot”, “raqamli innovatsion iqtisodiyot” va
“raqamli intellektual iqtisodiyot” tushunchalariga ozmi-ko’pmi ta’rif berilib, ular
bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan.
Lekin
bu
ilmiy-amaliy
izlanishlar
chalaroq,
sayozroq,
fragmentar,
tizimlashtirilmagan va bir tomonlamalilik bilan tafsiflanadi. Shuning uchun ham o’quv
qo’llanmaning ushbu bo’bida bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning ilmiy-
metodologik asoslari, uslubiyati, uning infratuzilmasi va funktsiyalari imkon doirasida
ko’rib chiqiladi.
Undan tashqari, raqamli innovatsion iqtisodiyotning asosi bo’lgan bilimlar
iqtisodiyotining raqamli information iqtisodiyotga aylanish jarayonlari bilan bog’liq
bo’lgan asosiy tushunchalar, amaliyot uchun zarur bo’lgan bilimlarni yaratish faoliyati
bilan bog’liq masalalar ham bir qadar ko’rib chiqiladi. Eng avvalo, bilim va
ma’lumotlarning zamonaviy raqamli iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni o’rganiladi,
so’ngra bilim va ma’lumot yaratadigan tizim va uning tuzilishi hamda funktsiyalari
ko’rib chiqiladi. Raqamli iqtisodiyot uchun hizmat qiladigan bilimlarga asoslangan
tizimning kuchli va kuchsiz tomonlari o’rganilib, uning infratuzilmasi tadqiq qilinadi.
Umuman aytganda, bilimlarga asoslangan raqamli innovatsion iqtisodiyot
jarayonlarining asosiy tushunchalarini o’rganish sxematik tarzda quyidagi ketma-
ketlikda amalga oshirilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: