80
4.3.3
Siltashlar texnikasi asoslari va tuzilishi
Harakat tuzilishi, mushak koordinatsiyasi va biomexanik tavsifi bo‘yicha
siltashlar, to‘lqinlar va ballistik
harakterdagi tezkor siltash harakatlari orasidagi
holatni egallaydi.
Siltash, uning harakterli tavsifi shakliga qarab ikki asosiy harakat fazasini
o‘z ichiga oladi.
Birinchi faza – asosan ishni bartaraf qilishda faol harakatlanadigan bo‘sh
a’zolar harakatini tezlashtirish. Boshlang‘ich tezlik qancha katta bo‘lsa,
mazkur
fazada harakatni boshlash uchun beriladigan impuls qancha kuchli bo‘lsa, yaxlit
siltashni bajarish jismonan qiyin bo‘ladi.
Ikkinchi faza – tana a’zolarining inertsiya bo‘yicha siltanib harakatlanish.
Shu yo‘sinda hozirgina faol fazoda harakatlangan mushaklarga chekinuvchi
tartibda ishlab turib asta-sekin bo‘shashadi yoki bir oz zo‘r berib,
erta boshlagan
harakatini oxirigacha davom ettiradi. Siltashning mazkur fazasi xuddi
“natijaviydir”. Bu yo‘lda harakatning birinchi fazasida sarf qilingan kuch bevosita
amalga oshiriladi
.
Agar siltash murakkab ko‘p bo‘g‘imli harakterga ega bo‘lsa, uning ikkinchi
fazasida ancha “tezkor” periferik a’zolar muntazam ravishda boshqa a’zolarni
og‘irligi ortib boradi, siltash tezligi qonuniy ravishda kamayadi.
To‘lqinsimon va siltashsimon harakatlarni solishtira turib,
ularning farqini
aytib o‘tish zarur.
Siltashlarning ma’lum xususiyatlaridan biri – mazkur harakat uchun kerak
bo‘lgan asosiy kuchning bir vaqtda va bir lahzada kelishidir (siltashning birinchi
fazasidagi asosiy harakatga qarang). Ular bilan to‘lqinsimon harakatlarni
solishtirganda kuchning uzluksizligi va doimiyligi muhimdir.
Agar siltashda harakatni hammasini bajarish uchun boshlang‘ich portlovchi
kuch ko‘pincha yetarli darajada bo‘lsa, unda to‘lqinni
bajarish uchun uning
oxirigacha faol harakat qilish zarur.
81
Shu bilan birga, keltirilgan farqlarga qaramay to‘lqin, siltash, uloqtirish
va shunga o‘xshash harakatlar orasida aniq chegara yo‘q. Chunki bu harakatlarning
texnik tuzilishi, belgilari ko‘pincha bir harakatda yoki shunga o‘xshash
oddiy
elementlarning ketma-ketligida birlashadi.
Ba’zida bo‘g‘imlarda kichik amplitudada tezkor to‘lqinni oddiy
siltashdan ajratish qiyin, tana yoki qo‘l va oyoqlar bilan erkin siltash harakatlarini
bajarishda esa to‘lqinga ozmi-ko‘pmi o‘xshash harakatlar bo‘ladi.
Nihoyat, siltashlar murakkab harakatda boshqa turdagi harakatlar –
burilishlar, sakrashlar, uloqtirishlar bilan birlashadi.
Bunday holatda siltashni
bajarish malakasi (qanday va butun bir harakatni bajarish sharoiti) zarurat tufayli
murakkablashadi. Masalan, o‘zgaruvchan sharoitda muvozanat saqlash,
buyum
bilan manipulyatsiya qilish va boshqalar.
Quyida ba’zi siltash turlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: