238
Asosiy
va
aylanma
fondlar
quyidagi
ikkita
manbadan
shakllantiriladi:
- korxonalarning o‘z mablag‘laridan;
- chetdan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga.
Korxonalarning o‘z mablag‘lariga sof foydadan ajratilayotgan
mablag‘, amortizatsiya fondi, asosiy vositalarni sotishdan, tugatishdan
tushadigan mablag‘lar, asosiy vositalarni
ijaraga berishdan tushgan
mablag‘, qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotishdan tushgan tushum va
boshqa shu kabilar kiradi. Chetdan jalb qilingan mablag‘larga esa davlat
budjetidan ajratilgan mablag‘lar, banklardan olingan kreditlar, jalb
etilgan investitsiyalar va boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida davlat
budjetidan ko‘plab mablag‘lar ajratilmoqda. Mazkur mablag‘lar asosan
irrigatsiya inshootlarini (suv
omborlari, kanallar) barpo etishga, qishloq
xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirishga, yerlarning meliorativ holatini
yaxshilashga,
ekologiyani
sog‘lomlashtirishga,
qishloq
xo‘jalik
korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik asosiy va aylanma
fondlarini shakllantirishda lizing xizmatidan keng foydalanish lozim.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha
texnikalarni sotib olish uchun mablag‘lari yetishmasligi mumkin.
Bunday sharoitda ularni lizing asosida ijaraga olish va lizing muddati
tugagandan so‘ng qoldiq qiymati bo‘yicha
sotib olish maqsadga
muvofiqdir. Mamlakatimiz hukumati tomonidan lizing faoliyati izchil
qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalari turli
vositalarni lizing asosida jalb qilganda ularga boj to‘lovlari, soliqlar
bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berilmoqda. Hozirgi vaqtda fermer
xo‘jaliklari o‘zlarining asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik
darajasini
oshirishda
mamlakatimizda
faoliyat
yuritayotgan
lizing
kompaniyalarining xizmatlaridan keng foydalanmoqdalar.
Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishda qishloq xo‘jalik
korxonalari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab
chiqaruvchilarning o‘zidan olishga harakat qilishi kerak. Bunday
munosabatda vositachilar bo‘lmasligi sababli vositalarni arzonroq sotib
olishga erishiladi. Shuning uchun xo‘jaliklar bu aloqaning doimiyligini
ta’minlashga harakat qilishlari lozim.
Qishloq xo‘jalik korxonalari asosiy va aylanma vositalarni xizmat
ko‘rsatuvchi tarmoqlarning tashkilotlaridan (yoqilg‘i, kimyoviy vositalar
va boshqalar) va birjalardan sotib olmoqdalar.
Bunda ishlab chiqarish
239
fondlarining bahosi vositachilik ustamasi evaziga yuqori bo‘lishiga olib
keladi. Shu sababli korxonalar imkon qadar ishlab chiqarish fondlarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan olishga harakat qilishi kerak.
Kelajakda qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish fondlarini barpo
etish manbalari hamda shakllantirish yo‘llarini takomillashtirishga
alohida e’tibor berishlari, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni
rivojlantirishga erishishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga ichki va tashqi investitsiyalarni
jalb etishga va
ularning ko‘lamini kengaytirishga katta e’tibor berish lozim. Shu yo‘llar
bilan tarmoq va xo‘jalikning asosiy va aylanma fondlarga bo‘lgan
talabni qondirishga erishishlari mumkin.
Mustaqillikka erishilgandan keyingi dastlabki yillarda qishloq
xo‘jaligi tarmog‘ining asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlanganlik
darajasi pasayganligi bizga ma’lum. Bunga asosiy va aylanma fondlar
narxlarining tez sur’atlar bilan o‘sganligi ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Masalan, 1995-yilda 1 dona «MTZ-80» markali traktorning narxi 487
ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2002-yilga kelib, 19,3 martaga oshib, 9,4
mln. so‘mni tashkil etgan. Ayrim qishloq xo‘jalik texnikalarining
narxlari juda yuqori sur’atlarda oshgan. Shu yillar ichda benzin
yoqilg‘isining narxi 12,6 martaga, ammofos o‘g‘itining narxi esa 16,6
martaga qimmatlashgan.
Lekin, so‘nggi
yillarda hukumatimiz
tomonidan tarmoqning asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlanganlik
darajasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda tashkil etilayotgan turli ko‘rgazmalar qishloq
xo‘jalik korxonalarining asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini
oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi
korxonalariga ular uchun zarur texnikalarni ishlab chiqaruvchilar bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun juda qulay imkoniyat
yaratib berilmoqda.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida aylanma
fondlarni shakllantirishda
bank kreditlaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda hukumatimiz
tomonidan keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: