2. Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari, ularning
tashkil etilishi va rivojlanishi.
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik – foyda olish maqsadida
tavakkalchilikka asoslangan holda mavjud me’yoriy hujjatlar asosida
mulkchilik subyektlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish,
ularni qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalarida
faoliyat ko‘rsatishidir. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida tadbirkorlik faoliyati
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda
ular
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,
“O‘zbekiston
Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi, “Korxonalar to‘g‘risida”gi va
“Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya etishlari
zarur.
Mustaqillikning ilk davridan boshlab amalga oshirilayotgan agrar-
iqtisodiy islohotlarda respublikamiz qishloq xo‘jaligida davlat mulkini
uning tasarrufidan chiqarishga, uning negizida jamoa va xususiy
mulkchilikni hamda ularga asoslangan tadbirkorlik shakllarini tashkil
etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda yerga umummilliy boylik
sifatidagi umumxalq mulkchiligi saqlab qolinmoqda. Boshqa mulklar
esa
davlat
tasarrufidan
bosqichma-bosqich
chiqarilib,
xususiylashtirilmoqda. 1990-yilda davlat mulkchiligiga asoslangan
xo‘jaliklar, ya’ni davlat xo‘jaliklari 1038 ta edi. Ular O‘zbekistonda XX
asrning 30-yillarida tashkil etila boshlangan. Respublikaning Qarshi va
Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Markaziy Farg‘ona hududlarida yangi
yerlarni o‘zlashtirish natijasida keng miqyosda davlat xo‘jaliklari tashkil
etildi. Davlat xo‘jaliklarining tashkil etilishida davlat budjetidan
ajratilgan mablag‘ evaziga ishlab chiqarishni tashkil etish hamda yuritish
uchun zarur bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalarini davlat
tomonidan o‘rnatilgan baholarda sotib olinar edi. Ulardan foydalangan
holda faoliyat yuritib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarini davlat
tomonidan belgilangan xarid narxlarida davlatga qarashli tayyorlov
tashkilotlariga sotar edilar va olingan daromad davlat moliya organlari
tomonidan o‘rnatilgan tartibda taqsimlanar edi. Bunda asosiy e’tibor
davlat
manfaatlarini
rivojlantirishga
qaratilgan
bo‘lib,
davlat
xo‘jaliklariga iqtisodiy erkinlik berilmagan edi. Shuning uchun ular
171
yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga bo‘ysungan
holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanar edilar.
Ular asosan paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilikka ixtisoslashgan
bo‘lib, respublikada yetishtirilayotgan mahsulotlarning sezilarli qismini
ishlab chiqarar edilar. Bu xo‘jaliklarning respublikada yetishtirilgan
yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotidagi ulushi 1990-yilda 37,5 foizni
tashkil etgan. Lekin ular iqtisodiy negizi, faoliyat yuritish mazmuni
bo‘yicha erkin bozor munosabatlari talablariga javob bermas edi.
Shuning uchun ham davlat mulkchiligiga asoslangan xo‘jaliklar negizida
tashkiliy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi zarur bo‘ldi. Islohotlar
jarayonida ularning negizida dastavval jamoa xo‘jaliklari, keyinchalik
shirkatlar hamda hozirgi vaqtda mustaqil fermer xo‘jaliklari tashkil
etildi.
Respublika hukumati qishloq xo‘jaligi oldidagi muhim vazifalarni
e’tiborga olgan holda bir qancha muammolarni o‘z zimmasiga olgan.
Bunda davlat bosh islohotchi vazifasini bajarmoqda. Hozirgi davrda
respublikamiz hukumati agrar siyosatning strategik yo‘nalishlarini
belgilab, uni ta’minlash bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish
choralarini
ko‘rmoqda.
Hukumatning asosiy e’tibori qishloq
xo‘jaligining barcha sohalari yagona fan-texnika siyosatiga asoslangan
holda rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Bu nihoyatda muhim
masala hisoblanadi. Chunki faqat ilm-fan, yangi, samarali texnika
hamda ilg‘or texnologiya barcha yutuqlarning asosiy negizidir. Bu
masalani hal etish maqsadida qishloq xo‘jaligida davlat mulkiga
asoslangan xo‘jaliklar qisman saqlab qolingan. Ular asosan qishloq
xo‘jaligida davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba
xo‘jaliklari, urug‘chilik va naslchilik xo‘jaliklari ko‘rinishida saqlab
qolingan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 100 ga yaqin tajriba
xo‘jaliklari faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Ular asosan davlat
budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar evaziga qishloq xo‘jaligining
rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy g‘oyalarni yaratish, sinash asosida
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqdalar. Ular
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
▪
urug‘chilik, naslchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, yangi,
serhosil, tezpishar navlar hamda mahsuldor zotlarni yaratish;
▪
qishloq xo‘jaligiga fan yutuqlarini joriy etishni tashkillashtirish;
▪
iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlarini yaratish va ularni
chuqurlashtirish;
172
▪
yangi texnika, ilg‘or texnologiyalarni yaratish, agrotexnika
tadbirlarini takomillashtirish va boshqalar.
Ilmiy-tadqiqot institutlarida yaratilayotgan ilmiy g‘oyalar va
yangiliklar eng avvalo tajriba xo‘jaliklarida sinalib, so‘ngra amaliyotga
tatbiq etish uchun tavsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 1 foizini mazkur tajriba
xo‘jaliklari bermoqda. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy
etishdagi o‘rnini e’tiborga olgan holda ularni saqlab qolish va
faoliyatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida XX asrning 80-yillari oxiri va
90-yillari boshida 887 ta jamoa xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatib, respublikada
yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 35 foizini berar
edi. Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etgan. Lekin
mulkchilikning bu shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emas
edi, chunki amalda ular davlat tasarrufida edi. Bunday hol bozor
iqtisodiyoti talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois erkin bozor
munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o‘tish munosabati bilan
tarmoqdagi davlat xo‘jaliklari negizida jamoa xo‘jaliklari bosqichma-
bosqich yangicha ko‘rinishda tashkil etila boshlandi.
Bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, jamoa xo‘jaliklari 1990-
yillargacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ma’lum darajada o‘z
hissalarini qo‘shganlar. Ular o‘sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan
paxtaning 41 foizini, g‘allaning 37 foizini, sutning 36 foizini berar edi.
Lekin ularning faoliyatlari ham davlat xo‘jaliklari kabi to‘liq davlat
tomonidan boshqarilardi, ya’ni ularda mahsulotlar yetishtirish jarayoni
davlat
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtirilib,
yetishtirilgan
mahsulotlarni davlat o‘z tashkilotlari yordamida hukumat tomonidan
belgilangan xarid baholarida sotib olar edi. Olingan daromad esa
hukumat tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanar edi. Bunda
jamoaning erki, huquqi to‘liq e’tiborga olinmas edi. Demak, u
xo‘jaliklarda amalga oshirilgan iqtisodiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti
munosabatlari talablariga mos emas edi. Bunday hollarni bartaraf etish
maqsadida avvalo jamoa mulkchiligiga asoslangan jamoa xo‘jaliklarida
haqiqiy bozor iqtisodiyoti munosabatlarini barpo etishga alohida e’tibor
berildi. Bunda respublikada amalga oshirilayotgan yer islohotiga
asoslangan holda mavjud jamoa xo‘jaliklariga davlat mulki hisoblangan
yer foydalanish uchun ijaraga berildi. Ular yerdan foydalanganlik uchun
belgilangan muddatda ijara haqi to‘laydigan bo‘lishdi. Ijara haqi 1999-
yildan boshlab yagona yer solig‘i shaklida to‘lanadigan bo‘ldi. Shu bilan
173
birga “Mulk to‘g‘risida”gi qonun talabiga muvofiq u xo‘jaliklarda
haqiqiy jamoa mulkchiligi tashkil etishga e’tibor berildi. Mulkchilikning
bu shakli jamoa xo‘jaliklari negizida shirkat xo‘jaliklari tashkil etish
orqali shakllantirildi. Uning huquqiy asoslari yaratildi. Oliy Majlis
tomonidan 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Qishloq xo‘jalik
kooperativlari (shirkatlar) to‘g‘risida”gi qonun, uning hayotga tatbiq
etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 229-sonli qarori qabul qilingan
edi.
Shirkat xo‘jaligi - qishloq xo‘jalik tovar mahsulotlari ishlab
chiqarish va xizmatlarni bajarish maqsadida fuqarolarning paychilikka
asoslangan oilaviy pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat
ko‘rsatadigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish
subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikning yirik
tovar ishlab chiqaruvchi shakli sifatida namoyon bo‘ldi. Ularning
ixtiyoriga qishloq xo‘jalik yerlarining asosiy qismi uzoq muddatga
ijaraga foydalanishga berildi. Shirkat xo‘jaliklarining iqtisodiy negizini,
ya’ni mulkini pay (ulush) asosida tashkil etilgan paychilarning jamoaviy
mulki tashkil etar edi. Shirkat xo‘jaliklarining barcha mulki (yerlarning
qiymatini ham qo‘shib) a’zolariga pay shaklida bo‘lib berildi. Shuning
natijasida shirkat a’zolari mulk egasi bo‘ldilar. Bu hol ularga barcha
mulkka birgalikda egalik qilish, foydalanish imkoniyatini berdi.
Shirkat xo‘jaliklarini faoliyat ko‘rsatib turgan jamoa xo‘jaliklari
zaminida qayta tashkil etish nazarda tutilgan edi. Faoliyat ko‘rsatib
turgan jamoa xo‘jaligini shirkat xo‘jaligiga aylantirish xo‘jalik
a’zolarining umumiy majlisi qaroriga asosan amalga oshirilgan. Ushbu
qaror o‘zgartirilayotgan xo‘jalikning kreditorlariga ham yozma ravishda
yetkazilishi nazarda tutilgan. Shu qarorga asosan shirkat xo‘jaligiga
aylantirilayotgan xo‘jalik rahbarlari, mutaxassislari va a’zolaridan iborat
komissiya tuziladi. Tuman hokimining qarori bilan komissiya ishida
tuman hokimligi, moliya va soliq idoralari, banklar, kasaba uyushmasi
vakillari ishtirok etadilar. Komissiya zimmasiga nihoyatda muhim
masalalar yuklatilgan edi. Shu jumladan mazkur komissiya yangi tashkil
etilayotgan shirkat xo‘jaligining Nizomi loyihasini ham tayyorlagan.
Mamlakatimizda tashkil etilgan shirkat xo‘jaliklari dehqonlarning
moddiy manfaatdorligini oshirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari
talablariga to‘liq javob bera olmadi. Ayrim holatlarda esa shirkat
xo‘jaliklarini tashkil etishda tashkiliy tomondan ayrim kamchiliklarga
yo‘l qo‘yildi. Ya’ni, samarasiz faoliyat yuritayotgan jamoa xo‘jaliklarini
174
shirkat xo‘jaliklariga aylantirishda qonunda belgilangan tartibda tashkil
etish, jamoa xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan kamchilikni bartaraf etish
maqsadida shirkat a’zolarida mulkdorlik hissini uyg‘otish, ularning
shirkat xo‘jaligi mulkidagi ulushini tasdiqlovchi pay guvohnomalarini
rasmiylashtirish va berish kabi holatlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.
Shuning natijasida qishloq xo‘jaligi kooperativlari, ya’ni shirkat
xo‘jaliklari ham ko‘zlangan natijani bermadi.
Shu sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligiga
samarali, dehqonlarda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg‘otadigan, ularning
iqtisodiy erkinligini ta’minlaydigan xo‘jalik yuritish shakllarini joriy
etishga e’tibor qaratildi. Avvalo, dehqonning ishlab chiqarishga va
mulkka egalik hissining ortishi, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi,
daromad olishi, uni o‘z xohishiga ko‘ra mustaqil taqsimlash hamda
tasarruf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar sohasida faoliyat
yuritayotgan
fermer
xo‘jaliklari
boshqa
subyektlarga nisbatan
amaliyotda o‘zining bir qancha ijobiy ustunliklarini ko‘rsatdi va shu
sababli fermer xo‘jaliklariga istiqbolli xo‘jalik yuritish shakli sifatida
katta e’tibor qaratildi. 1998-yil 30-aprelda O‘zbekiston Respublikasining
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, u 36
moddadan iborat. Ushbu qonunning yangi tahriri 2004-yil 26-avgustda
qabul qilindi. “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida
fermer xo‘jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: fermer хo‘jaligi - ijaraga
berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq хo‘jaligi tovar
ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil хo‘jalik yurituvchi
subyektdir.
Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer
uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi
bilan
shug‘ullanuvchi
fermer
xo‘jaligi
a’zolarining
birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Fermer xo‘jaliklari tanlov
asosida zahira va maxsus respublika fondi hisoblangan hamda mehnat
resurslari ortiqchaligi sezilmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaligini shu xo‘jalikning o‘n sakkiz yoshga to‘lgan,
qishloq xo‘jaligida tegishli bilim, malaka va ish tajribasiga, yaxshi
muomala qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan barkamol a’zolaridan biri
boshqarishi mumkin. Fermer xo‘jaligining Nizom fondida ko‘rsatilgan
quyidagi vositalar, mablag‘lar uning mulki hisoblanadi:
- uy-joylar, xo‘jalik inshootlari, qishloq xo‘jalik ekinlari va
ko‘chatzorlari, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari,
175
parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna, transport
vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari;
- ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotlar;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan, ish va xizmatlar
ko‘rsatishdan tushgan pul mablag‘lari, olingan foyda;
- olingan kredit mablag‘lari;
- a’zolarining qimmatli qog‘ozlari, ular evaziga olingan dividendlar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz xayriya, homiylik
mablag‘lari va boshqalar.
Shu mulklardan samarali foydalanish natijasida xo‘jalikni
rivojlantirish uning a’zolari shaxsiy mehnatiga bog‘liq. Fermer
xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatish jarayonida mehnat shartnomasiga
asoslangan holda ishchi-xizmatchilarni yollashi mumkin.
Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi
Yer Kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun va “Yer
uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi
to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Yer Kodeksida fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari ochiq tanlov
asosida o‘ttiz yildan ellik yilgacha bo‘lgan muddatga zahira yerlari yoki
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan ajratilishi nazarda tutilgan.
Fermer xo‘jaliklariga yer ajratish fermer xo‘jaligining ma’lum bir
faoliyat yo‘nalishiga ixtisoslashganini inobatga olgan holda amalga
oshiriladi.
Xususan,
chorvachilik
mahsulotlari
yetishtirishga
ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi xo‘jalikning biznes rejasida nazarda
tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva mollarini boqish shartlari bilan
beriladi. Bunda fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng
kam o‘lchami har bir shartli bosh chorva moliga hisoblaganda:
- Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm
viloyatlarida sug‘oriladigan yerlarda – kamida 0,3 gektarni (nasldor
chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax,
Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda
– kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun
0,6 gektarni);
176
- sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda – kamida 2 gektarni tashkil
etadi.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashayotgan fermer
xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami
quyidagicha belgilangan:
- paxtachilik va g‘allachilik uchun – kamida 30 gektar;
- g‘allachilik va sabzavotchilik uchun – kamida 10 gektar;
- bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar
yetishtirish uchun – kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektar.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
•
tuman hokimi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq
xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zahiradagi yerlardan yer
uchastkalari ajratish to‘g‘risida, shuningdek ushbu yerlarni fermer
xo‘jaliklariga berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror abul
qiladi (e’londa yer uchastkasining o‘lchami, joylashgan joyi, sifati va
boshqa
tavsiflari,
tashkil
etilayotgan
fermer
xo‘jaligining
mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuvi, tanlovning o‘tkazilish vaqti va joyi
ko‘rsatilishi lozim);
•
yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi ariza tashkil etilayotgan
xo‘jalikning biznes rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda
tanlov e’lon qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida tuman hokimiga
beriladi;
•
tuman hokimi arizalarni tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va
tomorqa yer egalari Kengashiga yuboradi. Kengash ikki kun mobaynida
arizalarni ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish natijajari bo‘yicha
xulosa chiqarib, xulosani arizalar bilan birgalikda yer maydonlarini
berish (realizatsiya qilish) masalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman
komissiyasiga yuboradi. Xulosa asosida, komissiya fermer xo‘jaligiga
yer uchastkalarini berish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi;
•
yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalarini ko‘rib
chiqish
bo‘yicha
tuman
komissiyasi
qarori
protokol
bilan
rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar, shu jumladan tuman fermer,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining xulosasi bilan
177
birgalikda ko‘rib chiqish uchun xalq deputatlari tuman Kengashiga
yuboriladi;
•
xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada tuman
komissiyasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va
tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror tuman hokimiga yuboriladi;
•
tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori
asosida uch kun mobaynida fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer
uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi va uch kun muddatda ushbu
qarorni tasdiqlash uchun viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer
maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalrini ko‘rib chiqish
bo‘yicha viloyat komissiyasiga yuboradi;
•
viloyat hokimi boshchilik qiladigan viloyat komissiyasi taqdim
etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tuman hokimining fermer xo‘jaligi
yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash
(yoki tasdiqlashni rad etish) haqida qaror qabul qiladi
Tuman hokimi tomonidan fermer xo‘jaligiga ijaraga yer uchastkasi
berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyin tuman yer resurslari
va davlat kadastri bo‘limi tomonidan besh kun muddatda namunaviy
shaklga muvofiq yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi
tayyorlanadi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer
xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari 7.1-jadvalda
keltirilgan.
7.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |