2-savolga javob
:
Biosferada modda va energiyaning aylanishi biosfera tarkibiy qismlari
–
tog‘ jinslari, tabiiy suvlar,
gazlar, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning tinimsiz davriy ay
lanish jarayonidir. Davriy
aylanish biosferaning mavjudligini ta’minlovchi, uning butunligini va barqarorligini saqlovchi muhim omildir.
Biosferaning rivojlanishi va taraqqiyoti davom etishi Yerdagi biologik muhim moddalarning davriy aylanishi
bilan bog‘liq. Bu esa moddalar bir marta foydalanilgandan so‘ng boshqa organizmlar tomonidan
o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan holatga, shaklga o‘tishi demakdir.
Tirik moddaning paydo bo‘lishi bilan
geologik aylanish asosida organ
ik moddalarning davriy aylanishi, ya’ni biologik davriy aylanish yuzaga
keldi. Tirik organizmlarning rivojlanishi natijasida geologik aylanishda ishtirok etuvchi elementlar hayotning
asosi hisoblanadigan hamda to‘xtovsiz davom etadigan biologik davriy aylanishga qo‘shilib boradi.
Biosferaning rivojlanishi va undagi jarayonlarning sodir bo‘lishi biogen elementlarning uzluksiz ravishda
davriy aylanishi bilan bog‘liq. Tirik organizmlarning hayot faoliyati uchun ayrim elementlar ko‘p, ayrim
elementlar esa kam miqdorda zarur. Shunga ko‘ra biologik davriy aylanishda ishtirok etuvchi biogen
elementlar makroelementlar va mikroelementlarga ajratiladi. Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur
elementlar biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, Mg, Cu,
Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H, O, N, S, P eng muhim elementlar
hisoblanadi. Biosferaning barcha tarkibiy qismlari
–
o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar hamda
litosfera, gidrosfera, atmosferaning tirik organizmlar egallagan qismlari bir-biri bilan moddalar va
energiyaning yagona davriy aylanishi orqali chambarchas bog‘
langan. Bu jarayon ekosistemada nafaqat
organik moddalarni sintezlovchi avtotroflarning, balki organik moddalarni iste’mol qiluvchilar va
parchalovchilar
–
geterotroflarning mavjudligi bilan ta’minlanadi.
3-savol
. LABORATORIYA ISHI.
Ishning borishi:
1. Qаfаsdаgi to‘ti, kаnаrеykа yoki qushning tulumini ko‘rib chiqing.
2. Qushlаrning tashqi tuzilishidagi uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаrini аniqlаng.
3. Zoologiya darslarida olgan bilimlaringiz asosida qushlаrning ichki tuzilishidagi uchishgа mоslаshgаnlik
bеlgilаrini аniqlаng.
4. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to‘ldiring
.
Do'stlaringiz bilan baham: |