О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Texnologik jarayon sxemasi va parametrlari



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana01.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#724011
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
shortangazkimyo majmuasida rektifikatsiya qurilmasida yiliga 135 ming tonna retsikl etilen va buten 1 ni ajratish

2.2. Texnologik jarayon sxemasi va parametrlari. 
 
LB
DA-2201
RB
DA-2203
FE
DA-2204
HB
DA-2202
CM
DA-2207
ЕА-
2206
ЕА-
2208
EA-
2215
ЕА-
2213
EA-2204
FF-2202
A/B
ЕА-2202
 ЕА-
2203
FA-2208
EA-2219
FA-2201
FA-2206
ED-2203
Подача и возврат пропана
FA-2211
FB-2 на факель
FA-2207
GA-2210/S
Пар НД
факел
Возврат этил.
Конд. ВД
ПВД
Конд. НД
ПНД
ПНД
Конд. НД
Конд. ВД
ПВД
Конд. ВД
ПВД
Конд. ВД
EA-2203
Из FA-2123
Подп. ЦГ
ЕА-2201А/В
Подпитка Этилена
Поток из IPS
Очист. ЦГ
ЕА-2208
Топливный сеть
На зону реакции
FA-24541
ЕА-2207
ЕА-2205
GA-2201/S
Пар НД
Конд. ВД
Принципиальная схема зоны Рецикла
GА-2215/S
ЕА-2216
GА-2205/S
GA-2207/S
FF-2202
A/B
FF-2201
ЕА-2214
FA-2451
2.1-rasm. Retsikl zonasi sxemasi.
 


28 
Reaksiyaga kirishmagan etilen DA-2204 etilen kolonnasida ajratib olinadi 
va tozalash va tiklash uchun etilen krekeriga qaytariladi. Oqim shu bilan birga 
buten-1, buten-2, siklogeksan, aralashmalar, uglerod ikki oksidi va gazlarning 
koldiklaridan iborat. 
Kolonna shunday loyixalashtirilganki, unda etilen, uglerod ikki oksid va 
vodorod yuqoridan buten-1, buten-2, siklogeksan va aralashmalar quyi kubdan 
ajratib olinadi. 
DA-2204 
etilen kolonnasi nasadkali kolonna bо‘lib, notartib 
nasadkalarning ikkita bо‘limidan iborat. FF-2202 etilen kolonnasining 
tozalagichidan kelgan LB kolonnasining distillati kolonnaning ikkita nasadkali 
bо‘limlar orasiga keladi. Kolonna 1000-1150 kPa bosimda va kubda 70-82
0
С 
xaroratda ishlaydi. Kolonna tubidagi tindirgichning diametri nasadka seksiyasining 
diametridan katta bо‘lib, bu ushlab qolish talablaridan kelib chiqqan. Xom ashyo 
kolonnaga kelishidan oldin ikkita issiqlikalmashgichdan о‘tadi. Kolonnani bug‘-
suyuqlik kо‘rsatkichlarini yaxshilash uchun xom ashyo qizdiriladi. 
Kolonnaning yuqori qismi quyi xaroratda (minus 25-32
0
С) ishlaganligi 
tufayli kondensator konstruksiyasi materiali, kolonna devorlari xom ashyo kiritish 
nuqtasidan yuqorisi quyixaroratli uglerodga boy pо‘latdan qilingan. 
Kolonnaga kirishdan oldin xom ashyo 2 issiqlikalmashgichdan о‘tadi. 
Birinchisi bu (ED-2203) etilen puflagichining isitgichi, u yerda etilen 
kolonnasining yuqori qismidan puflash gazi kolonna xom ashyosi bilan qizdiriladi. 
Etilenni puflash isitgichi bu «jarayon-jarayon» turidagi almashgichdir. Bu 
issiqlikalmashgich xom ashyoni sovitishdan xam burun uglerodli pulatlar uchun 
yetarli yuqori bо‘lgan xaroratgacha kolonna yuqorisidagi puflash joyini isitishga 
mо‘ljallangan. Ikkinchi EA-2220 issiqlikalmashgich kolonnaga xom ashyo kiritish 
joyidan oldin joylashgan. Etilen kolonnasining xom ashyo isitgichi bu yuza 
maydoni 38,9 m

bо‘lgan vertikal U-simon quvurli issiqlikalmashgich bо‘lib, unda 
quyi bosimli bug‘ g‘ilof ichidadir. U 1000 kPa ga urnatilgan PSV-295 va PSV-
295S ikkita bosim klapanlari bilan ximoya qilingan.


29 
EA-2220 issiqlikalmashgich kirish liniyasiga Buten-1 kurilmasidan 
kaytadigan etilen liniyasi ulangan. 
Xom ashyo quyi bosimli bug‘ xisobiga qizdiriladi. Isitgichda kondensat 
satxi LV-22453 klapan vositasida LIC-22453 nazoratchi tarafidan rostlanadi. 
Isitgichdan chiqqan oqim etilen kolonnasining ikkita nasadkasi oraligiga beriladi. 
Oqim xaroratini 45-55
0
С darajada ushlab turish xaroratning yuqori “H” quyi “L” 
qiymatlarida signal beruvchi TIC-22453 nazoratchi tomonidan EA-2220 
isitgichdagi bug‘kondensatning satxini rostlash yо‘li bilan amalga oshiriladi. 
Rostlash isitgichdan kondensat chiqish quvuriga о‘rnatilgan LV-22453 ”H3” 
klapani bilan amalga oshiriladi.
EA-2214 issiqlikalmashgich yuza maydoni 536 m
2
bо‘lgan kondensator 
bо‘lib, unda sovituvchi agent sifatida propan ishlatiladi. G‘ilof bо‘limi 785 kPa 
bosimga urnatilgan RSV-250 va PSV-250S ximoya klapanlari va mash’alaga 
puflash liniyasi bilan ximoyalangan. Kondensatsiyalanmagan bug‘lar (sarfi 200-
1584 kg/h chegarasida) kolonnani g‘ilofdagi forsunka orqali tark qiladilar, 
kondensat esa ogirlik kuchi bilan EA-2214 ning quyi qismidan suyuqlik qulifi bor 
vertikal tushiruvchi quvur orqali sug‘orishga kolonnaga uzi oqib qaytadi. 
Kondensat kolonna kubida yig‘iladi. Kolonnaning yuqorisidan olingan bug‘lar EA-
2214 etilen kondensatorida kondensatsiyalanadilar. Etilen kondensatori etilen 
kolonnasi 
ustiga 
bevosita 
flanets 
bilan 
о‘rnatilgan 
g‘ilof 
quvurli 
issiqlikalmashgichdir. EA-2214 kondensator kolonnani sug‘orishni ta’minlab 
beradi. Bug‘lar quvurlar ichida kondensatsiyalanadilar va kondensat kolonnaga 
sugoruvchi sifatida uzi oqib qaytib tushadi. Sovitish S3 sovituvchi agent propan 
bilan g‘ilof tarafdan ta’minlanadi. Suyuq sovitish agenti etilen qurilmasidan keladi 
va kondensator g‘ilofi tarafda suyuqlikning satxini doimo bir xil ushlab turilishi 
nazorat qilinadi. Bug‘langan sovituvchi agent etilen qurilmasiga qaytariladi. 
Kondensatordagi satx unga keladigan sovituvchi agent oqimini rostlaydi. Satx 
uning yuqori “H” va “L” quyi qiymatlarida signal beruvchi LIC-22427 nazoratchi 
tomonidan ushlab turiladi. Rostlash YEA-2214 isitgichga propan sovituvchi 


30 
agentini berish liniyasiga о‘rnatilgan LV-22427 klapani vositasida amalga 
oshiriladi.
DA-2204 kolonna 1400kPa bosimga urnatilgan PSV-217 va PSV-217S 
ximoya klapanlari bilan ximoyalangan. Kolonnadagi bosim kolonnadan chiqish 
liniyasida joylashgan (kolonnani yuqorisidan puflash) PV-22445 klapani 
vositasida PIC-22445 nazoratchi tomonidan rostlanadi. Kolonna yuqorisida puflash 
oqimining xarorati minus 32
0
С ni tashkil qiladi va bu oqimda buten miqdori 0,5% 
dan (vazn bо‘yicha) kо‘p bо‘lmasligi kerak. Kolonna balandligi bо‘ylab bosimlar 
farqi bosimning yuqori “H”qiymatida signal beruvchi PDI-22094 farq о‘lchovchi 
bilan о‘lchanadi.
Kolonna balandligi bо‘ylab muxit xarorati bir qator termoparalar bilan 
о‘lchanadi: 
- TI-22365A EA-2214 da kondensatsiyalangan oqim xaroratini uning quyi 
“L” qiymatida signal berish bilan о‘lchaydi. Xarorat TIC-22365 nazoratchi 
tomonidan ushlab turiladi. Rostlash LV-22427 klapani vositasida bajariladi. 
- TI-22365B kolonna yuqorisidagi nasadkadagi muxit xaroratini о‘lchaydi. 
- TI-22512 kolonna quyi nasadkasining yuqori qismidagi muxit xaroratini 
о‘lchaydi. 
- TI-22087A, TI-22087B va TI-22087C kolonna quyi nasadkasidagi muxit 
xaroratini о‘lchaydi. Kolonnaning bu qismida xarorat TIC-22087 nazoratchi 
tomonidan ushlab turiladi. Rostlash EA-2213 reboyleriga quyi bosimli bug‘ 
berish liniyasiga о‘rnatilgan FV-22101 klapan vositasida amalga oshiriladi. 
- TI-22090 kolonnaning kub maxsuloti xaroratini uning quyi “L” 
qiymatida signal berish bilan о‘lchaydi. 
Kolonnada maksimal bosim qiymatiga erishilgach PSHH-22368A/B/C/ 
yoqgichlarning ishga tushishi sodir bо‘ladi. Uchta yokgichdan ikkitasini ishga 
tushishi I-2040 blokirovkani faollashtiradi. Ushbu blokirovkani xarakati sifatida 
YEA-2213 reboylerga quyi bosimli bug‘ berish quvuridagi FV-22101 ”H3” 
klapani yopiladi. Etilen reboyleri bu termosifon turidagi vertikal almashgich, yuza 
maydoni 16,9 m
2
bо‘lib, unda quyi bosimli bug‘ quvurlar bо‘limida bо‘ladi. Kub 


31 
maxsulotini tozaligini saqlash uchun etilen kolonnasida qaynash kolonna xarorati 
nazorat qilinadi. Qaynash EA-2213 reboyler bilan ta’minlanadi. Reboylerda xosil 
bо‘lgan kondensat FA-2222 sig‘imda yig‘iladi. EA-2213 reboylerda satx yuqori 
“H” va “L” kiymatlarda signal berish bilan kondensat liniyasiga о‘rnatilgan LV-
22335 klapani vositasida LIC-22335 nazoratchi tomonidan ushlab turiladi. G‘ilof 
taraf 1000 kPa bosimga urnatilgan ikkita PSV-216 va PSV-216S himoya 
klapanlari bilan himoyalangan bо‘lib, qaysiki quvurlar ishdan chiqqan holatda xom 
ashyoni mash’ala tarafga qarab puflaydi. Reboylerdan kolonnaga chiqishdagi oqim 
harorati joyida TG-22084 monometr bilan о‘lchanadi.
DA-2204 kolonnasida sath uning yuqori “H”, quyi “L”, juda quyi “LL” 
qiymatlarida signal berish bilan LIC-22094 sath nazoratchisi tomonidan ushlab 
turiladi. Rostlash kolonnaning kub qismiga о‘rnatilgan FV-22093 klapan 
vositasida amalga oshiriladi. Oqimni laboratoriya tekshiruvi uchun namuna olish 
SC-2206 namunaolgich orqali amalga oshiriladi.
Etilen kolonnasining kub mahsuloti asosan buten bо‘lib, ammo past 
konsentratsiyada etilen ham mavjud. Kubdan chiqqan oqim 5000-17680 kg/h sarf 
bilan DA-2207 hamkor monomer kolonnasiga yuboriladi. FV-22093 klapanigacha 
azot liniyasining ulanmasi bor. 
Sovitish tizimi S3 tо‘xtalishi lozim bо‘lsa va bunda zavodda polietilen 
ishlab chiqarish davom ettirilsa, etilen kolonnasi etilen va butenni ajrata olmaydi, 
sababi sovituvchi kondensator ishdan tо‘xtaydi. Bu xolatda operator ixtiyorida 
tanlash uchun ikkita variant bor: 
a) LB ning sug‘orish sig‘imidan reaksiyaga kirishmagan etilenni chiqarib 
yuborish va etilen kolonnasiga xom ashyo berishni tо‘xtatish. 
b) etilen kolonnasini ekspluatatsiya qilishni davom ettirish va etilen 
kolonnasidan etilenni chiqarib yuborish; bunda etilenni butendan haydab olish 
uchun qaynash davom etishi kerak. 
Somonomer tizimi. Hamkor monomerni (SM) ajratib olish. 
DA-2207 hamkor monomer kolonnasida 77 ta klapan likopchalari bor.
Xom ashyo 15- va 16- likopchalar orasiga beriladi. Kolonna 480-600 kPa bosim 


32 
ostida ishlaydi. Bu etilen kolonnasining ishchi bosimidan pastdir. Etilen kolonnasi 
kubidan hamkor monomer kolonnasiga kelayotgan oqim bosimi keskin tushiriladi 
va bunda ikki fazali oqim xosil bо‘ladi. 
Hamkor monomer kolonnasining asosiy vazifasi bu uning yuqori qismida 
reaktorlar tizimida keyinchalik qaytarish maqsadida buten-1 ni jamlashdir 
(konsentratsiyasini oshirishdar). Ajratib olingan buten1 reaksiya zonasida qaytadan 
ishlatiladi. Buten-1 ning sofligini saqlash uchun kolonna buten2 bilan shunday 
konsentrlanadiki, u buten1 ni minimal yо‘qotish bilan kolonnaning quyi kubidan 
20-120 kg/h sarf bilan yuviladi. Buten-2 faqat butenli sopolimerlar yoki 
terpolimerlar ishlab chiqarishda xosil bо‘lgani uchun kolonnani gomopolimerlar 
yoki oktenli sopolimerlar ishlab chiqarishda ekspluatatsiya qilish shart emas. 
Qaynash EA-2215 reboyleri tomonidan amalga oshiriladi. Hamkor monomer 
reboyleri bu yuza maydoni 92,5 m
2
bо‘lgan termosifon bо‘lib, quyi bosimli bug‘ 
bilan qizdiriladi. Bug‘ reboylerning yuqori qismiga keladi va kondensat sig‘imning 
quyi qismidan chiqib ketadi. Sig‘imdagi bug‘ kondensatining sathi jamlama 
kollektorga quyi bosimli kondensatni chiqarish quviridagi LV-22290 “H3” 
rostlovchi klapan vositasida sathning yuqori “H” va quyi “L” qiymatlarida 
signal beruvchi LIC-22290 nazoratchi tomonidan rostlanadi Bug‘ oqimi shunday 
rostlanadiki, kolonna quyi kubida doimiy sath ushlab turilsin. G‘ilof tarafi 1000 
kPa bosimga urnatilgan PSV-240 himoya klapani bilan himoyalangan. Jarayon 
tabiiy konveksiya xisobiga kolonnaning quyi kubidan quvurlar orqali reboylerning 
yuqori qismidagi chiqish tuynugi orqali orqaga kolonnaga qaytadi. Chiqish 
tuynugida TG-22023 harorat datchigi о‘rnatilgan bо‘lib, u reboylerni ishlashini 
nazorat qilishga yordam beradi. 
Harorat kubda 60-75 
o
S va yuqori qismda 50-60 
o
S saqlab turiladi. Hamkor 
monomer kolonnasining asosi diametri 350mm bо‘lgan teshikli qaytaruvchi tо‘siq 
bilan jihozlangan. Bu tо‘siq hamkor monomer reboyleriga likopcha 1 dan xom 
ashyoning afzal oqimini о‘tkazishdir. 
Hamkor monomer kolonnasining yuqori qismidan kelgan bug‘lar EA-2216 
hamkor monomer kondensatorida kondensatsiyalanadilar. Hamkor monomer 


33 
kondensatori 
suv 
bilan 
yuvitiluvchi 
gorizontal 
g‘ilof 
quvurli 
issiqlikalmashlagichdir va unda suv quvurlar bо‘limida, jarayon esa g‘ilof ichida 
sodir bо‘ladi. Issiqlikalmashgich g‘ilofni bosim ortib ketishidan saqlash uchun 700 
kPa ga urnatilgan PSV-242 himoya klapani (SPPK) о‘rnatilgan. Ximoya klapani
dan tushirish xavfsiz joyga amalga oshiriladi. 
Odatda bug‘lar butkul kondensatsiyalanadilar va kondensat FA-2211 
hamkor monomerni sug‘orish tizimida yig‘iladi. Kolonna hamkor monomer 
kondensatori oldidan 890 kPa bosimga urnatilgan PSV-243 va PSV-243S ikkita 
himoya klapani bilan himoyalangan. Kolonnada bosim uning yuqori “H” va quyi 
“L” qiymatlarida signal beruvchi PIC-22243 nazoratchi tarafidan rostlanadi. 
Rostlash EA-2216 issiqlikalmashgichning sovituvchi suvning qaytar liniyasiga 
о‘rnatilgan PV-22243B klapani bilan amalga oshiriladi. Kolonnada bosimning 
maksimal qiymatga erishilgach, PSHH-22243A/B/C yoqgichlarning ishga tushishi 
sodir bо‘ladi. Uchta yoqgichdan ikkitasini ishga tushishi I-2039 blokirovkani 
aktivlashtiradi. Bu blokirovkani harakati sifatida EA-2215 reboyleriga quyi bosimli 
bug‘ berish quvuridagi FV-22267”H3” klapanini yopilishi bо‘ladi. 
Kolonna balandligi bо‘ylab muhit harorati bir qator termoparalar bilan 
о‘lchanadi: 
TI-22459 kolonnaning 1-likopchasida muhit haroratini о‘lchaydi 
TI-22461 – kolonnaning 16 likopchasida muhit haroratini о‘lchaydi. 
TI-22463 – kolonnaning 36 likopchasida muhit haroratini о‘lchaydi. 
TI-22465 - kolonnaning 55 likopchasida muhit haroratini о‘lchaydi. 
TI – 22467 – kolonnaning 75 likopchasida muhit haroratini о‘lchaydi. 
TI-22090 - kolonnaning kub mahsuloti haroratini о‘lchaydi. 
Kolonnada sath YEA-2215 reboylerga quyi bosimli bug‘ni FV-22267 
klapani orqali sarfni о‘zgartirish yо‘li bilan sathning yuqori “H” va quyi “L” 
qiymatlarida signal beruvchi LIC-22239 nazoratchi tomonidan rostlanadi. 
PIC-22243A nazoratchi haroratlarni rostlovchi TV-22450 klapanini 
boshqaradi va tizimda bosim ortib ketganda hamkor monomer sug‘orish 
sig‘imidagi kondensatsiyalanmaydigan fraksiyalarni mash’alaga chiqarib yuboradi. 


34 
Kondensatordan chiqishda haroratning past bо‘lishi yengil gazlarni (masalan 
etilen) yig‘ilganiga ishora qiladi. Shu bilan birga haroratning pasayganda 
chiqaruvchi klapanini boshqarish uchun TIC-22450 harorat nazoratchisi kо‘zda 
tutilgan. FA-2211 sug‘orish sig‘imida sath LIT-22245 bilan о‘lchanib, LIC-22245 
nazoratchi tomonidan FV-22265 klapani vositasida FB-2451 tо‘kish sig‘imiga 
buten-1 ni tushirish orkali nazorat qilinadi. 
Hamkor monomer sug‘orish sig‘imidan kondensatsiyalangan buten-1 GA-
2215 sug‘orish nasoslari bilan orqaga kolonnaga beriladi yoki qaytadan reaksiya 
zonasiga beriladi. Suyuqlik sathi kamaygan holda, tovar-xom ashyo sexidan 
qо‘shimcha yangi ta’minlash berilishi mumkin. Ammo yangi ta’minlashni 
boshqarish va sozlash qо‘lda bajariladi. Reaksiya zonasiga retsikl harorati 50
0
S ni 
tashkil qiladi. Hamkor monomer xom ashyosi sovitgichi YEA-2114 retsikl oqimini 
29
0
S gacha sovitadi, bu reaksiya zonasida siklogeksan tozalagichini ishchi 
haroratidir 
Hamkor monomer kolonnasining kub mahsuloti ortiqcha buten-2 hamda 
biroz miqdorda buten-1dan iborat. U shu bilan birga LB kolonnasi yuqorisidan 
ketgan deyarli barcha siklogeksanni saqlaydiki, bu minimaldir. Sarf hamkor 
monomer kolonnasi kub mahsuloti tarkibi qanoatlanarli chegarada bо‘lishi tarzida 
о‘rnatilgan. HV-22254 tomonidan keyin issiq azot liniyasining ulanmasi bor. 
Buten-2 komponent tarkibini nazorat qilish uchun HV-22254 klapanidan keyin 
AI-22250-2 oqim analizatori о‘rnatilgan. Ikkinchi AI-22250-3 analizator GA-
2215S nasoslaridan chiqishda sug‘orish quvurida о‘rnatilgan. Bu kolonnadan 
buten-2 ni yuvish, hamda buten-1 da buten-2 konsentratsiyasini nazorat qilish 
uchun zarur. GA-2215/S Hamkor monomerni sug‘orish nasosi kolonnaga sug‘orish 
suyuqligini beradi. U shu bilan birga hamkor monomerni xamkor monomer xom 
ashyosi sovutgichi orqali reaktor zonasi tarafga tozalagichlar vositasida, hamda 
xom ashyoni butenni tushirish muzlatgichi orqali uni farqlovchi sig‘imiga beradi. 
GA-2215/S nasoslarni himoya qilish uchun I-2016 va I-2025 blokirovkalar kо‘zda 
tutilgan. Bu blokirovkani aktivlanishi nasoslarni tо‘xtatishga olib keladi. 
Quyidagi ikkita ekspluatatsiya qilish rejimidan foydalanish mumkin: 


35 
a) gomopolimer 
Gomopolimer rejimida buten-2 ni konsentratsiyasini oshirish zaruriyati 
yо‘q. Shunday qilib, hamkor monomer kolonnasi qaysidir ma’noda ortiqchadir. 
Agar polimer uzoq vaqt davomida ishlab chiqarilsa quyi kub mahsulotlarini 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri butenni yuvish sig‘imiga yо‘naltirib, kolonnani tо‘xtatib qо‘yish 
mumkin.Kolonnani shunday ekspluatatsiya qilish mumkin-ki, u tо‘satdan zarur 
bо‘lib qolsa, u doim tayyor bо‘ladi. Agar kolonnani uzoq muddat zahira rejimida 
ushlab turilsa, uning asosida sekin-asta siklogeksan yig‘ilib qolishi mumkin. Buni 
butenni yuvish sig‘imiga tiklash uchun kichkina oqimini yuborib nazorat qilish 
mumkin. 
b) sopolimer 
Butenli sopolimerlar ishlab chiqarishda buten-1 reaktor tizimiga beriladi va 
oqibatda izomerlanish natijasida ma’lum miqdorda buten-2 xosil bо‘ladi. 
Shunday qilib, hamkor monomer kolonnasi doim yoqilgan bо‘lishi kerak. 
Yuqori kub mahsulotda buten-1 ning belgilangan konsentratsiyasi taxminan 95% 
vazn bо‘yicha. Quyi kub mahsulotida buten-1 konsentratsiyasi 15% og‘irl. Yoki 
pastni tashkil qilishi uchun buten-2 ni yuvish nazorat qilinadi. Bu quyi kub 
haroratining qiymati taxminan 70
0
С mos keladi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish