О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana01.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#724011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
shortangazkimyo majmuasida rektifikatsiya qurilmasida yiliga 135 ming tonna retsikl etilen va buten 1 ni ajratish

O
Al
-85% zararli chang; 
Kalsiy oksidi 
)
(
CaO
- 2% tomoq va burun shilliq pardasi zararlanadi; 
Magniy oksidi 
)
(
MgO
3% bug‘lanish hosil bo‘lgan hollarda past darajada 
xavfli; 
Kremnezyom 
)
(
2
SiO
erkin -1% ta’siri engil; 
Kremnezyom 
)
(
2
SiO
umumiy -11% zararli chang. 
Alyuminiy oksidi - 
3
2
O
AI
-rangsiz kristall. Tabiiy qattiq mineral, gigroskop emas, 
sun’iy olingan 
3
2
O
AI
gigroskop. Suvda erimaydi, kislota va ishqorda eriydi. 
Chang bilan nafas olganda o‘pkani zararlaydi, ko‘ngil aynish, oshqozon 
og‘rig‘i, jig‘ildon qaynashi kuzatiladi. Ko‘zga tushganda to‘qimalarni o‘lishi, 
shishasimon tananing xiralashishi kuzatiladi. Teriga tushganda ekzema, dermatitga 
olib keladi. 


20 
Sigler-Natta katalizatorlari polimerlanish jarayonining asosiy kaliti 
hisoblanib, SKLEARTECH texnologiyasida ikki xil sistema katalizatorlari 
ishlatiladi. 
Standart katalizatorlar sistemasi (STD) yoki (CTD); 
Harorat ta’sirida ishlov berilgan katalizatorlar sistemasi (HTC) yoki (XIB). 
Katalizatorlar sifatida CA- titan turt xloridi ( TiCl
4
) va CB- oksiuchxlorid 
vannadiy ( VOCl
3
) ishlatiladi. 
CA va CB lar yuqori faollikka ega bo’lib, ularni har xil nisbatlarda 
aralashtirilishi natijasida yuqorida keltirilgan ikki sistema katalizatorlari hosil 
qilinadi. Katalitik sistemalar quyidagi tartibga ega bo’ladilar: CAB - 80% ( 
massaviy) CB va 20%(massaviy) CA dan iborat. CAB-2 - 50% CB va 50% CA 
dan iborat. 
CAB aralashmasi standart katalizator rejimida, CAB-2 aralashmasi esa 
harorat ta’sirida ishlov berilgan katalizator rejimida ishlatiladi. Barcha Sigler-Natta 
katalizatorlari kabi ushbu katalizatorlar sistemasini faollashtiruvchilari sifatida 
sokatalizatorlar ishlatiladi. Sokatalizatorlar sifatida alyuminiyning alkillari 
ishlatiladi. Ular asosan ikki jarayonda, ya’ni metallni qaytarish va alkillash 
jarayonida qatnashadilar. 
SKLEARTECH texnologiyasida ishlatiladigan sokatalizatorlarni xillari va 
ularning shartli belgilari quyida keltirilgan: 
CT - uchetil alyuminiy ( TEAL) - Al(C
2
H
5
)
3
CD - alyuminiyni ikkietilxloridi (DEAC) - Al(C
2
H
5
)
2
Cl 
CJ - alyuminiyni ikkietiletoksidi (DEAL-E) - Al(C
2
H
5
)
2
OC
2
H
5
Katalizator tarkibidagi metallarni uchetil alyuminiy ishtirokida qaytarilishi 
faollashishi reaksiyalarini quyidagicha ko’rsatish mumkin: 


21 
 
Ti va V ni alkillash reaksiyalari: 
Metallarni qaytarilish reaksiyalari alkillanish reaksiyalari bilan bir vaqtning 
o’zida ketadi. Bu moddalarni o’zi ham juda yaxshi sokatalizatorlar hisoblanadi. 
Ular Ti va V ni keyingi bosqichlarda qaytaradi va alkillaydi. Sokatalizator 
qo’shilganidan so’ng qaytarilish va alkillash reaksiyalari uchun taxminan 10 
sekund vaqt kerak bo’lsa, VOCl
3
ni VOCl
2
ga o’tish uchun 2 sekund yetarli 
bo’ladi. Demak, shuning uchun ham sokatalizator miqdorini keragidan ozgina ortib 
ketishi Ti va V ni katalitik inert holigacha qaytarilishiga olib kelishi mumkin. Shu 
sababli katalizatorlarni faolligini keraklik darajada saqlab turish, ktalizatorlar 
aralashmasini tayyorlashdagi sokatalizatorning optimal miqdorini aniqlab olishga 
bog’liq. SKLEARTECH texnologiyasi bo’yicha katalizator va sokatalizatorlarni 
aralashtirishdan oldin ularni siklogeksanda eritib olish kerak. 
SKLEARTECH texnologiyasida standart katalizatorlar nomi bilan 
ataluvchi CAB katalizatorini CT sokatalizatori bilan aralashtirib olinadi. Ya’ni 
standart katalizator sistemasining tarkibi quyidagicha bo’ladi: CTD - CAB/CT . 


22 
Ushbu katalizatorlar sistemasida qaytarilish va alkillash reaksiyalari 30°C 
haroratda bir bosqichda amalga oshirilib, 2-3 sekund ichida tugaydi. Katalitik 
aralashma kompanentlari CA va CB larni har birini o’zi aloxida- aloxida 
sokatalizator CT bilan faol markaz hosil qilib, ushbu faol markazlar alohida-
alohida makromolekulalar hosil bo’lishida ishtirok etadilar. Shu sababli alohida-
alohida faol markazlardan hosil bo’lgan polimerlar struktura va xossalari bilan 
farqlanadilar. Bu farq ayniqsa polietilenni o’rtacha molekula massasi va molekula-
massaviy taqsimotida yaqqol ko’rinadi. Maslan: agar polimerlanish faqat CA 
katalizatori ishtirokida, ma’lum nazorat qilish mumkin bo’lgan sharoitlarda 
o’tkazilgan bo’lsa, quyidagi rasmda keltirilgan molekula-massaviy taksimlanishiga 
ega bo’lgan polietilen hosil bo’ladi. 
Odatda CA dagi Ti ning faol bog’lari nisbatan past molekula massasiga ega 
polietilen hosil bo’lishiga olib keladi. CB katalizatorida esa polimerlanish sharoiti 
o’zgarmasa ham V ni katalizatordagi faol bog’lari ancha yuqori molekula massali 
polietilen hosil bulishiga olib keladi. Ikkala katalizator aralashmasidan tashkil 
topgan CAB katalizatori ishtirokida esa molekula- massaviy taqsimlanishi kam va 
o’rtacha molekulyar massasi ham alohida-alohida katalizatorlar ishtirokida olingan 
natijalar oralig’ida bo’ladi. 
Harorat ta’sirida ishlov berilgan (XIB) katalizatorlar sistemasini 
ishlatishdan asosiy maqsad, kompleks hosil qiluvchi katalizatorlar sistemasidagi 
birinchi reaksiya - qaytarilish reaksiyalarini harorat ta’sirida ishlov berish 
jarayonida o’tkazib olish va polimerlanishni umumiy tezligini oshirishdan 
iboratdir. harorat ta’sirida ishlov berib katalizatorlar sistemasini faolligini oshirish 
o’z navbatida reaksion muhitdagi etilen konsentratsiyasini (CTD katalizatori 
ishlatilganida etilenning eritmadagi konsentratsiyasi 13%, XIB ishlatilganida 16% 
ni tashkil etadi) va demak, reaktorlarni polimer ishlab chiqarish unumdorligini 
oshirishga olib keladi. XIB ishlatilganda polimerlanishning umumiy tezligini 
ortishini reaktordagi haroratni ortishiga qarab ham bilsa bo’ladi (CTD katalizatori 
ishlatilganida reaktordagi harorat 206°C ni tashkil etsa, XIB ishlatilganida 240°C 
ni tashkil etadi). 


23 
Reaktorga haydashdan (injeksiya) oldin ushbu katalizatorlarni aralashtirish 
natijasida polimerlanishni faol katalizatori hosil bo’ladi. 
Reaksiyani to’xtatish va katalizator qoldiqlarini adsorbsiyaga tayyorlash 
maqsadida, kerakli vaqtda faolsizlantiruvchilar qo’shiladi. 
Katalizatordan tozalangan polimer eritmasi past bosimda ko’p bosqichli 
separatorlardan o’tishi natijasida, erituvchi hamda reaksiyaga kirishmagan etilen va 
buten-1 lar bug’lanib chiqadilar va retsikl zonasiga qaytadan ishlatish uchun 
yo’naltiriladilar. 
Retsikllash qurilmasida polimerlanish va yakuniy ishlov berish zonalaridan 
kelayotgan erituvchi bug’lari haydash yo’li bilan quyidagi oqimlarga ajratiladi: 
-retsikl siklogeksani; 
-reaksiyaga kirishmagan etilen; 
-retsikl hamkor monomeri(somonomeri) buten-1; 
-buten-2; 
-quyi molekulyar massali (RB) polimer; 


24 
-polimerlanish reaksiyasining yonaki mahsulotlari va aralashmalar. 
Siklogeksan va hamkor monomer reaksiyada qatnashish uchun qayta siklga 
qaytariladi. Reaksiyaga kirishmagan etilen etilen qurilmasiga yo’naltiriladi. Buten-
2, quyi molekulyar massali polimer va qo’shimchalar tizimdan chiqindi sifatida 
yoqishga chiqariladi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish