RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
41
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARGA IQTISODIY TA’LIM BERISH
KOMPONENT VA TALABLARI
A. O‘rozaliyeva
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti tayanch doktoranti
Аnnotatsiya.
Maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning iqtisodiy ta’lim-tarbiya olish jarayonida
shakllanadigan malakalari, ushbu jarayonni qanday faoliyatlar bilan chambarchas bog‘lab ketish mumkunligi
haqida yozilgan.
Kalit so‘zlar
: iqtisod, bilim, ko‘nikma, malaka, maktabgacha katta yosh, savodxonlik, mablag‘, sarf-xarajat,
jamg‘arma, tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy fikrlash, mehnatsevarlik, mas’uliyat.
Аннотация.
В статье рассматриваются навыки, которые развиваются у взрослых дошкольников
в процессе экономического образования, и то, как деятельность может быть тесно связана с этим
процессом.
Ключевые слова
: экономика, знания, навыки, квалификация, дошкольный возраст, грамотность,
траты, сбережения, предпринимательство, экономическое мышление, трудолюбие, ответственность.
Abstract.
The article highlights the skills that are formed in the process of economic education of
preschoolers. He describes how this process can be closely related to program activities carried out in
preschool educational organizations.
Key words
: economics, knowledge, skills, qualifications, preschool age, literacy, money, spending, savings,
savings, entrepreneurship, economic thinking, hard work, responsibility.
Mustaqillikka erishib bo‘lingandan keyingi yillarda iqtisodiyot juda dolzarb mavzulardan biriga aylangani
barchamiz uchun sir emas. Raqamli iqtisodiyotga o‘tilishi, barcha turdagi faoliyatlar raqamlashtirilishi o‘sib
borayotgan yoshlarga yanada ko‘proq bilim berilishini talab etmoqda, bolalarimizga yoshligidan bozor
iqtisodiyoti haqida tushuncha berish biz kattalarning oldida turgan asosiy vazifalardan biriga aylanib
bormoqda, agarda biz o‘z farzandlarimiz uchun namunali xorijiy davlatlardan yuqoriroq hayot tarzini
ta’minlab berishni xohlasak.
Iqtisodiy bilimning yetarlicha bo‘lmaganligi sababli ota-onalar o‘z farzandlariga mablag‘lardan to‘g‘ri
foydalanish ko‘nikmasini berishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ularda ijobiy munosabat
tizimini hosil qilish orqali malakali qaror qabul qilish imkonini yaratishga intilishimiz zarur. Biz ota-
onalardan farzandlarining narsa-buyumlarga bo‘lgan loqayd munosabatini, mablag‘larning qadr-qimmatini
bimasligi, ko‘chalarda qimmat bo‘lgan sovg‘alarni talab qilib xarxasha qilishayotganining guvohi bo‘lamiz
va eshitamiz. Ushbu yo‘nalish, ya’ni iqtisodiy tarbiyani maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘rgatish orqali biz
ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lar edik.
Pulga bo‘lgan to‘g‘ri munosabat bolalikdan shakllanadi. Mantiqiy fikrlay oladigan odam o‘zi uchun
pulga bo‘lgan eng mos moliyaviy yo‘nalishni tanlay oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning moliyaviy
savodxonligini oshirish orqali biz iqtisodiy bilimlarning oshishi, moliyaviy axloqiy bilimlarni yaratishga
zamin hamda moliya sohasida nostandart, ya’ni qutidan tashqaridan o‘ylashga, fikrlashga o‘rgatib boramiz.
Hayotga ilk qadam qo‘yayotgan bolajonlarimizga, kelajagdagi moliyaviy barqarorligi uchun moliyaviy
boshqaruv qobiliyati juda katta ta’sir kuchini beradi. Shu o‘rinda biz bolajonlarga iqtisodiy bilim berar
ekanmiz u bilan birgalikda tejamkorlik, ishbilarmonlik, oqilona ish yuritish, har qanday mehnat natijasi
qiymatini sog‘lom baholash, xoh u mahsulot bo‘lsin yoki pul qiymatida hamda iqtisod haqida to‘g‘ri
tasavvurni rivojlantirish orqali kelajakda muvaffaqiyatli to‘g‘ri qaror qiluvchi, o‘rinli yechim topa oluvchi
shaxsni tarbiyalashga muvaffaq bo‘lamiz. Bolalarni iqtisod olami bilan tanishtirish o‘z ichiga moliya instituti
ishlari bilan tanishish yoki ular uchun yod bo‘lgan atamalarni o‘rgatishni nazarda tutmaydi. O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim konsepsiyasida ko‘rsatilganidek, asosiy maqsadimiz mukammal shaxsni
rivojlantirishdir. Iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolani real hayotga yaqinlashtiradi,
iqtisodiy fikrlashni uyg‘otadi, mukammal shaxsga hos bolgan xislatlarni egallashga imkon beradi.
Maktabgacha yoshda ushbu ko‘nikmalar berilsa, bolada umri davomida bilim olishga qiziqishi yanada ortib
boradi, chunki unda maktabgacha yoshda olingan malakasi mavjud bo‘lib, bilimini yanada ko‘paytirishga
bo‘lgan qiziqishi saqlanib qoladi. Shuning uchun iqtisodiy tarbiyani nafaqat maktab kollej va oliy o‘quv
yurtlarida, balki maktabgacha yoshdagi bolalarga ham o‘rgatib borish zarur.
Asosiy maqsad – bolalarning iqtisodiy ta’limida-shaxsiy va oilaviy ehtiyojlar bilan birlamchi tanishtirish.
Ushbu maqsadga erishish uchun iqtisodiy tarbiyani maktabgacha ta’lim tashkilotlarning 5–7 yoshli bolalarga
o‘rgatishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |