Annotation
.
In this article, among the most acute problems observed in speech in modern linguistics, the
excess of the message–the question of the study of the phenomenon of pleonazm, the classifications given
to this concept by European, Russian, linguists and Turkologists, as well as the issues of the development of
pleonazm were covered.
Keywords:
Pleonazm, tavtology, repetition word, pragmatics, cognitive linguistics.
Zamonaviy tilshunoslikda xususan, yevropa, rus, turkiy tilshunoslikda nutqda kuzatilgan eng keskin
muammolar orasida til va nutqda xabarning ortiqchaligi bevosita lingvistik hodisa – pleonazm bilan bog‘liq.
Tilning ortiqchaligini o‘rganish uzoq tarixga ega. Ushbu hodisaga qiziqish antik davrda tasvirlangan bo‘lib, u
ritorika va stilistika doirasida ko‘rib chiqilgan, ammo tavtologiya va pleonazmni va ularning tabiiy tillardagi
noaniq rolini o‘rganishning uslubiy asoslari faqat XIX asr tilshunoslari tomonidan yaratilgan.
A. M. Bushuy ta’kidlaganidek: «Antik tilshunoslikdan boshlab (Dionisiy, Galikarnasskiy, Kvintiliop, Donat
va boshqalar) bugungi kunimizga qadar pleonazm masalasi bo‘yicha turli konsepsiyalar oldinga surilgan».
1
Turkologiyada birinchi bo‘lib G. F. Blagova o‘z maqolasida turkiy tillardagi affiksal pleonazmni qiyosiy-tarixiy
va areal-lingvistik tahlil qildi. G. D. Adjibekova, M. Turobovalarning maqolalari ham pleonazm hodisasining
ma’lum tomonlarini yoritishda alohida o‘rin tutadi. Lingvistik adabiyotlarda “pleonazm” termini ko‘pincha
tavtologiya, dittalogiya, perissologiya, reduplikatsiya, takror so‘zlar kabi hodisalar bilan qorishtirib yuboriladi.
Bu terminlarning har biri o‘z xususiyatiga ega. Ular tilshunoslikdagi bir xil hodisalarning turli atamalari
emas. Nutqiy ortiqchalik pleonazm shaklida bo‘lishi mumkin. Pleonazm ko‘p hollarda teng ma’noli (bir xil
ma’noli) elementlarning “ortiqcha” qo‘llanishidan hosil bo‘ladi.
2
Tilshunoslikda “pleonasm” termini turlicha
talqin qilinadi. Ba’zi tilshunoslar bu terminning lug‘aviy ma’nosidan kelib chiqib har qanday “ortiqchalik”,
ya’ni “pleonasm – til vositalarini ortiqcha qo‘llashdir”, deb qaraydilar. “Pleonazm” atamasi qadimgi uslub
va grammatikadan kelib chiqqan. Qadimgi mualliflar pleonazmga turlicha baho berishgan. Kvintilian,
Donatus, Diomedes pleonazmni nutqning keraksiz so‘zlar bilan ortiqcha yuklanishi, shuning uchun stilistik
nuqson sifatida belgilaydilar. Aksincha, Galikarnaslik Dionitsiy bu tushunchani nutqni bir qarashda ortiqcha
bo‘lgan so‘zlar bilan boyitish deb ta’riflaydi. Ba’zi turkologlar tilshunoslikning u yoki bu sohasini o‘rganishga
bag‘ishlagan ishlarida (N. K. Dmitriyev
Do'stlaringiz bilan baham: |