«воспитание нового поколения в эпоху глобального преобразования: вызовы и перспективы»



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/330
Sana01.07.2022
Hajmi2,6 Mb.
#722881
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   330
Bog'liq
Сборник Воспитание

Литература:
1. Алферова Н.Г. Инновационные методы обучения иностранному языку в неязыковом вузе // 
Образование, инновации, исследования как ресурс развития сообщества: материалы Междунар. науч.-
практ. конф. (Чебоксары, 18 дек. 2017 г.). 
2. Палагутина М.А., Серповская И.С. Инновационные технологии обучения иностранным языкам // 
Проблемы и перспективы развития образования: материалы Междунар. науч. конф. (г. Пермь, апрель 
2011 г.).
3. Постановление Президента РУз Шавката Мирзиёева «О мерах по дальнейшему развитию системы 
высшего образования» от 20 апреля 2017 года.
 


232 •
1 APRIL 2022

ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
• 233
CHET TILLARINI O‘QITISHDA YANGI TENDENSIYALAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
D. Ahmedov 
Namangan davlat universiteti pedagogika
-
psixologiya fakulteti 
Defektologiya (logopediya) yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya
.
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda har bir jamiyat o‘zaro aloqa va fikr 
almashishga muhtoj sanaladi. Bu aloqalar esa bevosita ma’lum bir vosita orqali amalga oshiriladi. Bugungi 
kunda xorijiy tillarni o‘rganish tobora keng rivojlanmoqda. Shuning bilan bir qatorda tillarni o‘rganishga 
bo‘lgan ehtiyoj ortidan ma’lum bir muammolar ham kelib chiqmoqda. Bu muammolar til o‘rganishdagi 
samarali va sifatli usullar ishlab chiqishning yetarli emasligidadir.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, tendensiyalar, individual yondashuv, zamonaviy texnologiyalar, interaktivlik.
Ayni tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o‘sib bormoqda. Har bir 
sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan ilm-fanda ham katta o‘zgarishlar, sezilarli yutuqlarga 
erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib 
berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 2012-yil 13-dekabrdagi PQ-1875-sonli qarori qabul 
qilingandan so‘ng mamlakatimizda chet tillarni o‘qitishga, o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. 
Yurtimizda chet tillarining o‘qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Respublikamizda chet 
tilining o‘qitilishi, chet tili o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholashning umumyevropa ramkalari 
tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi.
Chet tili fani to‘rt aspektga (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) bo‘linib, ularning har biri 
bo‘yicha alohida tushuncha va ko‘nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion 
texnologiyalarni olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet 
tilini o‘rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari 
mavjuddir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o‘rganishning har bir aspektida qo‘l keladi. Masalan, 
tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player CD-disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. 
Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o‘quvchilar ham axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanib o‘rgatish va o‘rganish eng samarador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan:
- kompyuterdan foydalanganda o‘quvchi chet tilidagi videoroliklarni namoyishlarni, dialoglarni, kino 
yoki multfilmlarni ham ko‘rishi, ham eshitishi mumkin;
- chet tilidagi radioeshittirishlar va televideniyedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin;
- ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitofon va kassetalardan foydalanish;
- CD-pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini 
o‘rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo‘lishini ta’minlaydi;
Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o‘rganish va o‘qitish 
jarayonida undan unumli foydalanish eng samarali ysullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida 
so‘zlashuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish 
mashqini takomillashtirish mumkin.
Bugungi kunda innovatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda 
mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo‘ladi va 
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi. Chet tili darslarining o‘qitilishida 
turli rolli, harakatli o‘yinlardan foydalanish ham darsga, ham til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortishiga 
sabab bo‘ladi. O‘quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o‘quvchilarning boshqalar 
bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi.
Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o‘quvchilarga yetkazib 
berishda eng muhim vositalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan 
foydalanish ham mumkin.
Chet tilini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so‘zlarni, grammatik 
qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Grafik organayzerlar orqali berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo‘ladi. 2010-yilgacha bo‘lgan 
davrda rus ta’limi modernizatsiya qilish konsepsiyasida maktab ta’limi tizimiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar 
quyidagicha belgilanadi:
“Rivojlanayotgan jamiyat tanlagan vaziyatda mustaqil ravishda ma’suliyatli qarorlar qabul qila oladigan, 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bashorat qiladigan, hamkorlik qilishga qodir bo‘lgan, zamonaviy 



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish