191. Abdulloh b. Muhammad Xarroz q. s.
Uchunchi tabaqadindur. Ran mashoyixining yagonasidur. Kuniyati Abu Muhammaddur. Yillar
Makkada mujovir ekandur. Hazrati Maxdum r. aning vasfida «Haq go‘yandai bebok va g‘olibi
quvvatnok» bitibdurlar. Shayx Abu Imron Kabir bila suhbat tutubdur. Va Shayx Abu Hafs Haddodni
ko‘rubdur. Va Boyazidning ashobi ani buzurg tutarlar ermish. Uch yuz yigirmadin burunroq olamdin
o‘tubdur. Ul debdurki, [ochlik – zohidlar taomi, zikr – oriflar taomi]
1
. Va ham ul debdurki, [qalbni
Allohu Taolodan boshqa narsaga iltifotdan saqlash Allohu Taologa yuzlanish alomatlaridandir]
2
. Va
ham ul debdurki, [Zohirda odamlar, botinda hur kishilar kabi bo‘lmoq saxiy, jo‘mardlar axloqidindir]
3
.
Yusuf b. Husayn Roziy q. s. debdurki, men Abdullohdek ko‘rmaydurmen va Abdulloh ham o‘zidek
ko‘rmaydur.
192. Bunon b. Muhammad Hammol q. t. s.
Uchunchi tabaqadindur. Vositiyulasldur va Misrda sokin erkandur. Va anda dunyodin o‘tubdur, uch
yuz yigirma yettida Ramazon oyida. [U haqni so‘zlovchilardan„ shariat amriga undovchylardan edi.
Mashhur maqomotlari va karomotlari bor]
1
. Junayd q. s. va ul asrning mashoyixi bila suhbat tutubdur
va Abulhusayn Nuriyning ustbdlaridindur. Shayx ul-islom debdurki, ul hammol emas erdikim, imom
erdi. Bir qatla ihtisob qilib erdi. Ani bog‘lab kishi yeguchi arslon ilayiga soldi-lar. Arslon oni islab,
yalar erdi Chiqarg‘ondin so‘ngra so‘rdilarkim, arslon seni yalaydurgonda xayolingg‘a ne kechadur
erdi? Dedikim, xilofikim, ulamo sibo’ning og‘zin suyida qilibdurlar. Andin so‘rdilar ulug‘roqholdinki,
sufiylarg‘a voqe’ bo‘lur. Dedikim, [Allohu taolo kafil bo‘lgan narsalarga orqa qilish, amrlarini ado
etish, sirni saqlash. Haqqa ergashib, ikki dunyodan xalos bo‘lish]
2
. Uldebdurki, muddate yemakka
g‘izo topmadim. Ishim suubatqa yetkanda, boradurg‘onda bir parcha oltun tushub yotur erdi. Olay
dedim, olmadimki, luqtadur. Yana yodima ul hadis keldikim, Hazrati Risolat s. a. v. buyurubdurkim,
[agar dunyo faqat qondan iborat bo‘lsa ham. musulmonning ozuqasi halol bo‘ladi]
3
. Pas, ani oldim va
og‘zim qirog‘ida asradim. Ko‘rdumkim, jamoati go‘daklar o‘lturubdurlar. Va biri biyikroq yerda
o‘lturub, tasavvufdin so‘z aytadur. Turdumki, eshitaykim, ne deydur? Ham ul dam biri so‘rdikim,
[banda qachon sidq halovatiga erishadi?]
4
Ul dedi, [og‘zidagi parchani chiqarib tashlaganda]
5
. Filhol
og‘zimdagini chiqardim va tashladim.
Ul debdurki, Makkada sokin erdim. Ibrohim Havvosni tavofda ko‘rar edim. Andin ko‘nglumg‘a
shukuhe yuzlanur erdi. Bir qatla andoq voqe’ bo‘ldikim, ochliq za’ifidin yiqilib hushum zoyil bo‘ldi.
Ko‘rdumkim, Ibrohim Xavvos boshimg‘a keldi va dedi: hech nima yermusen? Dedim: kechdur va
oqshom yaqindur. Dedi: yaxshi qilursiz ey mubtadiylar, bu tariqda ustuvor bo‘lung, to faloh topqaysiz.
Xufton qilg‘ondin so‘ngra keldi va taom kelturdi va dedi: yegil! Ko‘broq voqe’ bo‘lg‘ondur! Ul sahar
uyqug‘a qolib, namoz ham favt bo‘ldi va ham o‘y tavofi. Rasul s. a. v. ni tushda ko‘rdumki dedi:
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
[kimki hirs, ochko‘zlik bilan ovqatlansa, Allohu taolo uning qalb ko‘zini yopib qo‘yadi]
6
. Uyg‘onib
ahd qildimki, hargiz to‘yguncha nima yemagaymen. Ahmad Masruk debdurkim, Bunon Hammol ba’zi
ashobini tilab, znyofat qilibdur, bu baytni o‘qubdurki,
Do'stlaringiz bilan baham: |