Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

 181. Abulabbos Surayj q. t. s.
 
Oti Ahmad b. Imron b. Surayjdur. Uch yuz beshda; dunyodin o‘tti. Ani kichik Shofe’iy derlar erdi, 
goyat ulug‘lig‘idin. Bag‘dodda bo‘lo‘r erdi va Junayd bila suhbat tutub erdi furu’ va usulda. Vaqteki 
so‘z aytsa-erdi, majlis ahlig‘a aning kalomidin taassub bo‘lur erdi. Ul bu holni der erdikim, Abulqosim 
Junayd h. s. suhbati barakotidindur. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, andin burunki, Shayx 
Abulabbos Suranj Sherozg‘a kelgay, ilm ashobi Sufiyani juhhol xayol qilurlar erdi. Ulkim, Sherozg‘a 
keldi va alarning marta bayu maqomin bayon qildi va alar tili bila so‘z aytti va alarning fazlig‘a 
guvohlig‘ berdi va borlar ulamo majlisida dedikim, «valloh, biz odame bo‘lmaduq va adab 
o‘rganmaduk, to alar suhbatig‘a yetmaduk». Andin so‘ng ulamo alarni tanidilar va ulug‘ tuttilar. 
 182. Abulabbos Hamza b. Muhammad q. s.


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
50
 
Hirot mashoyixining mutaqaddimlaridindur. Vara’da komil va mustajobud da’va erdi va azim saxovati 
bor erdi. Imom Ahmad HanbAliing rafiqi erdi. Oning mazhabin Hirotg‘a ul kelturdi va Ibrohim 
Sitanbah bila suhbat tutub erdi. Ul debdurki, har kishinikim, mashoyix va avliyo suhbati pokiza 
qilmag‘ay, hech pand. bila pokiza bo‘lmag‘an. Ikki yuz qirq birda dunyodin o‘tdi. 
 183. Husayn b. Mansur Halloj q. s.
 
Uchunchi tabaqadindur. Kuniyati Abulg‘atys. Forsning Bayzosidindur. Avval Halloj emas erdi. Bir 
halloj do‘konida erdikim, oning do‘sti erdi. Oni bir ishga yibordi. Ko‘ngliga o‘ttiki, onyng ro‘zgorin 
zoyo’ qildim. Barmog‘i bila ishorat qildi. Momug‘ chigitdin ayrildi. Onga bu jihatdin Halloj ot 
qo‘ydilar. Vosit va Iroqda bo‘lur erdi va Junayd va Nuriy bila suhbat tutubdur. Abu Amr Usmon 
Makkiyning shogirdydur. Mashoyix oning ishida muxtalifdurlar. Ko‘pragi oni rad qilibdurlar necha 
tandin boshqa. Shayx Abulabbos Ato va Shayx Shibliy va Shayx Abu Abdulloh Xafif va Shayx 
Abulqosim Nasrobodiy bila Shayx Abulabbos Surayjkim, aning qatlig‘a rizo bermadilar va fatvo 
bitmadilarkim va dedilarkim, biz bilmasmizkim, ul ne deydurur va «Kashf ul-mahjub» kitobida barcha 
mutaaxxir mashoyix oni qabul qilibdurlar va ba’zi mutaqaddim mashoyixiing hajri dog‘i dinida ta’n 
uchun emaskim, muomalot mahjuri asl mahjuri emas. Mutaaxxirlardin Sultoni tariqat Shayx Abusayid 
Abulxamr q. s. debdurki, ul ulug‘ holdadur va oning zamonida mashriqdin mag‘ribg‘acha oningdek 
yo‘q erdi. Shayx ul-islom q. t. debdurki, men oni begonmasmen. Mashoyix muvofaqatig‘a va shar’u 
ilm rioyatig‘a va rad qilmasmen. Siz dog‘i mundoq qiling va oni mavquf qo‘yung va ul kishinikim, oni 
qabul qilg‘an, ko‘prak sevarman ondinki, ani rad qilg‘ay. Shayx Abu Abdulloh Xafif ani «imomi 
rabboniy» debdur, Shayx ul-islom debdurki, ul imomdur, ammo barcha elga dedi va zuafog‘a haml 
qildi va shar’ rioyati qilmady. Ulcha anga voqe bo‘ldi, sabab bu erdi. Oncha da’vo bila bir kecha-
kunduzda ming rak’at namoz qilur erdi. Ul. kechakim, kunduzi maqtul bo‘ldi, besh yuz rak’at namoz 
qilib erdi. Shayx ul-islom debdurki, oni ilxom mas’alasida o‘lturdilar va anga javr edi. Va dedilarki, 
ulcha ul deydur, pang‘ambarliqdur va andoq emas erdi. Shayx Shibliy debdurlar; ulcha ul dedi, men 
ham deyirman. Ammo meni telbalik qutqardi va oni aql giriftor qildi. Ul bir kun Junaydning eshigin 
qoqti. Junayd so‘rdiki, kimsan? Dediki, Xaq! Junayd dedi Haq emassen, ammo haq bilasen! qaysi dor 
yog‘ochini saning bila bog‘lag‘oylar. 
 
Ustod Abu Amr b. Usmon Makkiy juzve tasiif qylib erdi tavhidda, bu toifaning ilmida. Va so‘z daqiq 
erdi va yoshurur erdi. Ul yoshurun olib, oni oshkoro qildi va so‘zning diqqati jihatidin el fahm qilmay 
anga munkir bo‘ldilar va mahjur qildilar. Ul Hallojni qarg‘adikim, «ilohi birovni onga guzorlakim, ilik 
oyog‘in kesgay va ko‘zin o‘yg‘ay va dorg‘a tortqan». Va barcha anga voqe’ bo‘ldi, ustodi duosi bila. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish