724. Hasan Dehlaviy q. t. s.
Laqab va nisbati Najmuddin Hasan b. Alo Sanjariydur. Shayx Nizomuddin Avliyo q. s.ning kotibi va
muridi ermish. Yaxshi axloqu avsof bila ma’ruf va mashhur ermish. Hind sohibi tarixi debdurki,
majolis latofatu zarofatida va aql istiqomati va so‘fiya tariqida qanoat luzumi va e’tiqod pokligi va
tajarrud va tafarrud tavrida va olamda harne kelsa xush bo‘lmoq va xush o‘tkarmoq tariqida andoq
kishi oz ko‘rubmen. Va ham Hind sohibi tarixi debdurki yillar menga Amir Xusrav va Amir Hasan bila
muhabbatu mavaddat erdi. Andoqki, alar mensiz va men alarsiz bo‘lmas erdim va mening vositam bila
alarning orasida andoq do‘stluq istehkom topib erdiki bir-birining uylarida taraddud qilurlar erdi va
hamul debdurki, Amir Hasanning kamoli e’tiqodiki, Hazrat Shayx Nizomudding‘a bor erdi. Majolisda
alarning muborak anfosidin har nimakim eshitib erdi bitib erdi va ul necha mujallad bo‘lub erdi va
anga «Favoyid ul-favoyid» ot qo‘yub erdi va bu ro‘zgorda bu diyorda, ya’ni Hindda suluk va tariqat
arbobiga dastur bo‘lubdur.
Va anga mundin boshqa devon va masnaviy bordur va bu ruboiy aning nazmidindur.
R u b o i y:
[G‘amgin dilginam bor, kechirginu qilmishimdan so‘rama, panada yuz xil voqealar bor, kechirginu
so‘rama! Agar amalimdan so‘rasang, sharmanda bo‘laman, ey akramul akramin, kechirginu so‘rama!]
1
.
725. Shayx Kamol Xo‘jandiy q. r.
Bag‘oyat buzurg ermishlar. Alarning ishtig‘oli she’rg‘a va aning nozukluklarig‘a va o‘z hollarining
satru talbisi uchun erdi erkin. Andoqki, o‘zlari debdurlarki,
b a y t:
[Mening she’rimdagi bu takalluflarim, ey Humayrom, menla so‘zlashgin, deganimdadir]
1
.
Alad-davom riyozat va mujohidotqa mashg‘ul ermishlar. Xoja Ubaydulloh q. s. debdurki, necha vaqt
Shosh degan yerda bo‘lur ermishlarki, alarning otalari anda sokin ermish va ul ayyomda hayvoniy
yemas ermishlar. Alarning otasi iltimos qilmish bo‘lg‘ayki, taomeki, hayvoniyg‘a doxil bo‘lg‘oy. Alar
mayl qilg‘aylar. Shayx tiybat vajhi bila demish bo‘lg‘aylarki, agar o‘yungnn o‘lturub, nima
pishurursen, mayl qilurbiz va Xojaning otasining bir yaxshi o‘yi bor ermish. Alar ul-o‘yin shayxdin
bexabar o‘lturubdurlar va taomni tartib qilibdurlar. Shayx mayl qilibdurlar, Tabrizda ul zoviyadaki,
sokin ermishlar, xilvate ermishki, kecha onda bo‘lur ermishlarki, o‘zlaridin o‘zga kishi anda yetmas
emish. Shayxning vafotidin so‘ngra ul hazratniki ko‘rubdurlar, bir buryodin o‘zgaki, anda o‘lturur
ermish, bir toshdin o‘zgaki boshi ostida yastar ermishlar nima topmaydurlar. Derlarki, ul vaqtki
saroyda bo‘lur ermishlar mavzi’i ermishki, suv tug‘yoni chog‘da ul yerda ko‘p xaroblig‘ qilur ermish.
Ul qissani Shayxqa aytibdurlar. Shayx debdurki, bizning chodirni ul yerda tiking! Chun shayx
buyurg‘ondek qilibdurlar. Yana anda suv xaroblig‘ qilmaydur. Vafoti sakkiz yuz uchda bo‘lubdur va
qabri Tabrizdadur va lavhida bu baytni o‘z she’ridin bitibdurlarki,
b a y t:
[Kamol, Ka’badan kechib yor eshigiga ketding, ming ofarin, mardona ketding!]
2
.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |