Kalit so’z:
Faroxin qishlog‘i, “Xatirchi”, “Singan setor”, “Ko‘ksaroy”,
Langar sharsharasi, go’sha.
LANKAR KURGANI PILGRIMAGE PLACE
Bobomirzayeva Muqaddas
Langar fortress of Khatirchi district of Navoi region
"Propagandist" teacher at 58th school
Annotation:
This article contains information about the history of Khatirchi
district of Navoi region and the Langar fortress located in this district. Langar
Fortress is distinguished by its pristine nature and wonderful places to travel.
Keywords:
Farokhin village, “Khatirchi”, “Singan setor”, “Koksaroy”,
Langar waterfall, corner.
Tumanimiz markazi Iskandar Zulqarnayn zamonida Parakent (grekcha-
turkcha yon, chet qishloq, ya’ni daryo yonidagi), arablar istilosi davriga kelib
Farangkent ( chunki arabchada “p” harfi, tovushi ishlatilmaydi), Sohibqiron Amir
Temur hukmronligi davridan XVII asrgacha Faroxin qishlog‘i, qa’lasi deb
yuritilgan.
Tuman markazida yashab o‘tgan, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida faol
ishtirok etgan shaxslardan biri, rahmatli Mirzaazim Abdiqodirovning shaxsiy
arxividan chiqqan bir hujjatda Xatirchining nomlanishi 1677 milodiy yildan
boshlanadi deyiladi.
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI
27.9.2021
www.academics.uz
23
“Xatirchi” atamasining biz o‘rgangan, izlangan tarixiy adabiy-badiiy
manbalarda ilk bor uchrashi, bundan qariyb 30 yil muqaddam, o‘zbek xalqining
iste’dodli shoiri, she’riyat mulkining sultoni bo‘lmish Alisher Navoiydan keyingi
ulug‘ vakili Boborahim Mashrabning 1697-1709 yillar orasida Xatirchida bo‘lishi
va bu yerda “avliyo Gadoiy Selkin ota maqbarasini ziyorat qilishi” tilga olingan.
Tarixnavis adib Mirkarim Osim “Singan setor” qissasida: “...Tuprog‘i kulrang
bo‘lsa ham zamini serunum ekan- dedi tevarak-atrofga, uzoqdagi tog‘larga nazar
tashlab kelayotgan Mashrab- Bilurmisan bo‘l serhosil vodiyning nomini. E. Pirimast
-Sen bilmasang men aytay: Miyonqol! Qovunning shirini, uzumning sarasi shul
vodiyda yetiladur. Qoradaryo bilan Oqdaryo oralig‘idagi bu vodiyning tuprog‘i
uzoqdagi tog‘lar va cho‘llardan uchib kelgan gardlardan hosil bo‘lgan”. Biz bu
so‘zlarga qo‘shimcha qilib, ana shu ikkala daryodan suv ichadigan tevarak-atrofni
ham Miyonqol degan bo‘lardik. Negaki, tarixiy hujjatlarda bunday joylar Miyonqol
deb ko‘p marta qayd etilgan.” Ana shu oraliq nihoyatda obod, sersuv ekinzor bo‘lib,
bu yerda Xatirchi, Payshanba, Qal’ai Dabusiya kabi ko‘pgina qishloq hamda
shaharlar bo‘lgan...”
Shuningdek, Mirkarim Osim yuqorida tilga olingan qissada Boborahim
Mashrab Xatirchida bo‘lib, Qosim Shayx qabrini ko‘rganini aytadi. Qosim Shayx
qabrlari esa Karmanada. Endi xatirchilik Qosim Shayx bisotini o‘qib o‘rganish, u
kishining jasadlari oroyish topgan joyni aniqlashimiz lozim. Hazrati Gadoy Selkin
ota esa axloq va tasavvufni o‘zida mujassamlashtirgan Naqshbandiya tariqatining
asoschisi Shayx Bahovuddin Balogardonning shogirdlari bo‘lganlar. Xatirchining
tarixi esa bevosita ana shu yuqorida nomlari zikr etilgan ulug‘ allomalar , qolaversa
ularga tengdosh, zamondosh bo‘lgan , buyuk davlat arbobi va sarkarda , sohibqiron
Amir Temur va undan keyingi amirliklar, xonliklar bilan bog‘liqdir.
Xo‘sh, “Xatirchi ” atamasining ma’nosi nima ekan ? Yurtboshimiz ulug‘
inson Abdirazzoq xo‘ja ibn Abdivahhob xo‘ja Badr ota tomonidan tijorat ishlari,
savdo-sotiq va bozor munosabatlari qonun-qoidalariga bag‘ishlab hijriy 1277-78
Do'stlaringiz bilan baham: |