83
geometriya, chizmachilikni o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Boshlang‘ich
maktabga politexnik ta’lim elementlarining kiritilib borilishi munosabati bilan
narsalarning katta yoki kichikligi haqidagi bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun maktabgacha yoshdayoq bolalarda katta-kichiklik haqida
tasavvurni tarkib toptirish zarurdir. Masalan, katta guruh uchun miqdorga doir
“Ajoyib qopcha”
o‘yini
Borishi: Bolalar doira bo‘ylab turadilar tarbiyachi har bir bolaga bittadan
qalam berib chiqadi, qalamlar turli uzunliklardagi qalamlar bo‘ladi.
Tarbiyachi
doira o‘rtasida turadi tarbiyachining qo‘lida, “ajoyib qopchada” da turli
uzunlikdagi qalamlar bo‘ladi. Bolalar bittadan kelib qopchadan bitta qalamni
ushlab uning qanday(uzun, kalta) ligini aytishadi.Hamda qo‘lidagi qalam bilan
o‘lchab undan uzun yoki kalta ekanligini aytadi.
Katta-kichiklik haqidagi bilimlar narsalarni bevosita idrok qilish jarayonida
aniqlanadi. Narsalarning katta-kichikligini idrok qilish murakkab jarayon bo‘lib, u
ko‘rish, sezish va harakat analizatorlarining faoliyati asosida amalga oshiriladi.
Katta-kichiklikni idrok qilish u haqidagi so‘zni ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni
narsalarning katta-kichikligi ikki tomonlama: narsalarining idrok qilayotgan
haqiqiy katta-kichikligi va so‘z bilan aytiladigan katta-kichiklikni aytish orqali
baholanadi. Katta-kichikligi turlicha bo‘lgan narsalarni
bolalar ilk yoshligidanoq
ajratib olishi mumkin. Bu yoshdagi bolalar «katta» va «kichik» degan
tushunchalarni o‘zlashtirib oladilar, lekin katta-kichiklikning boshqa belgilarini
hali ajrata olmaydilar. «Katta» yoki «kichik» degan umumiy nom ostida
narsalarning eni, uzunligi,
balandligi, qalinligiga tegishli bo‘lgan barcha narsa
tushuniladi. Uch yoshli bolalar o‘qitish ta’sirida narsalarning katta-kichikligi
(bo‘yi, eni va boshqalar) ni, agar narsaning shu belgisi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa,
osongina aniqlaydilar. Ular bir xil narsalar ichidan ularning eng katta yoki eng
kichigini xatosiz topadilar. Ammo bir necha narsani ularning katta-kichikligiga
qarab tartib bilan joylashtirishga, bir necha narsa ichidan
bir xil kattalikdagilarni
topishga ancha qiynaladilar. Uch yoshli bolalarning ko‘pchiligi turli katta-
84
kichiklikdagi narsalardan birinchi safar eng kattasidan boshlab tartib bilan terib
piramida tuza olmaydilar.
To‘rt yoshli bolalar bir necha narsaning katta-kichikligini taqqoslash asosida
«eng katta» (eng uzun), «kichikroq» (ingichkaroq), «juda kichik (eng qisqa) kabi
yangi nomlarini biladilar. Shu bilan birga, narsalarning kattaligini baholashning
nisbiyligi tushuna boshlaydilar: birgina narsa boshqa narsalarga nisbatan ba’zan
katta, ba’zan esa kichik deb aytilishini bola anglaydi. Tarbiyachi stol ustiga lentalar
solingan savatni qo‘yadi. Stol yoniga ikki bolani chaqiradi va o‘zi ushlagan
lentalarning ikkinchi
uchini ushlashni taklif kiladi, bu lentalarni ulchab uzun-
qisqaligini aniqlaydilar. Xuddi shunday qilib, lentalarni ulchash uchun bolalar 7 xil
rangdagi lentalar yordamida 3 kishilik guruhlarga bo‘linadilar va savatchadan lenta
olib o‘zlaridagi lentalar bilan taqqoslab o`lchab ko‘radilar. Qo‘llaridagi lentadan
uzun va kalta lentalarni topishlari kerak. Tarbiyachi eng uzun lentani ko‘taring,
desa, har bir guruh o‘zlaridagi eng uzun lentani, eng kalta lentani ko‘taring, desa,
eng kalta lentalarni ko‘taradilar. Tarbiyachi: “ Bolalar, oldingizdagi lentalarni
olinglar. Bular go‘yoki yo‘l. Qaysi yo‘l uzunroq ekanligini qanday bilsa bo‘ladi?
Lentalarni yonma-yon qo‘yamiz, ularning chapdan oxirini teng qilamiz. Endi qaysi
yul uzunroq, qaysinisi kaltaroq ekanligini ayta olamiz. O‘ng qo‘l bilan
qo‘g‘irchokni olib yo‘llarda sayr qildiramiz. Qaysi yo‘l qisqaroq? Shundan
qo‘g‘irchoqni yurgizing. Qaysi yo‘l uzunroq? Shundan qo‘g‘irchoq yurib o‘tsin”.
Tarbiyachi bolalarning topshiriqni qanday bajarayotganligini
kuzatib turadi va
ulardan so‘raydi: “Bu yo‘l uzunroqmi yoki qisqaroqmi?”
Bu vaqtda shu yoshdagi bolalardama’lum bir narsaga uning o‘lchamini
anglatuvchi so‘zni qo‘shib aytish kuzatiladi.
Masalan, bir sharoitda bola bir necha quti ichidan bittasini eng uzun deb
olsa, boshqa sharoitda ham, quti bu gal boshqalariga qaraganda baland bo‘lsada,
uni «uzun» deb atayveradi. Xuddi shu narsa ancha kattaroq bolalarda ham
kuzatiladi. 5-6 yoshli bolalar katta-kichiklik haqidagi tushuncha (tasavvur) ancha
keng. U faqat ko‘rinib turgan narsalarni emas, balki ko‘rinmaydigan
narsalarni
ham taqqoslay oladilar: «Bizning uyimiz bog‘chamizdan katta, u qavatli”. Biroq bu
85
yoshdagi bolalarda ham o‘ziga xos xususiyat bor. Masalan bolalar bo`yi baland
odam degan gapni tez tushunadilar va nutqlarida ishlatadilar, lekin «Bo‘yi baland
qo‘g‘irchoq» yoki «bo‘yi past ayiq» degan tushunchalarni ishlatmaydilar, bu yerda
ular faqat «katta» va «kichik” so‘zini ishlatadilar. Bolalar «chuqur»,
«yuza»tushunchalarini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Shunday qilib, narsalar
turli o‘lchamlarini ajratishda bolalar qiynaladilar. Bolalar sonlarni taqqoslash
mobaynida katta-kichik haqidagi tushunchalarni oson o‘zlashtiradilar. Katta
maktabgacha yoshdagi bolalar
aniq narsalarni taqqoslab, ularning o‘lchamlarini
ajratishlari mumkin, lekin bu har bir narsaning o‘lchamnni alohida holda ajrata
olmaydilar. Masalan, bolalar narsaning yuqori tekisligini ko‘pincha undan
balandligi deb biladilar, uzunligi o‘rniga esa odatda narsa balandligini yoki uning
enini ko‘rsatadilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar hatto aniq doimiy fazoviy
holatni egallab turadigan narsalarda, masalan, yozuv stolnning o‘lchami (uzunligi,
eni, balandligi) ni aniq ajrata olmaydilar. Bola ko‘pincha bu uchta o‘lcham o‘rniga
narsaning uchta tomonini ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning
narsalarning
katta-kichikligi
haqidagi
tushunchani
o‘zlashtirib olishlari
imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy tekshirishlar natijasida ochib
berish bolalar bog‘chasidagi har bir yosh guruhi uchun dasturda berilgan bo‘lim
bo‘yicha kerak bo‘lgan zarur bilim va malakalar hajmini aniqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: