Mavzu: Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish
REJA:
1.Mustaqil ta’lim turlari
2. DARSLIK (K ITOB) BILAN MUSTAQIL ISHLASH
3. O‘QUVCHILARNING FIZIKADAN UY MUSTAQILISHLARI
4. FIZIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR
Mustaqil ishlarni turlari
O‘quvchilarning mustaqil ishlari deganda o‘qituvchi top- shirig'ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o'quvchilar bajarish- lari tushuniladi. Bu vaqtda o‘qituvchi kuzatib, rahbarlik qilib turadi.
Fizika o‘qitish jarayonida o'quvchilar tomonidan quyi- dagicha mustaqil ishlarni bajarishlari mumkin: o‘quv va ma'lumotnoma adabiyotlar bilan ishlash;
masala yechishda turli ish shakllari;
laboratoriya amaliy ishlar;
qidiruv elementiga ega bo‘lgan frontal tajribalar;
tarqatma materiallar bilan ishlash;
kinematik sxemalar bilan ishlash;
o‘rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash; tajribalarni kuzatish va un- dan xulosalar chiqarish;
asboblar va ko'rgazmalar tayyorlash va hokazo.
DARSLIK (K ITOB) BILAN MUSTAQIL ISHLASH
Darslik o‘quvchilar tomonidan fan asoslarini egallash- laridagi asosiy vositadir.O‘rta maktabda o‘qish davrida o‘quvchilar kitob bilan ishlaganda quyidagi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lib chiqish- lari lozim:
hodisalarning asosiy belgilarini, qonunlarning mohi- yatini ajrata olishlari;
rasm, chizma va grafiklardan foydalana olishlari;
o'qiganlarining rejalarini tuza olishlari;
o‘qiganlarini o‘z tillari bilan mantiqan ketm'a-ket va boshqa materiallar bilan to‘ldirilgan holda bayon qila olish- lari;
mustaqil ravishda formulaning matematik kelib chiqishini tushuna olishlari;
mundarija, nom va ism ko‘rsatkichlaridan foydalana olishlari;
katalog bilan ishlay ohshlari va bibliografiya tuza olishlari lozim
Kitob bilan va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.Birinchi bosqichning vazifasi o‘quvchilarda kitob bilan ishlashning boshlang‘ich ko‘nikma va malakasini hosil qilish- dan iborat. Bunda o‘quvchilarga sodda matnlar berilib. o‘quvchilar uni o‘qib, o‘qituvchi oldindan qo‘ygan savol- larga javob topadilar.
Kitob bilan va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.Birinchi bosqichning vazifasi o‘quvchilarda kitob bilan ishlashning boshlang‘ich ko‘nikma va malakasini hosil qilish- dan iborat. Bunda o‘quvchilarga sodda matnlar berilib. o‘quvchilar uni o‘qib, o‘qituvchi oldindan qo‘ygan savol- larga javob topadilar.
Ikkinchi bosqichda murakkabroq masala qo‘yilib, o‘quv- ‘ chilar oldindan tayyorlab qo‘yilgan, bir turdagi ko‘pgina matnlarga oid bo‘lgan umumlashtiruvchi rejalar asosida matn dagi asosiy fikrlarni ajratadilar. Hodisa, flzik kattalik va qo- nunlarning umumlashgan rejalari quyidagichadir. Fizik hodisani o‘rganish rejasi
Hodisaning belgilari, uning ta'rifi.
Hodisaning sodir bo‘lish va kuzatish sharoiti.
Hodisani hozirgi zamon tasawurlari asosida tushunti- rish.