A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Anaksimandr
A naksim andr -
Falesning shogirdi va ishining davomchisi. U proza 
shaklida yozilgan “Tabiat haqida” nomli ilk falsafiy asar muallifi. Bu 
asam i eram izdan avvalgi VI asrda yozgan, undan ayrim parchalargina 
saqlanib qolgan. Boshqa asarlari: “Yer xaritasi” va “G lobus”.
Fales singari A naksim andr ham amaliy ilmiy tadqiqotlar bilan 
m ashg‘ul b o ia d i; u Q ora dengizda suzuvchi m iletlik dengizchilar 
ehtiyojini hisobga olib, dastlabki geografik xaritani yaratgan deyishadi.
Olim sifatida A naksim andr “gnom on” - Sharqda avval elem entar 
quyosh soatlari deb atalgan narsani kiritdi. Bu gorizontal m aydonda 
q o ‘yilgan belgilar ustida vertikal tarzda turgan sterjen b o ‘lib, vaqt 
soyaning yo‘nalishiga qarab belgilangan. Eng qisqa soya - yozdagi kun 
o ‘rtasida Q uyoshning turish vaqtini bildiradi. Eng uzun soya qishdagi 
kun o ‘rtasida Quyoshning turishiga mos keladi. A naksim andr osmon 
sferasining modelini - globusni yaratgan, geografik xaritani chizgan. 
M atem atika bilan shug‘ullangan, “Geom etriyaning um um iy ocherki”ni 
yaratgan.
B oshqa k o ‘p faylasuflar singari, jam iyat siyosiy hayotida ishtirok 
etgan - A pollonda m ustam lakaga asos solgan. A naksim andr o ‘zining 
prozada bitgan falsafiy mushohadalarini bitta kitobga yiqqan. Teofrast 
zam onida u hali “yonib ketm agan” edi va A naksim andr g'oyalarining 
ayrim fragm entlari saqlangani uchun biz undan qarzdorm iz. U ham 
Falesga o ‘xshab barcha narsalarning bosh!ang‘ichi, birlam chi elementini 
qidirdi. Biroq u xulosaga keldiki, m ateriyaning hech bir konkret shakli 
(m asalan, suv) qidirilayotgan boshlang‘ich elem ent b o ‘la olmaydi, 
chunki, suv yoki nam lik o ‘z holicha qaram a-qarshiliklardan biri b o ‘lib, 
ularning konfliktini tushuntirish lozim b o ‘ladi. A gar o ‘zgarish tu g ‘ilish 
va o ‘lim, o ‘sish va s o ‘lish m avjudligi tufayli ekan, bitta elem entning 
kengayishi boshqasi hisobiga b o ‘lar ekan, unda — agar olam dagi barcha 
narsaning asosini suvda degan fikrdan kelib chiqsak, uning boshqa 
elem entlam i allaqachon yutib yuborm aganini tushunish qiyin.
Shunday 
qilib, 
A naksim andr boshlang‘ich 
elem entni 
ajratib 
b o ‘lm aydi degan xulosaga keldi. U qaram a-qarshiliklardan avvalroq 
keladi, chunki undan barcha m avjudot kelib chiqadi va zaruriy ravishda
40 Copleston F. H istory o f philosophy. V ol.1. —N ew Y ork-1,ondon-Toronto-Sydney-
A uckland, 2003. P.22-23.
77


barchasi unda y o ‘q bo‘lib ketadi. A naksim andr boshlang‘ich elem entga 
(arxe) nom berdi va, Teofrast fikricha, u ilk bor uni moddiy sabab deb 
atadi.
“B u suv emas, qandaydir elem ent deb ataluvchi narsa emas, balki 
ulardan farq qiluvchi cheksizlik b o ‘lib, undan barcha sam olar va ular 
orasidagi dunyolar kelib chiqadi” . B u - apeyron, chegarasiga ega 
boMmagan substansiya. “M angu va azoblanm aydi”, u “barcha dunyolarni 
qamrab oladi”91.
B undan m a’lum bo‘ladiki, A naksim andr barcha m avjudotning 
ibtidosi, boshlang‘ich asosi “arxe” tushunchasini birlamchi asos, 
substansiya 
darajasigacha 
kengaytirdi. 
Bunday 
substansiyani 
A naksim andr apeyron deb atadi. Apevros —“chegarasiz, cheksiz, 
nihoyasiz” 
demakdir. 
B a’zi 
qadimgi 
grek 
olimlari 
apeyronni 
A naksim andr moddiy deb hisoblagan deyishadi, b a’zilari to‘rt elem ent — 
yer, suv, havo, olov aralashmasi deb talqin qilishadi. Aristotel fikricha
Anaksim andr ana shu to ‘rtta stixiyadan qaysidir bittasi cheksiz, 
nihoyasiz b o ‘ lishi mumkin deb hisoblab, qolgan uchtasiga nisbatan uni 
afzal deb bilgan holda apeyron g ‘oyasini ilgari surgan.
Substansial asos sifatida apeyron cheksiz bo'lishi zarur, aks holda u 
turli stixiyalam ing alm ashib turishi asosini tashkil eta olmaydi. T o ‘rtta 
elem ent bir-biriga o ‘tib tursa, unda ular uchun umumiy b o ‘lgan suv ham, 
havo ham, yer ham, olov ham emas narsa bo ‘lishi kerak. Aynan shu 
narsa apeyrondir. U fazoda cheksiz bo ‘libgina qolmay, balki ichki tabiati 
b o ‘yicha ham cheksizdir, y a ’ni noaniqdir. Demak, 
apeyron
- cheksiz, 
chegarasiz, nihoyasiz, noaniq substansial asosdir.
A naksim andrning saqlanib qolgan matnlari bo‘yicha “apeyron -
qarish nim aligini bilm aydi, u o ‘lmas va y o ‘q boMmasdir”9^, abadiy 
faollikda, harakatda. H arakat — apeyronning muhim xossasi.
Anaksim andr kosmogoniyasi.
Apeyron, 
uningcha, 
substansial 
asosgina b o ‘lib qolmasdan, balki K osm osning genetik asosi hamdir. U 
narsalarning asosini tashkil qilibgina qolmay, ulam i yaratadi ham. Bir 
vaqtning o ‘zida borliqda son-sanoqsiz dunyolar mavjud. Ularning hech 
biri m angu emas, lekin mangu harakat tufayli bir vaqtning o ‘zida bu 
dunyolam ing cheksiz to ‘plami mavjud. Bularning barchasiga q o ‘shim cha 
ravishda m angu harakat m avjud b o ‘lib, unda sam olar paydo b o ‘ladi. Bu
91 C opleston F. H istory o f philosophy. Vol. 1. - N e w Y ork-L ondon- foron to -S y d n ey - 
A uckland, 2003. P.24.
92 Д и оген Л аэртский. О ж изни, учени ях и изречениях знам ениты х ф илософ ов. — 
М .: 1979. С .71.
78


m angu 
harakat 
Platonning 
“Tim cyida" 
tasvirlangandek, 
Pifagor 
doktrinasiga m uvofiq, o ‘zi orqali barcha narsalarni o ‘tkazadigan hodisa 
k o ‘rinishida amal qiladi. B undan keyin uyurmali harakat sababli o g ‘irroq 
elem entlar hisoblangan yer va suv uning m arkazida qolishadi, olov 
aylana b o ‘yiab joylashadi, havo esa ular oraligidagi fazoda o ‘rin 
egallaydi. Yer - disk emas, u “kolonna stvoliga o ‘xshash” qisqa silin d r” .
A naksim andr kosm ogoniyasi mifologiyadagi teologiyadan farq 
qiladi. Apeyron barcha narsani o ‘zidan (xudodan em as) keltirib 
chiqaradi. A ylanm a harakatda b o ‘lib, u h o ‘l va quruq, sovuq va issiqni 
ajratib turadi. U larning ju ft kom binatsiyalari yem i (quruq va sovuq), 
suvni (ho‘l va sovuq), havoni (h o ‘l va issiq), olovni (quruq va issiq) hosil 
qiladi. Undan keyin m arkazda eng og‘ir narsa sifatida yer, uning atrofida 
suv, havo va olov ta ’sirida m avjuddir. O sm ondagi havo ta ’sirida suvning 
bir qismi bug‘lanadi va yer qism an okeandan yuqoriga chiqib qoladi. Shu 
tariqa quruqlik paydo bo‘ladi. Osmon sferasi uchta halqaga ajralib 
ketadi, 
ular 
havo 
bilan 
o ‘raladi. 
Bu 
halqalarni 
g'ildirakning 
cham baragiga, jiyagiga o ‘xshatish mum kin (yoki olov bilan to ‘ldirilgan 
shinaga o'xshatsa b o ‘ladi). Quyi jiyakda, hoshiyada к о 'plab teshiklar bor 
b o ‘lib, ular orqali ichidagi olovni k o ‘rish m um kin — bular yulduzlardir. 
0 ‘rta jiyakd a bitta teshik bor - bu Oydir. Yuqori teshikda ham bitta 
teshik bor-u Quyoshdir. Teshiklar to ‘la yoki qism an yopilishi mumkin
uning natijasida Quyosh yoki Oy tutilishi sodir b o ‘ladi. M azkur jiyaklar 
Y er atrofida aylanadi. Ular bilan birga teshiklar ham aylanadi. Yulduzlar, 
Oy va Quyosh harakatini ana shunday tushuntiradi. A naksim andr 
kosm ogoniyasining ijobiy tomonlari nim ada degan savolga quyidagicha 
javob berish mumkin:
1) Kosmos elem entlari, tabiat hosil b o ‘lishida xudolar ishtirok 
etmaydi;
2) unda olam ning hissiy m anzarasidan v o z kechiladi. Olam ning 
ichki mohiyati va uning bizga nam oyon b o ‘lishi farqlanadi. Biz yulduz, 
Oy va Quyoshni k o ‘ratniz, lekin ulam ing hoshiyasi, jiyagini k o ‘ra 
olmaymiz.
H ayotning kelib chiqishini
A naksim andr quyidagicha tushuntiradi: 
tirik m avjudot dengiz va quruqlik orasida osmon olovi ta ’siri ostida 
paydo b o ‘lgan. Dastlabki tirik organizm lar dengizda yashagan. Keyin 
ularning bir qism i quruqlikka chiqishgan. D engiz hayvonidan inson kelib 
chiqqan. Xususan, inson birorta ulkan baliq ichida paydo boMib, u yerda
1,3 Copleslon F. H istory o f philosophy, V o l.l. - N e w Y ork-L ondon-T oronto-Sydney-
A uckland, 2003. P.25.
79


ulg ‘ayganicha yashagan va keyin quruqlikka chiqqan (chaqaloq holida 
chiqqanida yashab keta olmas edi).
D ia lektikv a m aterialistik qarashlari.
A naksim andm ing m aterialistik 
m onizm i qadimgi greklam ing o ‘zini lol qoldirgan. Plutarx ta ’kidlashicha, 
A naksim andr aytadiki, apeyron - tug‘ilish va o ‘lishning yagona sababi. 
Xristian teologi Avgustin fikricha, A naksim andr “ ilohiy aqlga hech 
qanday o ‘rin qoldirm adi”. Dialektik ta ’limoti apeyronning abadiy 
harakati, undan qaram a-qarshi kuchlarning ajralib chiqishi (issiq-sovuq, 
h o ‘l-quruq), to ‘rtta stixiyaning ulardan hosil boMishi, tirik tabiatning 
notirik tabiatdan kelib chiqishi to ‘g ‘risidagi evolyutsion qarashlarida o 'z
ifodasini topgan.
Esxatologiya
(esxatos - chekkadagisi, oxiri) — dunyoning oxiri 
to ‘g‘risidagi ta ’limot. A naksim andm ing saqlanib qolgan fragm entida 
aytilishicha, barcha narsalam ing tug‘ilishi nim adan bo‘lsa, y o ‘qolishi 
ham zaruriy ravishda shunga borib taqaladi. Adolatsizlik uchun narsalar 
bir-biridan vaqt belgilagan tartib b o ‘yicha qasos oladilar.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish