Fuqaro muhofazasi tadbirlarini moddiy ta’minlashda
ko’chma tizimlarni ahamiyati, tadbirlarni texnik
ta’minlashni tashkil etish va amalga oshirish
FM MTT ko’chma tizimlar orqali ham tashkil qilinadi:
1. Ovqatlantirish ko’chma punkti (OKP) (25 kishi) 10 soat ish
mobaynida 1200 kishiga yetadigan ovqat tayyorlay olish va tarqatish
165
imkoniyatiga ega. OKP har qaysisi 7 kishidan iborat bo’lganovqat
pishirish va tarqatish 2 ta zvenosidan va 11 kishidan iborat ta’minlash
zvenosidan iborat. OKP yuk mashinasi, tirkama o’choq komplekti,
gavtosisterna bilan ta’minlanadi.
2. Oziq-ovqat ta’minoti ko’chma punkti (OOTKP). (10 soat
davomida 5000 ta quruq payok butlaydi va tarqatadi). OOTKP
tarkibi har qaysisi 5 kishidan (zveno komandiri – dozimetrchi,
qadoqlovchi-taratuvchisi-3 kishi, transport haydovchi) iborat 2
ta zveno, omborchi va punkt boshlig’i bo’ladi.
3. Buyuk ta’minoti ko’chma punkti (BTKP). Uning tarkibida har
qaysisi 6 kishidan (zveno komandiri – dozimetrchi, payok
tarqatuvchi 4 kishi, haydovchi) iborat 2 ta ta’minlash zvenosi,
omborchi va punkt boshlig’i bo’ladi. Texnikasi bortli 2 ta yuk
mashinasidan iborat. Punkt tarkibi jami 14 kishi. Punkt 10 soat
ish mobaynida birinchi tibbiy yordam otryadiga (BTYoO),
sanitariya-yuvish punktlariga (SYuP) 1500 tagacha almashtirib
kiyiladigan kiyimlar, ich kiyim va poyabzallar keltirishi va
tarqatishi imkoniyatiga ega.
4. Avtoyonilg’i qo’yish ko’chma shaxobchasi (AYoQSh).
AYoQSh tarkibida 2 kishidan (zveno komandiri, haydovchi –
yonilg’i qiluvchi) iborat 2 ta YoMM keltiruvchi va quyib
beruvchi zveno, AYoQSh komandiri bo’lib jami 5 kishini tashkil
etadi. Shoxobcha tirkimlari bor 2 ta yonilg’i qo’yish
avtomashinasiga ega. Shaxobcha 10 soat mobaynida 400-500
dona texnikaga yonilg’i quyish imkoniyatiga ega.
166
5. Suv tashish zvenosi (STZ). STZ tarkibi 6 kishi (zveno komandiri
– haydovchi, 5 haydovchi) bo’lib, texnikasi 6 ta avtosisterna yoki
bochkalari bor 6 ta yuk mashinasidan iborat. Zveno 10 soat ish
mobaynida 75 ming metr litr suv olib kelish imkoniyatiga ega.
Tinchlik davrida viloyat, shahar, tuman FM boshliqlari texnik
xizmat bilan birgalikda
- texnik ta’minot tashkil etilishni rejalashtiradi, ta’mirlash bazasi
imkoniyatlarini o’rganadi;
- vazifalarni hal etishga jalb qilingan mashinalarni soni, texnik
ahvoliga aniqlik kiritadi;
- texnik xizmat tuzilmalari shaxsiy tarkibini butlaydi va ularni
moddiy vositalar bilan ta’minlaydi;
- zaxira qismlar, ta’mirlash materiallari to’planishini ta’minlaydi
hamda ularni hamda ularni ta’mirlash va evakuasiya vositalari o’rtasida
taqsimlaydi;
- kuch va vositalarni shikastlangan mashinalar to’planadigan
punktlarga taqsimlaydi, bundan punktlar yo’lga qo’yiladigan joylarni
belgilaydi, zaxira qismlar yetkazib keltirishni va ularni berish tartibini
aniqlaydi;
- ta’mirlash korxonalari barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini
ishlab chiqadi va o’tkazadi.
FV xavfi tug’ilganda FM texnik xizmati rejaga va muhofaza
muassasalari boshliqlari ko’rsatmasiga ko’ra ta’mirlash vositalarini shaylik
rejimiga, qutqarish ishlari o’tkaziladigan zonalarda texnik ta’minotni shay
holga keltiradi.
167
Buzuq mashinlar ta’mirlash – qayta tiklash ko’chma guruhlari
(TQTG) tomonidan shikastlangan mashinalar to’planadigan punktlarda
(ShMTP) yoki ta’mirlash korxonalarida joriy ta’mirlanadi.
TQTG va evakuasiya guruhi (EG) hamkorlikda ishlaydi va ular bir
joyda yo’lga qo’yiladi. Bunda TQTGni boshlig’i umumiy boshliq
hisoblanadi.
Qutqarish ishlari davomida texnikani ishdan chiqqan joyning o’zida
ta’mirlash-qayta tiklash ko’chma guruhlarning mashina haydovchilari
kuchi bilan ta’mirlanadi.
Shikastlangan joyida qayta tiklash imkoni bo’lmagan texnika
ShMTPga evakuasiya qilinadi.
Texnik xizmat kuchlari va vositalari ta’mirlash zavodlari
ustoxonalari, texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari zaxira qismlari,
ta’mirlash materiallari bazalari, omborlari va FM harbiylashmagan
tuzilmalari hisoblanadi.
Texnik xizmat ta’mirlash bazalarining asosini viloyat, shahar,
tuman hududidagi ta’minlash stansiyalari va texnik xizmat ko’rsatish
korxonalari tashkil etadi.
FM tadbirlarini texnik ta’minlash vazifalarini hal etishga jalb
qilingan ta’mirlash korxonalari o’zini asosiy tashkilotiga qoladi va unga
buysunadi. FM tadbirlarini bajarish davrida ular tegishli texnik xizmat
boshlig’iga operativ ravishda itoat etadi va uning buyruq, ko’rsatmalarini
bajaradi.
Ta’mirlash-qayta tiklash va evakuasiya guruhlari viloyat, tuman
hududdagi vazirlik va idoralarning ta’mirlash muqim korxonalari,
168
avtoxo’jaliklari, texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari, ta’minot bazalari va
boshqa ta’mirlash korxonalari negizida tashkil etiladi.
Bular quyidagilar bo’lishi mumkin:
- o’z asosiy tashkilotdagi avtomobil texnikasini ta’mirlaydigan
TQTKGI. Ularning tarkibi: 14 yoki 21 kishidan iborat shaxsiy tarkib
(ta’mirlovchi mutaxassislar), 2-3 ta ta’mirlash ustoxonasi, 1 ta texnik
nazorat agregati, zaxira qismlar joylashtirilgan 1-2 ta avtomashina, 1
payvandlovchi apparatdan iborat.
- muhandislik texnikasini ta’mirlaydigan TQTKG (zaruratga qarab
tashkil etiladi);
- 12 kishidan iborat shgaxsiy tarkibga ega bo’lgan evakuasiya
guruhlari (EG).
Do'stlaringiz bilan baham: |