Nazorat savol va topshiriqlari:
1.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan boshqarish
maqsadlarini yoriting.
2.
Maktabgacha ta’limi vazirligining tashkiliy tizimi va ish mazmuni nimalardan
iborat?
3.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish faoliyatini yoritib bering.
4.
Maktabgacha ta’limi bo‘limi nazoratchi uslubchisi va unga qo‘yilgan talablar
nimalardan iborat?
5.
Nazoratchiuslubchi faoliyatining mazmuni nimalardan iborat?
6.
Ota-onalar va jamoatchilik bilan ish uslublarini izohlab bering.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.// Barkamol avlod
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.~T., «SHarq», 1997.
2..Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.// Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori. —T., «Sharq», 1997.
3.
Ilk qadam . dastur. —T., 2018.
4.
Maktabgacha
ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari. —T., 2018.
5.Maktabgacha ta’lim tizimiga doir xuquqiy-me’yoriy hujjatlar to‘plami. T., «YUEK.
RKE55», 2009.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1.
Maktabgacha
ta’limi bo‘limi nazoratchi-uslubchisiniig boshqaruv faoliyati qaysi
javobda to‘g‘ri berilgan:
a) maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga uslubiy
yordam ko‘rsatish;
b)
reja asosida tekshiruvlarni o‘tkazish;
v)
alohida mavzular bo‘yicha hamda yalpi tekshiruv o‘tkazish;
g)
axborotlarni to‘plash, tahlil qilish.
2. Maktabgacha ta’lim bo‘yicha nazorat ishlarini tashkil etishning ahamiyati
nimada?
a) maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini
oshiradi;
b)
ta’lim-tarbiya va uslubiy ishlar sifatini oshiradi;
v) maktabgacha
ta’lim
xodimlarining
mutaxassislik
bo‘yicha
malakasini o‘stiradi;
g) smeta bo‘yicha xarajatlarning to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi.
3. Maktabgacha ta’lim bo‘limi nazoratchi-uslubchisining vazifalari nimalardan
iborat?
a) maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatining barcha yo‘nalishlarini nazorat
etish, rahbarlik qilish, kadrlar bilan ta’minlash, uslubiy yordam ko‘rsatish;
b) metodik
birlashma
ishiga
rahbarlik
qilish,
Pedagogik
kengashni o‘tkazish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash;
v) ochiq
tadbirlar
o‘tkazishni
tashkil
etish,
homiy
tashki
lotlar bilan ishlash, maktabga rahbarlik qilish;
g)
mudira va uslubchilar ish faoliyatini nazorat qilish.
4. Xalq ta’limi nazoratchi-uslubchisining asosiy ish faoliyati bu
a) qaramog‘idagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat
qilish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
b) boshqaruv,
nazorat,
ta’lim-tarbiya
ishlariga
rahbarlik
qilish, kadrlarni tanlash;
v) kadrlarni
to‘g‘ri
tanlash,
ularning
faoliyatini
nazorat
qilish;
g) ta’lim-tarbiya
ishlariga
rahbarlik
qilish,
ota-onalar
bilan ishlash.
5. Xalq ta’limi xodimlari asosiy vazifalarining malaka tavsiflari qaysi vazirlik
tomonidan tasdiqlanadi?
a) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
s) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
d) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Do'stlaringiz bilan baham: |