7- MODUL : MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA RAHBARLIK QILISH.
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarda maktabgacha ta’lim
muassasalariga rahbarlik
qilish to‘g‘risida bilimlar hosil qilish.
Tayanch iboralar: Tipovoy shtat — namunaviy ish joyi, Pedagogik bilimlar bola
tarbiyasiga oid bilimlar.Nazoratchi — nazoratchiuslubchi. Operativ — muayyan
vazifalarni tez va izchil amalga oshirilishi.Ob’ektiv ~ xolis, xolisona.Ota-onalar qo‘mitasi
— maktabgacha ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida tashkil etiladigan organ.
Asosiy savollar:
1.
Maktabgacha ta’limga rahbarlik.
2.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni.
3.
Ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta’lim tizimini boshqarish.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va
Toshkent shahar Xalq ta’limi
boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari
maktabgacha ta’limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar Xalq
ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)
hokimliklariga bo‘ysunadi.
Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi boshqarmasi turli shakldagi maktabgacha ta’lim
muassasalari tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirish ishlarini boshqaradi. U
maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
yangi
muassasalarni qurish, mablag‘ bilan ta’minlash, kadrlar tanlash ishlariga ko‘maklashadi,
kadrlarni tayerlash va malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, uslubiy qo‘llanmalar va
ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlaydi, idoralar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar faoliyatini
muvofikdashtiradi.
Kengash tarkibiga homiylik qiluvchi muassasalarning xodimlari,
ota-onalar, o‘rta maktab,
maktabgacha ta’lim, tibbiy yordam, mahalla qo‘mitasi vakillari kiritiladi. Maktabgacha ta’lim
mudirasi tegishli tuman maktabgacha ta’limi bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladi.
Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari — maktab,
maktabgacha ta’lim
va maktabdan tashqari, maktab internatlar, akademik litsey va kollejlarga
rahbarlik qiluvchi yuqori organlar hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari
quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:
—maktabgacha ta’lim;
Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarga umumiy rahbarlik vazir
tomonidan amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha rahbarlik vazir o‘rinbosarlari, boshqarma
va bo‘lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limi vazirligining
maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi zimmasiga mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini
rivojlantirish, muassasalar faoliyatiga rahbarlik qilish va uni nazorat etish vazifasi yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Maktabgacha
ta’limi vazirligi faoliyatiga ko‘maklashadi va ish rejalarini tasdiqlaydi. Vazirlik «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy hujjatlarga tayangan
holda faoliyat yuritib, maktabgacha ta’lim, umumiy, o‘rta maxsus va malaka oshirish institutlari
tizimini takomillashtirish, respublikada pedagogika fanini taraqqiy ettirish
ishlariga rahbarlik
qiladi.
Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
— umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqning ko‘p asrlik ilmiy va madaniy an’analarini,
jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda, respublikaning intellektual va ilmiy
imkoniyatini rivojlantirish, o‘zining jamiyat, oila va davlat oldidagi mas’uliyatini anglaydigan,
har tomonlama etuk, erkin shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim sohasida davlat siyosatini
amalga oshirish;
—ta’lim
strategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlanish istiqbolini belgilash va rejalashtirish,
ta’lim tizimining xalq xo‘jaligi boshqa sohalari bilan o‘zaro munosabati tartibini
takomillashtirish;
—ta’lim mazmunini muntazam yangilab turish hamda ta’limning jahon andozalariga, aholining
milliy, yosh va boshqa guruhlari ehtiyojlariga javob beradigan yangi mazmuni ishlab chiqilishini
ta’minlash;
—kasb ta’limi olish va yangi„ijtimoiyiqtisodiy sharoitlardagi faoliyatga tayyorlanish uchun
yoshlarning umumiy o‘rta va bazaviy ta’limi konsepsiyasini shakllantirish va ro‘yobga
chiqarish;
bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish, chora-tadbirlari
kompleksini
ishlab chiqish va amalga oshirish;
— O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ta’lim ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash va
ulardan foydalanishni takomillashtirish, ta’lim sohasi xodimining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini
ko‘tarishni amalga oshirish sohasilagi kadrlar siyosatini ro‘yobga chiqarish;
—o‘quv- tarbiya jarayoni sifatiga davlat bahosini berish, davlat tasarrufida bo‘lgan va davlatga qarashli
bo‘lmagan ta’lim muassasalarida ishchilar va mutaxassislar tayyorlash;
—ta’limning moddiy negizini rivojlantirish va texnika bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy ta’limni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli
buyumlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarini belgilash;
—ta’lim masalalarida xalqaro, davlatlararo darajalarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini
belgilangan tartibda ifodalash;
—ta’lim muassasalarida, ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy
ishlarni muvofiqlashtirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgaliqda ta’lim sifatini
oshirish, bolalar va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish.