O’zbekiston suv havzalaridagi baliq xo’jaligi va ularning iqtisodiy ahamiyati


-rasm. Osyotrsimonlar (Asipenseriformes)



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana28.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#716861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Normurodova D pdf (1)

2.1.1-rasm. Osyotrsimonlar (Asipenseriformes
Ko'pchilik turlari akulalarga o'xshash duksimon shaklida bo'ladi. 
Osyotrsimonlarning rostrumi bor, shu sababli ularning og'iz teshigi boshining pastki 
tomonida ko'ndalangiga joylashgan. Dum suzgich qanoti bir xil emas, yuqorigi 
pallasi keng va katta, ya’ni geteroserkal tipda. Juft suzgich qanotlari gorizontal holda 
turadi. Tangachalari o'ziga xos bo‘lib, katta-katta suyak bo'rtmalardan iborat. Bu 
suyak bo'rtmalar gavdasi bo'ylab besh qator bo'lib o'mashgan. O’q skeletining 
asosini xorda tashkil qiladi va xorda ularda hayoti davomida saqlanib qoladi. 
Umurtqalarining tanasi rivojlanmagan. ammo umurtqalarining ustki va pastki 
tog'ayli ravoqlari bor. Birlamchi bosh skeleti deyarli tog'aydan tuzilgan. lekin miya 


17 
qutisining usti qoplag'ich suyaklardan, ya'ni teri suyaklardan iborat. Jabra apparati 
suyakli jabra qopqog'i bilan yopilgan. Ichagida spiral klapanlari bor. Suzgich. ya'ni 
havo pufagi bo'lib u kanal orqali qizilo'ngach bilan qo'shilgan. Yuragida arterial 
konus saqlangan. Ularda qo'shilish organlari yo'q. Shuning uchun ham olalanish 
tashqi, ikrasi mayda bo'ladi.
Shunday qilib. osyotrsimonlar turkumi vakillari tog'ayli baliqlar bilan suyakli 
baliqlar o'rtasidagi oraliq forma hisoblanadi. Bu baliqlarda ham xuddi tog'ayli 
baliqlamikiga o'xshab rostrumi. ko'ndalang og'iz teshigi. dum suzgich qanotlarining 
bir xil emasligi. juft gorizontal suzgich qanotlarining borligi, ichagida spiral 
klapanlarining va yuragida arterial konusining bo'lishi bilan tog'ayli baliqlarga 
o'xshaydi. Ikkinchi tomondan osyotrsimonlarda suyakli baliqlamikiga o'xshash 
suyak skeletining borligi. Suyakli jabra qopqog'ining bo'lishi. suzgich pufagining 
borligi, mayda va qobiqqa o‘ralmagan ikrasining borligi hamda otalanishining tashqi 
bo'lishi xarakterlidir.
Osyotrsimonlar 
(Acipenseriformes) 
turkumi o‘z navbatida baqralar 
(Acipemeridae) 
va Kurakburunlar 
(Polyodonti) 
oilalariga bo'linadi. Osyotrlar 
oilasining 3 ta urug'i va 25 ta turi bor. Shulardan 13 turi MDH da uchraydi. Tashqi 
ko'rinishiga ko'ra osyotlar akulalarga o'xshab ketadi. Ulaming rostrumi uchli, o'tkir, 
og'zi kichkina, dumga yetgan turlarida tishlari yo'q. Bu oilaga uzunligi 6 metr va 
og'irligi1000 kg gacha keladigan ulkan beluga 
(Huso Imsoin'i 
misol qilib, 
olish mumkin. Bunday bahaybat beluganing har biridan 300 kg qora ikra olinadi. Bu 
oilaga yana uzunligi 3,5 - 4 metrgacha va og'irligi 380 kg gacha keladigan Uzoq 
Sharq kalugasi, uncha katta bo'lmagan sterlyad. Uni (uzunligi 60 sm va og'irligi 2 
kg) kiritish mumkin. Shuningdek, osyotrlar oilasiga uzun qazg'ich burunli sevryuga, 
rus osyotri, keng va yapaloq qazg'ich burunli qilquyruqlar yoki soxta kurakburunlar 
va h.k.lar ham kiradi. Rus osyotri Qora va Kaspiy dengizi havzalarida tarqalgan. 
Sibir osyotri Rossiyaning shimolidagi daryolarida uchraydi. Amur osyotri Amur 
daryosida tarqalgan. Osyotrlarning uzunligi 40 sm dan 1,5 metrgacha. og'irligi esa 
100 kg gacha boradi. Sevryuga MDHda Azov, Qora va Kaspiy dengizlarida 


18 
uchraydi. Tumshug'i juda uzun sterlyad Kaspiy va Qora dengizlari daryolarida 
hamda Shimoliy Muz okeanida tarqalgan.
Yevropa belugasi Kaspiy va Qora dengizlarda. uzoq Sharq belugasi 
(ko'pincha kaluga deb ataladi) esa Amur daryosi havzalarida yashaydi va uning 
og‘irligi 1000 kg dan ortiq bo'lib, 100 yilgacha yashaydi. O'rta Osiyo, shu jumladan 
O'zbekiston suv havzalarida Osyotrlardan Orol baqrasi (ship) Orol dengizi hamda 
Amudaryo va Sirdaryoning quyi va o'rta oqimida yashagan. Uning uzunligi 2 m 
gacha va og'irligi 30 kg gacha borgan. Shuningdek. O'zbekistonda soxta 
kurakburunlaming uchta turi uchraydi. Bu baliqlaming tumshug'I keng bo'lib. 
kuraksimon shaklda. Boshining pastki tomonida katta og'zi joylashgan. Tanasining 
qavariq suyak plastinkalari oralig'ida terisi mayda suyak donachalar bilan qoplangan 
bo'lib, yassi plastinkalari yo’q.
 
Ko'zlari juda kichik. skeleti tog'aydan iborat. Tumshug'ining 4 - 5 ta o'tkir va 
qattiq tikanlari bor. Amudaryo katta soxta kurakburuni 
(Pseiuioscaphirhynchus 
kauf) 
Amudaryoning quyilish joyidan Panj daryosi oralig'ida. Bu baliqlarning 
tumshug'i keng. yapaloq kuraksimon shakld ya'ni orqa tomoni qoramtir rangda dumi 
ipga o'shagan uzun tanasining uchdan bir qismini tashkil qiladi shu o‘xshash 
dumining bo'lishi bilan kichik soxta kurakkurundan 
(Pseiuioscaphirhynchus 
hermanni), 
ya'ni kichik gajakjumdan farq qiladi. Dumi xivchin kabi ingichka va 
uzun bo’lganligi uchun uni qilquyruq ham deb nomlashadi. Tumshug'ining uchida 
5 tagacha o'tkir va qattiq tikanlari bor. Katta yoshdagilarida bir juli o'tkir tikani 
ko'zining oldida va bir jufti ko'zining orqa qismida joylashgan. Bu baliqlar aprel 
oyida tuxum qo'yadi, 7 yoshida voyaga yetadi. Uvildirig'ining soni 2 mingdan 37 
mingtagacha boradi. Chaqaloqlari (lichinkalari) mayda bo'lib, umurtqasizlar bilan, 
kattalari esa baliqlar bilan oziqlanadi. Katta soxta kurakburun ovlanadigan qimmatli 
baliqlardan hisoblanadi. Lekin kam uchraydi.
Kichik soxta kurakburun 
(Pseiuioscaphirhynchus hermanni) 
ni kichik 
Amudaryo gajakdumi (toshbaqra) ham Amudaryoda tarqalgan. Uning uzunligi 27 
sm gacha boradi. Tumshug'i uzun va kambar bo'ladi, tumshug'ida tikanlar soni 2-3 
ta. Dumida xivchini yo'q, dum suzgich qanoti geterotserkal tipda tuzilgan. 


19 
Yelkasidagi cho'girlarining soni 9 - 13 tagacha boradi. ko'zlari kichkina. Ko'krak 
suzgich qanotida teri burmalari bo'lishi bilan ajralib turadi. Bu baliq katta soxta 
kurakburunga nisbatan kam uchraydi. Shuning uchun ham uning ko'payishi va 
rivojlanishi yaxshi o'rganilmagan. Ularning ozig'i suvda vashaydigan umurtqasiz 
hayvonlar hisoblanadi. Sirdaryoda ham kichikroq, ya'ni uzunligi 30 sm gacha 
boradigan Sirdaryo soxta kurakburuni 
(P. fedtschenkoi) 
uchraydi. Bu baliqning 
tumshug'i va boshi ustida tikanlari yo'q.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish