Kassatsiya instansiyasida yuritish bosqichining o‗ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon
bo‗ladi: - kassatsiya instansiyasida ish yuritish – qonuniy kuchga
kirgan sud hujjatlarini
qayta ko‗rib chiqishning sullaridan biri bo‗lib hisoblanad- kassatsiya instansiyasida sudlov
ishlarini yuritish alohida sud bo‗g‗ini - Oliy xo‗jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi -
kassatsiya instansiyasida ish yuritishning protsessual vazifasi sud hujjatlarining qonuniyligini
tekshirish hisoblanadi - kassatsiya instansiyasida ish yuritishning
perdmeti qonuniy kuchga
kirgan sud hujjatlari hisoblanadi. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish deb, birinchi
instansiya
sudi tomonidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarorini
taraflardan birining yoki ishdan manfaatdor bo‗lgan boshqa shaxslarning shikoyatlari asosida
qayta ko‗rilishi tushuniladi.
14) Odil sudlov va sud hokimiyati?
Одил судлов -
Ўзбекистон Республикасида фақат суд томонидан амалга оширилади.
Одил судлов қонунга қатъий риоя қилган ҳолда ва қонунда
белгиланган тартиб
асосида жиноят ва фуқаролик ишларини муҳокама қилиш ва ҳал қилиш борасидаги
суднинг ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолиятидир.
Суд ҳокимияти
- бу судларнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва
қонунлари устуворлиги принципига сўзсиз риоя қилиш
асосида жиноий, фуқаролик,
хўжалик ишларини ва маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишларни кўриш бўйича
ваколатидир. Суд ҳокимияти – давлат фаолиятини, унинг вазифа ва мақсадларини
амалга оширишда ҳокимиятларнинг бўлиниши қоидаси асосида таркиб топувчи ҳамда
алоҳида давлат муассасалари орқали ўз вазифаларини бажарувчи тизим.
15)
Ishni qayta kassatsiya instansiyasida ko‘rish tartibi va subektlari.?
16)Odil sudlovning demokratik asoslarining (tamoyillarining) yuridik mohiyati.?
Odil sudlov prinsiplari — bu sud ishlarini yuritishning eng muhim xususiyatlarini,
xarakterini, mazmun-mohiyatini, tashkil etilishi tartibini belgilovchi huquqiy qoidalar.
Odil sudlov prinsiplari tizimini quyidagi prinsiplar tashkil etadi: qonuniylik; odil sudlovning
faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga
bo'ysunishi; odil sudlovni barcha shaxslarning qonun va sud oldida
tengligi asosida amalga
oshirish; barcha sudlarda ishlarning oshkora ko'rilishi; sud ishlari yuritiladigan til; sud
himoyasida bo'lish huquqini ta‘minlash; aybsizlik prezumpsiyasi;
gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta‘minlash; taraflarning tortishuvi
va teng huquqliligi; odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning ishtiroki.
Одил судлов -
Ўзбекистон Республикасида фақат суд томонидан амалга оширилади.
Одил судлов қонунга қатъий риоя қилган ҳолда ва қонунда белгиланган тартиб
асосида жиноят ва фуқаролик ишларини муҳокама қилиш ва ҳал қилиш борасидаги
суднинг ҳуқуқни муҳофаза қилиш фаолиятидир.
17)Odil sudlov sohasida qonuniylik tamoyili.?
Do'stlaringiz bilan baham: