sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini ta‘minlash ishlarini tashkil etadi.
93. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning tizimi.
Vazirlik adliya organlari va muassasalari faoliyatiga umumiy
rahbarlik qiluvchi va uni
muvofiqlashtiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‗rinlarda Vazirlar
Mahkamasi deb yuritiladi), faoliyatining ayrim masalalari bo‗yicha esa bevosita O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentiga bo‗ysunadi.
Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya
boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‗limlari huquqni
muhofaza qiluvchi organlar
hisoblanadi.
Vazirlik o‗z faoliyatida O‗zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
va qonunlariga,
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Vazirlikning o‗z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‗jalik
boshqaruvi
organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning
mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Vazirlik, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Adliya vazirligi, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga
kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‗zbekiston Respublikasi
Davlat gerbi tasviri tushirilgan
muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‗azna
hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob
raqamlariga egadirlar.
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlik markaziy apparati;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya
boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‗limlari;
Davlat xizmatlari agentligi;
Intellektual mulk agentligi;
Huquqiy siyosat tadqiqot instituti;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;
―Adolat‖ milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi;
―Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
markazi‖ davlat muassasasi;
davlat notarial idoralari va arxivlari;
Yuristlar malakasini oshirish markazi;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
yuridik kollejlari;
Akademik litsey;
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati
organlaridan mustaqildir va
bevosita Vazirlikka bo‗ysunadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: