muhim o ‘rin tutadi. Men — men, sen — sen gaplarida gap b o‘lak (ega-kesim)larini farqlashda va ular orasidagi munosabatni ko'rsatishda ohang hal qiluvchi rol o ‘ynaydi. Halim, ukam o'qishga kirdi va Halim ukam o ‘qishga kirdi gaplarida Halim so'zining (1-gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og‘zaki nutqda ohang orqali bilinib turadi. Gapning sintagmalarga bo'linishi va alctual bo‘linish hodisalarida ohangning roli katta. Aytilganlar asosida nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkin: 1) gap nisbiy tugal fikr anglatadi; 2) gap grammatik shakllangan boladi; 3) tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo'ladi; 4) axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi. Gapda shakl va mazmun munosabati Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat. Gapning lisoniy satlidagi shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakliy va mazmuniy jihatidan farqlanadi. Gapning eng kichik qurilish qolipi [WPra = fikr ifodalovchi eng kichik birlik] lisoniy sathda o ‘rnashgan. Bunda LSQning chap tomoni shakliy va o ‘ng to m o n i mazmuniy jihati. Nutqiy sathda e sa shakliy va mazmuniy jihat lisoniy sathdagidan farqliroq. G apning nutqiy sathdagi shakliy-mazmuniy munosabatini tilshunoslikning mazmuniy sintaksis y o ‘nalishi o ‘rganadi. Mazmuniy sintaksis ma’lum bir sintaktik