Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/87
Sana28.06.2022
Hajmi2,22 Mb.
#716346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

muhim 
bo’lmagan 
qismlar chiqarib tashlanadi.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo’llanila 
boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya, 
fizika, ximiya, biologiya va, nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini 
qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy 
jadval), A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) 
tomonidan ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida 
modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. 
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida 
kuzatish mumkin. Bu tushuncha 
modellashtirish
deyiladi. 
Modellashtirish
deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Ifodalangan 
model yordamida kuzatilayotgan ob’ektni bilish 
modellashtirish
deyiladi. 


10 
Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo‘lish 
mumkin: 
Moddiy
modellar
va 
ideal modellar

Iqtisodiy model-iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda 
modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi 
muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o‘rganilayotgan ob’ektning 
xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va 
eng muxim belgilari aks ettiriladi.
Model iqtisodiy prognozlashni, o‘rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning 
muxim vositasi bo‘lib xisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki 
jarayonni boshlang‘ich o‘rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va 
belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy taxlili, modellashtirish 
natijalarini ob’ekt haqidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni 
korrektirovkalash xamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo‘rishni tashkil 
etadi.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos 
kelishiga bog‘liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin 
bo‘lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks 
ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model 
qo‘yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o‘ta murakkab model esa masalani 
yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Modellashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish 
uchun ob’ekt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so‘ng, 
uning yordamida ob’ekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday 
qilib, ob’ekt to‘g‘risidagi bilish jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi 
Demak, modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik 
darajasiga, 
tadqiqotchining 
malakasiga 
va 
modellashtirish 
jarayoniga, 
aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog‘liq ekan.
Matematik usullar va modellar ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
 
1.
Iqtisodiy-matematik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul 
resurslaridan oqilona foydalaniladi. 
2.
Matematik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda 
yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
3.
Matematik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy 
amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi. 
4.
Iqtisodiy-matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur 
tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham 
ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi 
rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin. 
Iqtisodiy-matematik 
usullar 
va 
modellar 
hisoblash 
ishlarini 
kompyuterlashtirish 
va 
avtomatlashtirish 
bilan 
birga, 
aqliy 
mehnatni 
yengillashtiradi va iqtisodiy soha xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil 
etadi va boshqaradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida prognozlash jarayoniga asoslanadigan asosiy 
tamoyillar ichida quyidagilarni ajratish mumkin:


11 
1) prognozning ilmiy asoslanganligi (tabiat, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini 
hisobga olib ilmiy metodlar yordamida ishlab chiqish); 
2) prognozlashning uzluksizligi (mamlakatda, iqtisodiyotda vaziyatlarning 
o‘zgarishini hisobga olib prognoz doimo to‘g‘rilanib (korrektirovka) turishi kerak;
3) istiqbol va joriy prognozlashning muvofiqligi (prognozlash o‘zaro bog‘liqlikda 
amalga oshiriladi, lekin ustivorlik istiqbol prognozlashga beriladi); 
4) prognozlarning kelishilganligi (ishlab chiqilgan prognoz aralash prognozlar 
bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak);
5) prognozning ko‘p variantliligi, alternativliligi (prognozning bir necha variantlari 
ishlab chiqilishi, vaziyatlarning o‘zgarishi holatlarida boshqa variantlardan 
foydalanish uchun talab etiladi. Odatda prognozni uch varianti mavjud: optimistik, 
pessimistik va realistik; 
6) asosiy omillarni tanlash (prognozlashda hisob-kitoblarga tadqiq etilayotgan 
jarayonga ta’sir etuvchi omillar kiritilgan bo‘lishi kerak). Buning dolzarbligi 
shundaki, iqtisodiy jarayonlarning o‘zi murakkab, ko‘p omilli va hamma 
omillarning ta’sirini hisobga olish qiyin;
7) prognoz ishlab chiqishning tizimliligi (prognozlash jarayonini bir tomondan bir 
butun tizim sifatida, ikkinchi tomondan esa alohida mustaqil bo‘limlardan tarkib 
topgan murakkab tizim sifatida qaralishi);
8) prognozlarning verifikatsiyalanganligi (prognoz bahosi ishonchli va asoslangan 
bo‘lishi kerak); 
9) adekvatlilik (prognoz modelining real hayotga, tendensiyalarga, qonuniyatlarga 
maksimal yaqin bo‘lishi kerak); 
10) rentabellik (ishlab chiqilgan prognozdan samarani ishlab chiqish uchun 
qilingan xarajatlardan yuqori bo‘lishi kerak). 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish