2.3.3.
Aholining oziq-ovqat va nooziq ovqat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini
prognozi
Ijtimoiy turmush tarzini har tomonlama va tubdan prognozlash muammolarini
qamrab olish — umumdavlat turmush darajasini ko‘tarish va ijtimoiy rivojlanish
prognozlari tizimini ishlab chiqish sistemaning ijtimoiy turmush darajasini barcha
rejalashtirilgan jabhalarda ko‘taruvchi kompleks rejalashtirishni ishlab chiqish
bazasidir.
Ijtimoiy rivojlantirishni prognozlash va turmush darajasini ko‘tarish tizimi,
umumiy bog‘lanishi va aqliy ketma-ketlik bo‘yicha prognozlar ishlab chiqishni
ta’minlovchi kompleks ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Ularning eng dolzarblari
quyidagilardir:
- jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va aholi tarkibini xamda sonining dinamikasini
ifodolovchi (xarakterlovchi) ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlar;
- umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar turmush darajasining ko‘tarilishini qiymat
nudtai nazaridan aniqlashga imkon beruvchi iktisodiy sharoit, jon boshiga tug‘ri
keladigan milliy daromad, aholi daromadining strukturasi va dinamikasi,
resurslarning iste’moli va ularning milliy daromaddagi hajmi;
53
- asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli ko‘rsatkichlari: nooziq-ovqat
tovarlari (mollari), axoli jon boshiga sotiladigan tovarlar hajmi, madaniy-maishiy
jixozlar bilan oilaning ta’minlanganligi;
- uy-joy va kommunal qulayliklar bilan ta’minlanganlik, madaniy va maishiy
hizmat ko‘rsatish, bolalar o‘quv-profilaktik, sanatoriya, dam olish maskanlari,
turistik muassasalar ko‘rsatkichlari.
Aholi turmush darajasini va ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirishda bir
kator usullardan foydalaniladi ular kuyidagilardan iborat
: ekspert baxolash usuli
;
iktisodiy taxlil usuli; me’yoriy usul; balans usuli; ekstrapolyatsiya usuli; iktisodiy
matematik modelllashtirish usuli korrelyatsion
-
regression taxlil usuli; eksponensial
tekisshlash va hokazo.
Ijtimoiy rivojlantirish va aholining turmush darajasi prognozlari quyidagilarni
o‘z ichiga oladi: aholining oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat maxsulotlari
iste’mol qilishi, chakana tovar aylanishi; ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining
rivojlanishini prognoz qilish; uy-joy-kommunal xo‘jaligi, aholiga maishiy xizmat
ko‘rsatish, ta’lim, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari; sogliqni
saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport; atrof-muxitni muxofaza
qilish.
Hayot darajasining muxim kursatkichi bulib axolining xarid kobiliyati
xisoblanadi.
Aholining real daromadlari nominal daromadlari summasidan aholi
tomonidan to‘langan soliqlar va boshqa turdagi majburiy to‘lovlarni chiqarib
tashlash yo‘li orqali aniqlanadi. Bunda hisobot yoki prognoz davridagi narx indeksi
hisobga olinadi. Real daromad iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda
ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi, aholi
turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Narx o‘zgarmagan yoki pasaygan sharoitda pul daromadi ko‘paysa, real
daromad ham ko‘payadi. Agar pul daromadi o‘zgarmay turib narx oshsa, real
daromad pasayadi, narx pasaysa, aksincha ortadi. Pul daromadi va narxlar real
daromadga qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir etadi.
Taqsimlashning bozor usuli yuzaga keltirgan daromadlardagi tengsizlikni
garb iqtisodchilari Lorens egri chizig‘i va Djini koeffitsiyenti orqali ifodalashadi.
Lorens egri chizig‘i - bu muayyan hodisaning konsentratsiyalanish darajasini
grafikda ifodalash usulidir. Daromadlar tengsizligi darajasi aks ettiriladi. Buning
uchun har ikkala koordinata o‘qiga 0 dan 100 gacha foiz shkalalari belgilanadi.
Absissa o‘qiga to‘plam birliklari (oila salmog‘i), ordinata o‘qiga esa
o‘rganilayotgan belgi (daromad salmog‘i) joylashtiriladi. Ishlab chiqarishning
sotsial samarasi kishilar farovonligida, ya’ni turmush darajasi va qiymatida
namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, turmush darajasi kishilar ehtiyojlarining qondirilish
me’yori bilan belgilanadi. Uning muhim jihati noz-ne’matlar iste’moli va uning
qiymati hisoblanadi. Jini koeffitsiyenti yalpi daromadning axoli guruxlari urtasida
tabakalanishini tavsiflash uchun axoli daromadlari tengsizligi indeksi – Jini
koeffitsiyentidan fydalaniladi. Jini koeffitsiyenti axolining turli guruxlari
54
daromadlari darajasidagi tafovutni aks ettiradi. Bu kursatkich 0 dan 1 gacha
chegarada uzgaradi.
F
i
, F
i-1
—
dolya naseleniya v intervale;
S
i
,
S
i-1
— dolya summarnogo doxoda, prixodyaщayasya na nachalo i konets
i
-
go intervala.
Do'stlaringiz bilan baham: |