Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/70
Sana28.06.2022
Hajmi2,35 Mb.
#715648
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
fitopreparatlar texnologiyasi 2

 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17-ma‟ruza 
Mavzu: 
Kumarinlar kimyosi va texnologiyasi. 
Reja:
1. Kumarinlar ta‘rifi. 
2. Kumarinlar tasnifi. 
3. Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari. 
4. Kumarinlarning tibbiyotda ishlatilishi. 
5. Psoralen, furalen olish texnologiyalari. 
Tarkibida kumarinlar va ularning unumlari
bo‘lgan dorivor o‘simliklar 
Kumarin (sis-orto-oksidolchin) kislotaning unumlari bo‗lgan o‗simliklardan 
olinadigan laktonlar kumarinlar deb ataladi. Sis-orto-oksidolchin kislota va uning 
unumlari tabiatda deyarli sof holda uchramaydi. Bu kislotalar o‗zidan bir molekula suv 
ajratib, tezda tegishli laktonlarga aylanadi. SHuning uchun kumarinlar benzo –b-piron 
unumi deb ham qaraladi. Kumarinning o‗zi sis-orto- oksidolchin kislotaning laktonidir. 
snqsn-soon 
 
 
0

on 
d
-piron Kumarin (sis-orto- Kumarin
4 3 
1 2
6 5 
7 8


-oksidolchin) kislota
benza-
d
-piron 
Kumarinlarning boshlan\ich birikmasi – kumarin birinchi marta 1820 yilda Fogel 
tomonidan 
Dipteryx odorata Willd. (Coumarouna odorata
, dukkakdoshlar oilasiga 
kiradi) o‗simligining mevasidan ajratib olingan. 
O‗simlikning tarkibida kumarinning odatdagi oksi- va– metoksi unumlaridan 
tashqari, ularning furan unumlari bo‗lgan furokumarinlar ham ko‗p uchraydi. 
Furokumarinlar molekulasidagi, furan halqasi kumarinning 6- va 7- (psoralen tip) yoki 
7 va 8- nomerli (angelitsin tipi) uglerod atomlari bilan birlashishi mumkin. 
Kumarinlar tasnifi (klassifikatsiyasi) 
Hozirgacha ma‘lum bo‗lgan kumarinlar o‗zining kimyoviy tuzilishiga qarab 
quyidagi 7 guruhga bo‗linadi. 
1.
Kumarin va uning oddiy unumlari (degidrokumarin, kumarin glikozidlari). 
2.
Oksi-, metoksi- va metilendioksikumarinlar. Bu kumarinlarning benzol yoki b-
piron halqalarida turli guruhlar (-ON,-OSN
3
va boshqalar) bo‗ladi. Mana shu 
turli guruhlar qaysi halqada joylanishiga qarab bu guruh yana o‗z navbatida 
mayda guruhchalarga bo‗linadi. 
3.
Furokumarinlar yoki kumaron b-pironlar. Firokumarinlar o‗z molekulasidagi 
furan halqasining joylashishiga qarab psoralen (2
1
, 3
1
,6,7-furokumarinlar) va 
angelitsin (2
1
,3
1
,7,8-furokumarinlar) unumlariga bo‗linadi. 
4.
Piron-kumarinlar yoki xromen- b-pironlar. Bu guruhga kumarin bilan turli 
holatda (5:6:6,7: yoki 7,8 nomerlardagi uglerod atomlari orqali) birlashgan piron 
birikmalar kiradi. 
5.
3,4- benzokumarinlar. 
6.
Tarkibida benzofuran sistemasi bo‗lgan (kumarinning 3,4-uglerod atomlariga 
birlashgan) kumarinlar (masalan, kumestrol va boshqalar). 
7.
Tarkibida kumarin sistemasi bo‗lgan ba‘zi murakkab birikmalar (masalan, 
antibiotik novobiotsin, aflatoksin va boshqalar.)
Kumarinlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati 
Kumarinlarning o‗simliklar hayotidagi ahamiyati to‗\risida eksperementlarga 
asoslangan fikrlar hali etarli emas. Xozirgi vaqtgacha bo‗lgan ba‘zi bir ma‘lumotlarga 
qaraganda ba‘zi kumarinlar o‗simliklarni o‗sishdan to‗xtatsa (o‗sish ingibitorlari), 
ba‘zilari uru\ining unishini kuchaytirish (o‗sish stimulyatorlari), mumkin. Kumarinlar 
o‗simliklarni ba‘zi kasalliklardan saqlashi mumkin degan fikrlar ham bor. 
Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari 
O‗simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall modda bo‗lib, suvda yomon 
eriydi yoki butunlay erimaydi, spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, xloroform va 
boshqalar) da yaxshi eriydi. Kumarinlar glikozid xolida bo‗lsa, ularning suvda erishi 
kuchayadi. Lekin glikozidlarning suyultirilgan sulfat kislota ta‘sirida gidrolizlanib 
olingan aglikonlari suvda erimaydi, spirt va organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. 
Ko‗pchilik kumarin furokumarinlarni spirtdagi neytral eritmalari hamda ishqor va 
konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmalari ultrabinafsha nurida o‗ziga xos 
fluoressensiya (zangori, ko‗k binafsha, yashil, sariq ranglarda) bilan tovlanadi. Ayniqsa 
7-oksikumarin- 
ummbelliferon 
unumi 
yaxshi 
fluoressensiya 
beradi. 
Ummbelliferonning o‗zi ultrabinafsha nur ta‘sirida tiniq zangori rangli fluoressensiya 
bilan bilan tovlanadi. 
Tabiiy holdagi kumarinlar ko‗pchiligining 7-nomerli uglerod atomida oksiguruhi 
bo‗ladi. SHuning uchun ularni 7-oksikumarin-ummbelliferon unumi deb hisoblanadi. 


Kumarinlar lakton bo‗lganligi uchun ishqorlar ta‘sirida ularning b-piron halqasi 
uziladi va har bir kumarinning o‗ziga xos kislotasining tuzi-kumarinatlar hosil bo‗ladi. 
Ular suvda yaxshi eriydi (eritmalari sariq rangli bo‗ladi), organik erituvchilarda esa 
erimaydi. Kumarinatlarga kislota ta‘sir ettirilsa, reaksiya orqali qaytadi, lekin hosil 
bo‗lgan sof kislota tezda o‗zidan bir molekula suv ajratib, qaytadan laktonga- 
kumarinlarga aylanadi. 
Kumarinning o‗zi suv ta‘sirida gidrolizlanmaydi, kislota va ammiak eritmasi bilan 
reaksiyaga kirishmaydi. Agar unga suyultirilgan natriy ishqori qo‗shib qizdirilsa, sariq 
rangli eritma-kumarin (sis-orto-oksidolchin) kislota natriy tuzining eritmasi hosil 
bo‗ladi. Eritmaga kislota ta‘sir ettirilsa, reaksiya orqaga qaytadi. 
Kumarinlarning tibbiyotdagi ahamiyati 
Kumarinlar, 
furokumarinlar 
va 
tarkibida 
bu 
gruppa 
birikmalari 
bo‗lgan 
o‗simliklardan olingan preparatlar antikoagulyant (qon ivishiga qarshi), spazmolitik 
(muskullarning ixtiyorsiz qisqarishi va tarang tortishishiga qarshi), yurak qon tomirini 
kengaytirish-vitamin R (masalan, eskulin) xavfli o‗smalarga qarshi va boshqa 
ta‘sirlarga ega. SHuning uchun bu preparatlar tromboz (qon tomirlarda qonning ivib 
qolishi), spazm, rak (operatsiya qilish mumkin bo‗lmagan ba‘zi turlarida) va boshqa 
kasalliklarni davolashda qo‗llaniladi. 
Olimlar spazmolitik ta‘siriga ega bo‗lgan atamantin, pastinatsin va libonatin kabi 
preparatlar o‗simliklardan ajratib olganlar, rak kasalliklarida ishlatish uchun 
peutsedanin va trixomonad kasalligini davolash uchun knidomon preparatlarini tavsiya 
etganlar 
Furokumarinlarning fotosensibilizatsiya (nur ta‘siriga nisbatan sezuvchanlikning 
oshishi) ta‘siri ayniqsa diqqatga sazovordir. SHuning uchun tarkibida furokumarin 
bo‗lgan ba‘zi preparatlar (chetdan keltiriladigan meladinin, meloksin, 
c
obiq ittifoq 
davrida chiqariladigan beroksan, ammifurin va psoralen) vitiligo (pes) kasalligini 
davolashda ishlatiladi. 
Kumarin va furokumarinlarning biologik ta‘siri ular molekulasidagi lakton halqasi, 3 
va 4–uglerod atomlari o‗rtasidagi qo‗shbo\ hamda molekulaga ulangan turli gruppa va 
radikallarga bo\liq deb hisoblanadi. 
Pes kasalligini furokumarinlar bilan davolash bu preparatlar ta‘sirida teri oqargan 
erining nurga nisbatan sezuvchanligining oshishi va melanin pigmenti hosil 
bo‗lishi nada terining o‗z rangini tiklashiga asoslangan. Terining bunday o‗z 
pigmentatsiyasini tiklashi ultrabinafsha nurlar ta‘sirida boradi. 
Pesni davolashda furokumarin preparatlari bir vaqtda ichishga va sirtdan terining 
oqargan eriga surtishga (eritma yoki surtma dori holida) tavsiya etiladi. Dorini teriga 
surilgan erlarga keyinchalik dori qabul qilingandan so‗ng ochiq holida quyosh nurini 
(yoki sun‘iy ultrabinafsha-nurini) ta‘sir ettirish lozim.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish