10-ma‟ruza
Mavzu:
Oshlovchi moddalar kimesi
va texnologiyasi
Reja:
1. Oshlovchi moddalarga xarakteristika bering.
2. Oshlovchi moddalarni tasnifi.
3. Oshlovchi moddalar fizikaviy va kimeviy xossalari.
4. Oshlovchi moddalarning tibbiyotdagi axamiyati.
5. Tanin olish texnologiyasi.
Xayvonlarning xom terisini oshlash xususiyatiga ega va kup atomli fenollar
unumidan tashkil topgan xamda usimliklardan olinadigan yukori molekulali zaxarsiz
murakkab organik birikmalarga usimliklarning oshlovchi moddalari – tanidlar deb ataladi.
Oshlash jarayonida oshlovchi moddalar terining oksil moddalari bilan birikib, erimaydigan birikma xosil kiladi. Natijada xayvonlar terisi uzidan
suv utkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va shu kabi xususiyatlarga ega buladi.
Tanidlar tabiatda keng tarkalgan bulib, ayniksa ikki pallali usimliklar sinfiga
kiruvchi
oilalarda, masalan, ra‘noguldoshlar –
Rosaceae
, dukkakdoshlar –
Fabaceae
,
korakatdoshlar –
Saxifragaceae
,, torondoshlar –
Polygonaceae
, toldoshlar –
Salicaceae
,
korakayindishlor –
Fagaceae
, pistadoshlar –
Anacardiaceae
va boshka oilalarda kup
uchraydi. Tanidlar, ayniksa gallalarda, usimliklarni patologik usimtalarida kup (ba‘zan
70% dan oshadi) buladi.
Oshlovchi moddalar usimliklarni xamma organlarida tuplanishi mumkin. Ular
daraxt va butalar pustlogida, yogoch xamda kup yillik ut usimliklarni
er ostki organlarida
kup buladi. Ba‘zan tanidlar daraxt va butalar er ustki kismida tuplanadi.
Oshlovchi moddalar asosan ikkita katta guruxga – gidrolizlanuvchi va
kondensatsiyalanuvchi tanidlarga bulinadi. Ular kimyoviy tuzalishiga kura bir-biridan
katta fark kiladi.
Oshlovchi moddalarning fizik va kimyoviy xossalari.
Usimliklardan ajratib olingan oshlovchi moddalar tanidlarning bir kancha formalari
aralashmasidin iborat, shu sababli ular amorf poroshok xolida buladi. Sof xolda ajratib
olingan ba‘zi komponentlar (masalan, katexinlar) esa kristall xolda buladi.
Tanidlar suvda,
xar xil darajadagi spirtlar va sirka kislotaning efirida yaxshi, boshka organik eritmalarda
yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och
kungir rangli, xidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz kislotali
xossaga ega bulgan kolloid
eritma. Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oksil modda, ogir metallarning tuzlari,
alkaloidlar va glikozidlarning eritmalari yordamida chuktirish mumkin. Tanidlar kup
atomli fenollarning unumlari bulib, boshka fenollar singari temirning
uch valentli tuzlari
eritmasi bilan rangli (kora-yashil va kora-kuk rangli) chukma xosil kiladi. Tanidlar xavo
kislorodi va fermentlar ta‘sirida oksidlanib, kungir rangli xamda sovuk suvda erimaydigan
birikma-flobafenlarga aylanadi.
Turli usimliklardan olingan oshlovchi moddalar kimyoviy tarkibi buyicha bir-
biridan fark kiladi.
SHunga karamay, ularning tanidlarga xos umumiy belgilari bor. Barcha
tanidlar molekulasida doimo bir nechta oksi gurux (ON) saklovchi benzol yadrosi buladi.
Boshkacha kilib aytganda, barcha oshlovchi moddalar kup atomli fenollar – polifenollar
unumidir. Benzol yadrosidagi oksi guruxlar soni kamida ikkita, kator-urta xolatda
(pirokatexinga uxshash)
yoki uchta bulib, kator – vitsinal (pirogallolga uxshash)
joylashadi.
Tanidlarni ishkorlar ishtirokida 180-200
0
S gacha kizdirilsa, ulardan pirokatexin yoki
pirogallol ajralib chikadi. SHuningdek ular pirogallol va pirokatexin guruxlariga bulinadi.
Bu tasnif tanidlarning eng oddiy va eski tasnifidir. Ana shu tasnif buyicha oshlovchi
moddalarning ayrim guruxlarini aniklashda kuyidagi reaksiyadan foydalanilgan: agar
oshlovchi eritmasiga uch valentli temir tuzlarining eritmasi ta‘sir ettirilsa,
pirokatexin
guruxiga kiruvchi tanidlar kora-yashil, pirogallol guruxiga kiruvchi tanidlar esa kora-kuk
chukma xosil kiladi.
Agar oshlovchi moddalarga kislotalar xamda boshka reaktivlar ta‘sir ettirib isitilsa,
ularning bir kismi gidrolizlanib, birmuncha oddiy
komponentlarga parchalansa, ikkinchisi
esa murakkablashib yukori birikma xosil kiladi. SHunga kura G. Povarnin va Freydenberg
barcha oshlovchi moddalarni ularning kimeviy tarkibiga va ayrim molekulalari orasidagi
boglanishlarga karab ikkita katta guruxga buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: