Rutin va undan tayyorlangan preparatlarni qon tomir devorlari o‗tkazuvchanligining
buzilishdan kelib chiqqan kasalliklar, gemorragik diatez, ko‗z pardasiga qon quyilishi,
gipertoniya, qizamiq, bod, terlama, nur va boshqa kasalliklarni davolashda hamda ularning
oldini olishda (0,05-0,1-0,15g dan ichiriladi) qo‗llaniladi. Rutin ko‗pincha askorbin kislota
bilan birgalikda ishlatiladi.
Rutin og‗zi mahkam yopiladigan shisha idishlarda, qorong‗i joyda saqlanadi.
Hozirgi vaqtda rutin asosini, ya‘ni uning aglikon qismini tashkil qiluvchi kversetin suyuq
holda tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‗llaniladi. Kversetin
Qu
ereu
s
tin
s
t
or
i
a o‗simligining po‗stlog‗idan suv yordamida ekstraksiya qilib olinadi. Ekstraktda
kversetin ramnozi bilan glakozidsimon birikkan kversitron (ramnozidokversetin) moddasi
qolida bo‗ladi. Keyinchalik uni mineral kislotalar, jumlasidan xlorid kislota bilan
qaynatish yordamida parchalab, sof kvarsetin olinadi.
Kversetin olish texnologiyasi
Kversetin rutin ajratib olishda chiqqan chiqindilardan olinadi, yapon saforasi
gullaridan. Hamma cho‗kma va eritmalar (eritmalar, bug‗lar, kristalizatorlar) kversetin
olish uchun yi\iladi. Keyin cho‗kmani 2%li kislotada qizdirib eritiladi (qaynatiladi).
Glikozid bug‗i orqali gidraliz ketishi uchun pastki massani 10% gacha sovutamiz va
kversetin cho‗kmaga tushadi. Oxirgi etilatsetat bilan ekstraksiyalanadi. Kversetin-
etilatsetatda eruvchan, shuning uchun eritmaga o‗tadi. Etilatsetatli eritma filtrlanib,
bug‗latiladi va quritiladi. Kversetin ajralib chiqish unumi 40%.
Kversetin hidsiz va mazasiz, sariq kristall kukun, suvda erimaydi, ishqorlarda va
qaynok spirtda eriydi. 313-316
0
S xaroratda suyuqlanadi.
Kversetinning xam chinligini aniqlashda rutinga o‗xshash qizil rangli sianin
moddasini hosil qilish reaksiyasi va undagi fenal gidroksiliga xos temir - (III) -xlorid bilan
xlorid va sirka kislotalar ta‘sirida o‗chib ketmaydigan yashil rangli temir fenolyat tuzi
hosil qilish reaksiyalaridan foydalaniladi.
Davlat farmakopeyasida keltirilgan bu reaksiyalardan tashqari, uni yana boshqa
reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Masalan, preparatga o‗zida formaldagid saqlagan
konsentrlangan sulfat kislota ta‘sir etirilsa, yashil rangli bo‗lib tovlanadigan qizil, to‗q
sariq rangli modda hosil bo‗ladi.
Kversetin alyuminiy, vanadiy va ba‘zi boshљa elementlar bilan ultrabinafsha nur
oqimiga turli ranglanib tovlanuvchi - kompleks tuzlar hosil qiladi.
Kversetinning miqdori kompleksonometrik usul bo‗yicha aniqlanadi. Buning uchun
ma‘lum miqdordagi preparatning etanoldagi eritmasiga aniq hajmda 1,5% qo‗r\oshin
atsetat va 8% uch etanolamindan tashkil topgan aralashmaning suv etanoldagi eritmasidan
- qo‗shiladi. Natijada hosil bo‗lgan qizil cho‗kmani ajratib olib, 30% li atsetat kislotasida
eritiladi. Eritmani suv bilan suyuqlashtirilgandan so‗ng, uni 5% li natriy gidrokarbonat
bilan neytrallanadi. Keyinchalik atsetat bufer va ksilenoranj indikatori ishtirokida eritmada
qo‗rg‗oshin ionini suyuqlik qizil-binafsha rangdan sariq rangga o‗tgungacha trilon B ning
0,01 mol\l eritmasi bilan titrlanadi.
Kversetinning tibbiyotda ishlatilishi. Kversetinning ham tibbiyotda qo‗llanilishi
rutinnikiga o‗xshash bo‗lib, uni odatda 0,02 g dan kuniga 3-5 marta ichiriladi. Uni kukun
va tabletka holida 0,02 g dan chiqariladi.
Kversetin og‗zi maxkam yopiladigan idishlarda, quruq va qorong‗u joylarda
saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: