Mavzu: 3 soni
Darsning maqsadi:
Ta‟limiy:
1,2 soni haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash, 3 soni bilan
tanishtirish va yozishga oʻrgatish.
Tarbiyaviy:
Tabiatga toʻgʻri munosabatning mohiyati, tabiatni muhofaza qilish
insonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi:
Darsning mohiyatini yoritishda oʻquvchilarning faolligini
rivojlantirib borish.
Dars turi:
Aralash
Dars uslubi:
Amaliy, suhbat, didaktik oʻyin.
Dars jihozi:
1-sinf ―Matematika‖ darsligi,1-sinf ―Matematika‖ daftari, mavzuga
oid didaktik materiallar, koʻrsatma materiallar, AKT.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
Oʻquvchilarning diqqatini darsga qaratish, darsga tayyorgarligini
ta‘minlash.
Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash.
Xattaxtaga olma, nok, anor rasmlarini ilib qoʻygach, ularning rangini, shaklini,
sanogʻini soʻrash. Masalan, 2 ta qizil olma, 2 ta yashil nok,1 ta qizil anor kabi.
1dan keyin qaysi son keladi? 1 ta koʻk olmani koʻrsating, 2 ta qizil olmani
koʻrsating kabi topshiriqlar beriladi.
Bunday topshiriqlarni geometrik shakllar bilan ham bajarsa boʻladi. 2 soni
haqidagi bilimlarini mustahkamlash. 2 haqida yod olgan she‘rlarni soʻrash. 2
sonining yozilishini xattaxtaga 3-4 oʻquvchini chiqarib yozdirish.
106
1 va 2 sonlarini predmetlar asosida taqqoslash. Oʻtilgan mavzuni yangi mavzu
bilan bogʻlash.Oʻquvchilar bilan1 dan 10 gacha toʻgʻri va teskari sanash. Birdan
keyin qaysi son keladi? 2 dan keyin-chi?
Yangi mavzuning bayoni:
Yangi mavzu ekran orqali tushuntiriladi. Ekranda uch
soni
haqida she‘r oʻiladi.
Meni derlar uch soni,
Mukammal va maʻnoli,
Boʻlsam hamki nomim uch,
Mujassamdir menda kuch.
Ekranda uchgacha boʻlgan sonlar
lentasi keltiriladi. Shu oʻrinda qoʻshni
sonlar haqida maʻlumot beradi.
Ekranda ―Ikki doʻst‖ haqida multfilm namoyish etiladi va unda ishtirok etgan
qahramonlarni birgalikda sanaydilar.
Ekranda 3 sonining yozilishi koʻrsatiladi.
3 raqamining yozilishi bilan tanishtiriladi. Narsalarni
boʻyash va sanash orqali 3 raqamini hosil qilish va
yozish tushuntiriladi. Havoda yozish mashqi oʻtkaziladi.
Daftarga yozish davomida oʻquvchilarning toʻgʻri
yozishlari, partada oʻtirish va yozish qoidasi
107
tushuntiriladi.
3 soni haqida she‘r oʻqiladi.
Qarang 3 ta gʻildirak,
3 ogʻayni botirlar.
Yozish qiyinmas uncha,
Tishlangan 2 kulcha.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga 3 sonini hosil boʻlishini
predmetlar
orqali
ekranda
tushuntiriladi.
Oʻquvchilar ekrandagi predmetlarning nomlarini
aytadilar va sanaydilar. Bu metod orqali
oʻquvchilar ranglarni ajrata olishi, narsalarni
nomlarini oʻrganadilar.
2-misol.1,2 sonlaridan keyin 3 soni chiqadi.
3 bu 3 ta 1 degani yoki 3 bu 2 bilan 1 ning yigʻindisi.
2-misolda nimalarni koʻryapsiz?
-Shkafning birinchi tokchasida nechta qoʻgʻirchoq bor? 2,3-tokchalarida nechtadan
qoʻgʻirchoq bor? Sanab aytib bering.
-Bolalar nechta? Ularga ism qoʻying.
-Sportning qanday turi bilan shugʻullanayapti?
1
1
2
2
1
1
1
3
3
3
108
-Koptoklar nechta?
Shu oʻrinda sportning sogʻliq uchun foydali ekanligi, sogʻlom boʻlish uchun sport
toʻgaraklariga qatnashish kerakligi aytib oʻtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |