uchdan ikki
qismi muloqot qiladi. Bu tillardan 6 tasi,
ya’ni
ingliz, fransuz, rus, ispan, arab
va
xitoy
tillari BMTning rasmiy ishchi tillari hisoblanadi.
Yana shunisi borki, bitta til bir necha mamlakat aholisiga xizmat qiladi. Masalan, ingliz tili Angliya va AQSH
aholisi uchun (Hindistonda ikkinchi til hisoblanadi), portugal tili Portugaliya va Braziliya
aholisi uchun, ispan tili
Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 20ga yaqin mamlakat aholisi uchun, nemis tili Germaniya va Avstriya mamlakatlari
aholisi uchun, fransuz tili Fransiya, Belgiya va Shveysariya mamlakatlari aholisi uchun muloqot vositasi bo‘lib
hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlarda esa ikki tillilik joriy qilingan. Masalan, Kanada mamlakatida ingliz va fransuz
tillari, Belgiya va Shveysariyada nemis va fransuz, Hindistonda hind va ingliz tillari rasman davlat tili sifatida
qonunlashtirilgan.
Dunyo tillari tasnifi.
Tasnif haqida taniqli tilshunos olim O.Azizov shunday yozadi: ”Tabiiy yoki ijtimoiy
hodisalarning eng asosiy , eng muhim belgilarini nazarda tutgan holda dunyodagi narsalaning guruhlarga ajratilishi
tasnif deyiladi.” O‘z xalqidan boshqa xalq tilini va og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish inson tabiatiga xos bo‘lgan
xususiyat - bilishga qiziqish tufayli amalga oshirilgan. Bu jihatdan buyuk vatandoshimiz Mahmud Koshg‘ariyning
xizmatlari haqida to‘xtalmasdan iloj yo‘q. ”U (Mahmud Koshg‘ariy) haqli ravishda turkologiya fanining
asoschisidir”, - deb yozadi tilshunos olim Abduhamid Nurmonov. Mahmud Koshg‘ariy uzoq vaqt davomida turkiy
qabilalar yashaydigan ulkan hududni kezib chiqdi va bu qabilalarning tilini, og‘zaki ijod namunalarini sinchiklab
o‘rgandi hamda o‘zining ”Devonu lug‘atit turk” asarini yaratdi. ”Devon” aslida turkiycha-arabcha lug‘at hisoblanadi,
ya’ni olim o‘z asarida turkiycha so‘zlarni arab tiliga tarjima qiladi hamda ularni izohlash uchun qo‘shiq, maqol, matal
va afsonalardan misollar keltiradi. Shu bilan birga, bu asarda turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatikasi qiyosiy
jihatdan tahlil qilingan.
Bu sohada buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning ”Muhokamat ul-lug‘atayn” asari ham qiyosiy tilshunoslik
bo‘yicha yaratilgan mukammal asar namunasi sifatida qayd qilinishi mumkin.
Har ikkala mutafakkirning yaratgan asarlari juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Yevropada esa
tillarni bir biriga qiyoslab o‘rganish ko‘proq amaliy tabiat kasb qilgan. Buni quyidagicha izohlash mumkin.
Tarixdan ma’lumki, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Fransiya, Gollandiya kabi dengiz mamlakatlari XV-
XVI asrlardan boshlab mustamlakachilik siyosatini boshlab yuborganlar va ko‘pgina mamlakatlarni bosib olib,
ularning moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zlashtirishga kirishgan. Bu siyosatni o‘tkazish uchun ularga mahalliy
aholining tilini, madaniyatini, urf-odatlarini bilish zarur edi, natijada ularning tillarini o‘z tillari bilan qiyoslab
o‘rganishga kirishganlar.
Bu sohada Gvilelm Postellus degan olimning 1538-yilda yaratilgan ”Tillarning qarindoshligi haqida” (”De
affinitae linguarum”) asarini, Iosif-Yustus Skaligerning 1599-yilda yozilib, 1610-yilda Fransiyada nashr qilingan
”Yevropa tillari haqida mulohazalar” (”Diatriba de europeorum linguis”) nomli asarini, shuningdek, E.Gishar, Iov
Ludolf, Gotfrid-Vilgelm Leybnis, Yuriy Krijanich, Filipp-Iogann Stralenberg, Frans Bopp, Rasmus Rask, Vilgelm
Gumboldt, Avgust Shleyxer, F.F.Fortunatov, Ferdinand de-Sossyur, A.Meye kabi ko‘plab tilshunoslarning ishlarini
misol qilib keltirish mumkin.
Dunyo tillarini tasniflashning diqqatga sazovar bo‘lgan ikkita turi mavjud. Quyida shularni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |