3. Mehnat qiyqiriqlari nazariyasi
XIX asrda yashagan fransuz faylasuflari
L.Nuare va K.Byuxerlar
tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning fikricha, til odamlarning jamoa bo‘lib mehnat qilishi jarayonida chiqaradigan
qiyqiriq ovozlari asosida paydo bo‘lgan emish. Masalan, odam yer chopayotganda
(hah)
, og‘ir narsani
ko‘tarayotganda
(ho‘o‘p)
o‘ziga yordam berish uchun turlicha ovozlar chiqaradi. Bu nazariya insonning beixtiyor
chiqargan va ma’no ifodalamaydigan ovozlar asososiga qurilganligi bilan undov nazariyasiga o‘xshab ketadi. Bu
ovozlar his-tuyg‘u ifodalamaydi, shu bilan bu nazariyalar o‘zaro farq qiladi. Bu nazariyaning g‘ayri-ilmiyligi esa
quyidagilarda ko‘rinadi:
1) mehnat qiyqiriqlarining tildagi miqdori o‘ta kamdir;
2) mehnat qiyqiriqlari, yuqorida qayd qilinganidek, his-tuyg‘u ifodalamaydi;
3) bu ovozlar faqat mehnat jarayonini tartibga solish uchungina zarur.
4. Ijtimoiy shartnoma nazariyasi
XIX asrda paydo bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, yer yuzidagi odamlar
tushunchalarga nom berishda o‘zaro kelishib olishgan emish. Bunga turtki bo‘lgan narsa shuki, 1887-yilda taxallusi
Doktor Esperanto
(“umidvor shifokor” degani) bo‘lgan polyak ko‘z shifokori
Lyudvik Zamenxof
tomonidan
esperanto
tili o‘ylab topilgan. Bu til ko‘pgina Yevropa tillaridan olingan so‘zlar asosida shakllangan. Bundan
tashqari, olimlar ayrim ilmiy atamalarni qo‘llashda o‘zaro kelishib olishi ham bunga sabab bo‘lgan. Masalan, 1892-
yilda ximiklarning Jeneva shahrida o‘tkazilgan qurultoyida terminologiya masalasida kelishib olingan. Albatta, sun’iy
tilning va atamalarning yaratilishi bo‘yicha kelishuv dastlabki tilning paydo bo‘lishini izohlay olmaydi. Buning
sabablari quyidagicha oddiydir: 1) bu nazariya ijtimoiy kelishuvgacha tilning mavjudligini inkor qiladi;
2) bu nazariya tabiiy tilning emas, balki sun’iy tilning yaratilishinigina tushuntira oladi.Ko‘rib o‘tilgan barcha
nazariyalarning eng asosiy kamchiligi shundaki, ularda insonning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hodisani, ya’ni tilni
shu faoliyatdan ajratgan holda tushuntirishga harakat qilinadi. Inson hayvonot olamidan ajralib chiqqandan keyin
ijtimoiy mehnat bilan shug‘ullana boshlagan. Bu jarayon, albatta, juda uzoq davom etgan. Shu davr mobaynida
odamsimon mavjudot jamoa bo‘lib yashashni va mehnat qilishni o‘rganadi. Mehnat jarayonida bu mavjudotlarda
(ular arxeologlar tomonidan
avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal odami
kabi nomlar bilan ataladi)
tafakkur shakllana boradi. Buni taxminan quyidagicha tushuntirish mumkin. Oldiniga mehnat harakatlari mehnat
predmetidan ajralmagan holda amalga oshirilgan. Masalan, biz nafas olish uchun o‘ylab o‘tirmaymiz, ya’ni miyani
ishlatmaymiz. Bu instinktiv tarzda yuz beradi. Yuqoridagi jarayon ham shunday bo‘lgan bo‘lishi kerak. Ma’lum bir
davrda mehnat harakati va mehnat predmeti bir-biridan ajraladi, chunki mazkur harakatlar odamsimon mavjudotning
ibtidoiy xotirasida saqlanib qolgan edi va u endi o‘z tasavvurlariga taqlid qilishi mumkin bo‘ladi, natijada mehnat
predmeti bo‘lmasa ham, u bilan qilinadigan harakatlar amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Bu esa odamsimon mavjudotda
Do'stlaringiz bilan baham: |