157
malariga moslashtirilgan marketing dasturini ishlab chiqish.
Maqsadli segmentlarni tanlash bo‘limida quyidagi savollarga javob
topasiz.
1.
Qanday qilib
kompaniya
bozorni
segmenlarga
bo‘lishi mumkin. 2.Kompaniya
o‘ziga jalb qiluvchi maqsadli
bozorni tanlash uchun
qanday rahbarlik mezon (kriteriya)lariga ega bo‘lishi kerak. “HALLMARK”
kompaniyasida hayotning turli vaziyatlari uchun
otkritkalar bor. Bugungi kunda kompaniya Amerika bozorlarida tabriknoma
- otkritkalari bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, bundan tashqari foyda
keltiruvchi segmentlarni va yangi tovarlarning bozordagi o‘rnini aniqlash
uchun xaridorlar
orasida savol-javoblar, tekshiruvlar olib boradi. Bu
kompaniyaning xaridorlari kelib chiqishiga qarab segmentlangan, ya’ni dini,
bayrami, yoshi, millati va narx- navoga ahamiyat beradiganlarga qarab
bo‘lingan. Masalan, “SINCERAMENTE HALLMARK” otkritlarining
liniyasi 2,5 ming otkritkalarni ispan tilli Amerikaliklar uchun mo‘ljallangan.
“HALLMARK” xaridorlar otkritkalarini kim uchun sotib olayotganini
aniqlash uchun tekshiruvlar olib boradi, deydi marketing liniyasi bo‘yicha
menejer Julio Blancoshu. Otkritkalar yordamida biz butun Lotin Amerikalik
xaridorlarga murojaatqilmoqchimiz.
Shuningdek kompaniya “MAHOGANY”
brendi Afro-Amerikalik
xaridorlar uchun, “TREE OF LIFE” (hayot daraxti) kelib chiqishi yahudiy
bo‘lgan amerikaliklarga, “FRESH INK” (yangi siyoh) – 18 – 38 yoshdagi
ayollar uchun, mo‘ljallangan bo‘lsa, narxi -0,99 $ turuvchi otkritkalari
“WARM WISHES” (Iliq tilaklar) narxga
ahamiyat beradiganlar uchun
mo‘ljallangan. Tabrik sabablari bo‘yicha bozorni segmentlashda
“HALLMARK” bayram va bosqa kunlar bilan bog‘liq tabriknomalarining
turli xillarini ishlab chiqaradi, tug‘ilgan kun, bayramlar, urush veteranlari
kunidan boshlab, musulmonlarning muborak
ramazon oyining tugagan
kunigacha. Kompaniya tovarlarni jalb qiluvchi rivojlantirishga katta
ahamiyat beradi. Masalan, ”MAHOGANY” liniyasi faqat “KWANZA”
tabrik otkritkalarini ishlatmaydi, balki ”LEGACY OF GREATNESS” (ulkan
me’ros) otkritka seriyasini chop etadi, bular jamiyatning rivojlanishida
ishtirok etgan afro- Amerikaliklarga bag‘ishlanadi. Urush veteranlariga
bag‘ish- langan otkritkalar seriyasi 20
xildan ortiq, quruqlikdagi qurolli
kuchlar veteranlariga, harbiy-dengiz floti, dengiz piyodalari,
suv-havo va
chegaradagi
himoyachilarga
bag‘ishlanadi.
Segmentatsiyaning
bu
strategiyasi tufayli “HALLMARK” kompaniyasi o‘z daromadini 2015- yilga
kelib o‘tgan yilga nisbatan 10-15 % ga oshirishni rejalashtirdi.
Raqobatga bardoshlilikni oshirishi uchun ko‘p kompaniyalar, jumladan,
“HALLMARK” maqsadli marketingni tanlamoqda. Mayda marketingni
kuchaytirish o‘rniga, ular o‘z – diqqat e’tiborlarini iste’mol- chilarni
o‘rganishga qaratmoqdalar, bunda daromad ham yuqori bo‘ladi.
Maqsadli marketingga ko‘ra kompaniya 3 ta muhim qadamni qo‘yishi kerak.
1)
Turli guruhdagi xaridorlarni o‘rganishi va identifikatsiya qilish,
158
(tovarlarga nisbatan qiziqishga qarab yoki marketing-miksda), bozorni
segmentlash;
2)
Xizmat qilish uchun bir yoki bir necha bozor segmentlarini
tanlash
( bozor segmentlarini tanlash).
3)
Har bir maqsadli segmentda iste’molchiga kompaniya
takliflari-ning foydali tomonlarini yetkazib berish (bozorning
pozitsiyalanishi). Segmentlashtirishni
ko‘rib
chiqish
uchun
oldin
ommaviy marketingni – ommaviy
ishlab chiqarishni, bir tovarni bozorga istisnosiz xaridorlarga yetkazib
berishni amalga oshirishdan boshlash kerak. GenriFord bustrategiyadan
muvaffaqiyatli foydalandi, u
avtomobil “FORD-T”
ni qora rangda taklif etdi. Shuningdek,
Coca-Cola kompa-
niyasi bir necha yildan beri o‘z ichimligini faqat sig‘imi 0,33l ml
liidishlarda sotgan. Ommaviy marketingning foydali tomoni
shundaki,bunda potensial bozorning yuqori imkoniyatlari shakllanadi.
Shunga ko‘ra, tovarlarning narxlari pasayadi, lekin ishlab chiqaruvchi
foyda ko‘lamining kengayishi tufayli yutadi.
Ba’zi tahlilchi (analatik) larning fikriga ko‘ra hozirgi kunda bozorning
bo‘laklarga bo‘linishi sodir bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: