Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari 
 
Ilg‘or kompaniyalar doimiy ravishda iste’molchilar tomonidan tovar 
haqida ma’lumotlar yig‘ish, savdo markasini tanlash, mahsulotdan foy- 
dalanish va hatto uni yo‘q qilish jarayonlarini tadqiq qilish bilan 
shug‘ullanadilar. «Honda» ning muhandislari mahsulotlar solingan sum- 
kalarni o‘z avtomobillari yukxonasiga joylashtirish (yuklash) jarayonini 
video tasmaga yozib oldilar va iste’molchilarning harakatlarini eng mayda 
holatigacha ko‘rib chiqib, konstruksiyaga zarur o‘zgartirishlar kiritdilar. 
«Quicken» - moliyaviy dasturlarni ishlab chiquvchi kompaniyaning «Intuit» 
xodimlari o‘z tovarlarining yangi sotib oluvchilarining har bir xatti- 
harakatlarini yuzaga kelgan murakkabliklari bilan qayd etgan holda 
kuzatdilar. Benson Shapiro va uning hamkasblari kompaniyalarni 
«buyurtmalar bilan qadrlash» tovarga buyurtma berish jarayonida yuz 
beradigan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan hamma narsaga e’tibor 
qaratishga chaqiradi. 
Marketolog tovarni xarid qilish jarayoni bosqichlarini qanday aniq- 
laydi? U o‘zini xaridorning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi (introspeksiyalar metodi) 


182 
yaqindagi xaridorlardan ularni ushbu tovarni sotib olishni rejalashtirayotgan 
iste’molchilardan xaridning bo‘lg‘usi jarayonini tasvirlab berishini so‘rashi 
vanihoyat, xaridorlar xaridning ideal jarayonini tasavvur qilishlari bilan 
qiziqishi mumkin. Ushbu metod- lardan har biri yaratilayotgan xarid 
jarayoni bosqichlariga yangi-yangi 
«rang» beradi. 
Iste’molchining tovarga nisbatan tabiatini tadqiq qilish turlicha 
nomlanadi: iste’molchilik tizimi manzarasini tuzish, xaridorlik faoliyati sikli, 
xaridorlik ssenariysi. Tadqiqot obyekti iste’molchilik faoliyatining, masalan, 
yuvish, to‘yga tayyorgarlik, avtomobil xarid qilish kabi turlari bo‘lishi 
mumkin. Oxirgi holatni ko‘rib chiqamiz. Avtomobil sotib olish harakatlari 
mashina tanlash, xarid uchun pul qidirish, sug‘urtani rasmiylashtirish, 
aksessuarlar xarid qilish kabi bir yo‘la bir necha turlari bilan bog‘liq. 
Professor M.Shouni ushbu harakatlarning hammasini birlashtirib bozorga 
taalluqli iste’molchilarga, bu harakatlarni amalga oshrishda yordam beruvchi 
firmalarni esa “metavositachilar”, deb qaraydi. Bir metavositachiga misol 
sifatida Edmunds. com.web-saytini ko‘rsatish mumkin. Edmunds.com. sayt 
avtomobillar va yondosh xizmatlar bo‘yicha oldindan olinmagan, obyektiv 
ma’lumotlarni taklif qiladi. Ular quyidagicha ishlaydilar: 
Edmunds. com.da taqdim etilgan har qanday avtomobillar uchun 
foydalanuvchilar modelning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati va dillerlar 
narxini bilishi mumkin. Bir necha marka va modelni tanlash bilan cheklanish, 
mashinalarni 
parallel 
taqqoslash 
mumkin. 
Sayt 
orqali 
ishlab 
chiqaruvchilarga, maxsus iste’molchilarga atalgan va tanlangan avto-mobillar 
haqida axborotlar bilan risolalarni buyurtma berish mumkin. 
Yordam uchun turli avtomobillar egalari Edmunds («Edmunds Town 
Hall») ga murojaat qilish mumkin. Bu yerda turli kompaniyalar haqida salbiy 
fikrlar bilan saytlarga ilovalar ham topishi mumkin. Tez orada 
foydalanuvchilar uchun bir yo‘la bir necha markadagi avtomobil- larning 
«haydovchilarini testdan o‘tkazish»ga yozilish imkoniyati bo‘la- di, ularga 
Edmunds va CarMax, Avto Nationalning sherik kompaniyalari va boshqalar 
homiylik qiladi. Xaridorlar mashinani bemalol, erkin ko‘zdan kechira 
oladilar. Bunday testlashtirishning vaqti, joyi va ishtirokchilari oldindan 
belgilanadi, chunki xaridorlar aynan o‘zlariga zarur modellarini sotib 
olishlariga 
ishonsa 
bo‘ladi. 
Mashinaning 
markasini 
aniqlagach, 
foydalanuvchilar zarur model va modifikat- siyalarni tanlashlari mumkin. 
Hammasi yakunlangach, “Edmunds” dan (National-Bank orqali) mashina 
sotib olish uchun kredit olish, servis kafolatni uzaytirish (Warranty Gold 
yordamida avtomobilni sug‘urtalash(GEICO kompaniyalarida), qolgan pulga 
esa aksessuarlar sotib olish(J.C.Whitney dan) mumkin. 
Olimlar tomonidan mashina sotib olishning tabiiy, besh bosqichni o‘z 
ichiga oluvchi modeli ishlab chiqilgan: muammoni tushunib yetish, 
axborotlar qidirish, variantlarni baholash, xarid haqida qaror va sotib 
olingandan keyingi reaksiya tabiiyki, xarid jarayoni bevosita tovar sotib 


183 
olishdan ancha oldin boshlanadi, uning oqibati esa sotib olish aksi yuz 
bergandan keyin ancha vaqt o‘tib paydo bo‘ladi. 
Xarid jarayoni modeli uning bosqichlari izchil davom etishini ko‘zda 
tutadi. 
1.
Muammolarni anglab yetish. 
2.
Axborotlarni qidirish. 
3.
Variantlarni baholash. 
4.
Xarid haqida qaror. 
5.
Xaridga reaksiya. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish