SIP protokoli paketli IP tarmoq orqali so‗zlashishni amalga
oshirishda abonentlarni o‗zaro bog‗lash, aloqani qo‗llab
quvvatlash va
aloqa seansini uzishni ta'minlab beruvchi signalizatsiya protokolidir.
Demak internet tarmog‗i orqali telefoniya xizmatini tashkil etishda aloqa
seansini tashkil etishdagi asosiy protokol bu SIP protokolidir. Quyidagi
8.3-rasmda SIP protokolining IP tarmoq orqaqli telefaniya‘ni
ta‘minlashda qo‘llanilishi.
8.3-rasm. SIP protokolining IP tarmoq orqaqli telefaniya‘ni
ta‘minlashda qo‘llanilishi
Chaqiriqlarga xizmat ko‗rsatish SIP serveri tomonidan amalga
oshiriladi. SIP serveri bevosita aloqa o‗rnatish
rejimida ishlaganda
chaqiriqni kerakli abonentgacha o‗zi yetkazadi. SIP protokolida ikki xil
signal axboroti qo‗llaniladi ―so‗rov‖ va ―javob ‖.
SIP matn-mo‗ljallangan protokolni o‗z ichiga oladi. Eng keng
tarqalgan H.323 protokoli hisoblanada,
ishlab chiqaruvchilarning
ko‗pchiligi o‗zining yangi mahsulotlarida SIP protokollarni qo‗llab–
quvvatlash ko‗zda tutiladi. SIP protokollari ommaviyligining o‗sish
tempini hisobga olib yaqin kelajakda uning negizida qaror IP-telefoniya
bozorining muhim ulushini band qiladi.
IP-telefoniya
tarmoqlarining
tuzilishiga
SIP
protokolining
yondoshuvini amalga oshirishda H.323 protokoliga nisbatan ancha
sodda, lekin telefonlar bilan o‗zaro ishlashini tashkil qilsh uchun kamroq
mos keladi.
Shuning uchun SIP protokoli IP-telefoniya xizmatlarini ko‗rsatish
uchun Internet xizmatlarining yetkazib beruvchilari ko‗proq mos keladi,
bunda ushbu xizmatlar paketining qismi hisoblanadi.
Modifikatsiyalangan SIP-T protokoli (SIP for Telephony) 7-son
UKS signalizatsiya‘ni SIP protokoli bilan integratsiya qilish maqsadida
yaratilgan edi. SIP-tarmoqning 7-son UKS tarmog‗i bilan o‗zaro ishlash
uzeli SIP-xabarda ISUP xabarini inkapsullaydi
va ISUP xabarlaridan
axborot qismini SIP xabarlar sarlavhasiga transportlashni ta'minlash
uchun translyasiyalaydi.
MGCP.
Media Gateway boshqaruv protokoli. MGCP Mediya
shlyuzlarni boshqarish uchun ishlatiladi.
Bu protokol barcha chaqiriqlarni qayta ishlash mantig'i shlyuzdan
tashqarida joylashgan arhitekturalar uchun mo'ljallangan
va nazorat
MGC yoki chaqiriqlar agenti kabi tashqi qurilmalar tomonidan amalga
oshiriladi.
MGCP chaqiruv modeli MG tarmoq shlyuzlarini bir-biriga
ulanishlari mumkin bo‘lgan so'nggi nuqtalar majmuasi sifatida ko'rib
chiqadi. Oxirgi nuqta fizik (analog telefon liniyasi yoki raqamli
magistral) yoki virtual (UDP / IP-ulanish orqali ma'lumotlar oqimi)
bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: