8-BOB. KENG POLOSALI TARMOQLARIDA
QO‘LLANILUVCHI PROTOKOLLAR
8.1.
Keng polosali tarmoqlarning standart protokollari
Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‗iga qo‗yilgan 7 sonli
UKS signalizatsiya tarmog‗ini tadbiq etish nutqli trafik va signalli
axborotning yo‗nalish yo‗llarini bo‗lish hamda xizmatlarning ko‗rsatish
darajalarini
va xizmatlarni boshqarish, shakllantirish darajalarini (SSP,
IP) bo‗lish bilan intelektual tarmoq arxitekturasini amalga oshirish
imkoniyatiga olib keldi. Bunday yondoshuvni qo‗llash telefon
operatorlariga mavjud uskunadan foydalangan holda,
yangi xizmatlarni
foydalanuvchilarga taqdim etish uchun ularni tez va aniq shakllantirish
imkonini beradi. Paketli tarmoqlarga murojaat etilganda, bunday bo‗lishi
(shlyuzni dekompozitsiya prinsipi) bu Yerda shlyuzlar, shlyuzlarini
boshqarish qurilmalari va signalizatsiya shlyuzlari
ham ishtirok etadi
(oxirgi ikkita qurilma qo‗shimcha xizmatlarni shakllantiruvchi
qurilmalar bilan birlashtirilishi va moslashishi mumkin).
Shunday qilib, quyidagi xususiyatlarga ega qandaydir tarmoq
elementlariga zaruriyat yuzaga keldi:
-
ochiq standartlarga asoslangan va an'anaviy telefon signalizatsiya-
ning barcha asosiy tiplarini hamda
axborotni paketli uzatish
protokollarini,
jumladan
IP-telefoniya‘ni,
turlicha
tarmoqlarda
chaqiruvlarni samarali marshrutlashni ta'minlaydigan tarmoqning
―intelektual‖ markazi bo‗lishi kerak;
-
u katta yuklamalarda tarmoqqa rad etishlarni oldini oladigan va
99,999 foizdan kam bo‗lmagan ishonchlilikni ta'manlaydigan
taqsimlangan va masshtablangan arxitekturalaraga ega bo‗lishi kerak;
-
u katta yuklamalarda tarmoqqa rad etishlarni oldini oladigan va
99,999 foizdan kam bo‗lmagan ishonchlilikni ta'minlaydigan
taqsimlangan va masshtablangan arxitekturaga ega bo‗lishi kerak;
-
u istalgan telekommuniksiya sessiya (qo‗ng‗iroq)ni
qayta ishlash
ssenariyasini aniq nazorat qilish imkoniga ega modulni o‗z ichiga olishi
kerak;
-
u tarmoq infratuzilmasini boshqarishning va sessiyalarini nazorat
qilishning yagona blokini o‗z ichiga oladi. Aloqa tarmoqlarining
intellektual
pereferiyasini
birlashtirish
texnologiyalarda
ularni
qo‗llashdan qat'i nazar, operatorlarning yuqorida ko‗rsatilgan takliflarga
javob beradigan qarorni amalga oshirishga yordam beradi. Shlyuzlarni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri emas, lekin oraliq qurilma
billing tizimi ulangan
dasturiy kommutator (ingliz tilida Softswitch - dasturiy qayta ulagich,
kommutator) orqali ulanganda, ishlab turgan tarmoqlar qurilish
sxemasini kardinal o‗zgarishsiz
minimal xarajatlar bilan IP-
telefoniyaning an'anaviy sxemalaridagi tipik kamchiliklardan qutiladi.
NGN tarmog‗ida signalizatsiya protokollari o‗zlarining qo‗llanilish
xususyatlari bo‗yicha bir necha turlarga bo‗linadi, ya'ni ular NGN
tarmog‗ining qanday tashkil etuvchilari o‗rtasida signalizatsiyani
ta'minlashiga bog‗liq ravishda quyidagi turlarga bo‗linadi:
SIP va N.323;
MGCP;
N.248 MEGACO;
BICC;
SIGTRAN;
SCTP va x.z.
Keng polosali multiservis tarmoqlarda turli tarmoq qurilmalari
o‗rtasida axborot almashinish tartibi ma'lum
bir standart protokollar
majmui yordamida amalga oshiriladi.
8.1-Rasm. Keng polosali xizmatlarni taqdim etuvchi multiservis
tarmog‗ida protokollar qo‗llanilishi
Bu tarmoq protokollari vaqt o‗tishi bilan tarmoqda yuzaga
keluvchi muammolarga mos ravishda takomillashib boradi. Mazkur
protokollar multiservis tarmoqlarning asosiy protokollaridan biri
xisoblanadi. Protokollarning o‗zaro xamkorlik sxemasi quyidagi 8.1-
rasmda tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: