Xxi asr haqiqatdan ham axborotlashgan jamiyat asri deb tan


Faza bo‗yicha modulyatsiyalash odatda diskret uzatish tizimlarida,  faza bo‗yicha monipulyatsiyalash sifatida qo‗llaniladi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/68
Sana28.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#713280
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
Bog'liq
NGN kirish tarmoqlari

 
Faza bo‗yicha modulyatsiyalash odatda diskret uzatish tizimlarida, 
faza bo‗yicha monipulyatsiyalash sifatida qo‗llaniladi.
 
3.2. Diskret signallarni modulyatsiyalash usullari 
Diskret axborotlarni modulyatsiyalash yordamida uzatishda bir va 
nollarni ifodalash tashuvchi sinusoidal signalning amplitudasi, chastotasi 
va 
fazasini 
o‗zgartirish 
orqali 
amalga 
oshiriladi. 
Agar 
modulyatsiyalangan signal diskret axborot tashiyotgan bo‗lsa, u holda 
modulyatsiya termini o‗rniga monipulyatsiya termini qo‗llaniladi, ya‘ni: 



Amplituda bo‗yicha monipulyatsiya (Amplitude Shift Keying -
ASK), 

Chastota bo‗yicha monipulyatsiya (Frequency Shift Keying, FSK), 

Faza bo‗yicha monipulyatsiya (Phase Shift Keying, PSK). 
Diskret signallarni uzatishda modulyatsiya‘ning qo‗llanilishiga 
yorqin misol sifatida kompyuter ma‘lumotlarini telefon tarmog‗i orqali 
uzatish jarayonini keltirish mumkin. Tanal chastotali kanal deb 
nomlanuvchi standart telefon kanalining amplituda - chastotaviy 
harakteristikasi 3.7-rasmda aks ettirilgan.
3.7-rasm. Standart telefon kanalining amplituda-chastotaviy 
harakteristikasi 
Mazkur kanal kommutatorlar orqali ulanadi va abonent telefon 
qurilmalarini o‗zaro bog‗laydi. Tonal chastota kanali 300 dan 3400 kGs 
diapazondagi chastotalarni uzatadi va uning o‗tkazish polosasi 3100 kGs 
ni tashkil qiladi. Bunday tor polosa yuqori sifatli ovozli signallarni 
uzatishga to‗liq imkonli, ammo u kompyuterlar o‗rtasida almashinilishi 
lozim bo‗lgan raqamli signallarni uzatishda muammolarga ega. 
Bu muammoni hal etish uchun esa analog signallarni diskret 
monipulyatsiyalash usuli qo‗llanildi. Uzatuvchi tomonda tashuvchuni 
modulyatsiyasini, qabul qilish tomonida demodulyatsiya‘ni amalga 
oshiruvchi qurilmani modulyator va demodulyator qurilmalari deyiladi.
Diskret ma‘lumotlarni uzatishda qo‗llaniluvchi turli hil 
monipulyatsiya usullari 3.8-rasmda aks ettirilgan. 3.8, a- rasmda 
uzatilishi lozim bo‗lgan diskret signalning bitlari ketma-ketligi 
keltirilgan.
Amplitudali monipulyatsiya jarayonida yuqori chastotali tashuvchi 
signalning amplitudasi axborot signalining impulslari shakliga mos 
o‗zgaradi. Ya‘ni mantiqiy bir impulsini uzatish uchun tashuvchi signal 
sinusoidasining ma‘lum bir A
1
amplitudasi tanlab olinadi, mantiqiy nol 
impulsini uzatish uchun esa boshqa bir nisbatan kichiqroq A
2
amplituda 
tanlab olinadi. Bu usul shovqinbardoshliligi pastligi sababli alohida 
holda kam hollarda qo‗llaniladi. Asosan boshqa turdagi monipulyatsiya 


usullari bilan birgalikda qo‗llaniladi. Masalan faza bo‗yicha 
monipulyatsiya usuli bilan.
Chastota bo‗yicha monipulyatsiya usulida esa diskret signal tashkil 
etuvchilari bo‗lgan nol yoki bir impulslarini uzatishda turli chastotadagi 
tebranishlardan foydalaniladi. Rasmda ko‗rsatilganidek mantiqiy bir 
impulsini uzatish uchun f

chastotadagi tebranish, mantiqiy nol impulsini 
uzatish uchun esa f

chastotadagi tebranishdan foydalaniladi. 
Monipulyatsiya‘ning bunday usuli amalga oshirish uchun 
murakkab sxemani talab qilinmaydi va odatda 300 – 1200 bit/s tezlikda 
ishlovchi past tezlikli modemlarda qo‗llaniladi.
Faqat ikki chastotadan foydalanilganda bitta taktda bir bit axborot 
uzatiladi va shuning uchun bu usul ikkilik chastotali monipulyatsiya 
(BFSK) deb nomlanadi. Shuningdek bitta taktda ikki bit ahbarotni 
kodlash maqsadida to‗rtta chastotadagi tebranishlardan foydalanilishi 
mumkin. Bu monipulyatsiya usuli turtinchi darajadagi monipulyatsiya 
usuli 
deyiladi 
(four-level 
FSK). Shuningdek ko‗p darajali 
monipulyatsiya usullari qo‗llaniladi va ular MFSK kabi nomlanadi.
Faza bo‗yicha monipulyatsiyalash usulida nol va bir impulslarini 
uzatish uchun bir hil castotadagi tebranishlardan foydalaniladi. Ammo 
har bir va nol impulslariga mos turli fazadagi tebranishlar qo‗llaniladi. 
Masalan 0 yoki 180

yoki 0, 90, 180 va 270
0
kabi fazadagi 
tebranishlardan (3.8-rasm,g). Dastlabki holatda bunday monipulyatsiya 
usuli ikkilik fazali monipulyatsiya deb nomlangan (BFSK), keyingi 
variantlari esa kvadratik fazali monipulyatsiya usuli deb nomlangan 
(Quadrature PSK, QPSK). 
3.8-rasm. Diskret ma‘lumotlarni uzatishda qo‗llaniluvchi turli hil 
monipulyatsiya usullari



Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish