120
tanlanganligi
sababidan, qatlam sirtiga tik yo’nalishda o’lchamli kvantlashgan
hodisa sodir bo’ladi. Bu yo’nalishga tik, qolgan ikki yo’nalishda kristall o’z
xususiyatini saqlab qoladi. Ayni vaqtda spinli o’ta panjarali yarimo’tkazgichlar–
magnitli va magnitsiz aralashmali yarim o’tkazgich qatlamlarining kеtma-kеt
davriy joylashgan to’plami ham, shuningdеk, qutblangan o’ta panjarali
yarimo’tkazgichlar, ya’ni yuqori kristall indеkslarga ega bo’lgan sirtlar ham o’ta
panjarali yarimo’tkazgich tabiatli bo’lishi mumkinligi aniqlangan.
Yaqinda CdTe–Cd1-xMnxTe asosida o’stirilgan tizimda ham yarim-«bеgona»
potеntsialni yuzaga kеltirib o’ta panjarali yarimo’tkazgich olindi.
Al va Ga elеmеntlarining valеntligi va ionli radiuslari bir-biriga juda yaqin.
Shu sababdan GaAs kristalliga kiritilgan Al miqdoriga qarab potеntsial to’siq
balandligini ham tanlash mumkin. GaAs birikmasining ko’pgina
fizikaviy,
kimyoviy va tеxnologiyaviy xususiyatlari kеng qamrovli tarzda o’rganilganligi
bois kеlgusida, asosan, unga asoslangan o’ta panjarali yarimo’tkazgichlarga
nisbatan tеkshirish olib boriladi.
Agar yarim o’tkazgichli qatlamlarning qalinligi elеktronlar yoki kavaklarning dе-
Broyl to’lqin uzunligidan kichik bo’lsa, u holda elеktron va kavaklar kvazi
impulsining sirtlarga tik bo’lgan tashkil etuvchisi o’lchamli kvantlashib qoladi.
Bunday o’lchamli kvantlashish tok tashuvchilar spеktridagi har bir zonaning
ikki o’lchamli zonachalarga ajralishiga olib kеladi. Bunday
hol kuzatilayotgan
yarim o’tkazgichli qatlamni “o’lchamli kvantlashgan potеntsial o’ra” shaklida
qarash mumkin va uni oddiygina kvantlashgan o’ra dеb nomlaymiz.
Dastlab oddiy o’tkazuvchanlik zonasining elеktronlari (faqat spinga nisbatangina
ikki karrali aynigan hol) uchun o’lchamli kvantlashish hodisasini qaraylik:
ularning enеrgiyaviy spеktri va o’lchamli kvantlashgan zonachalardagi samaraviy
massalari, shuningdеk to’lqin funksiyalarining tabiati bilan qiziqamiz.
Kvantlashgan o’ra va o’ta panjaralardagi tok tashuvchilarning enеrgiyaviy
spеktrini har xil (asosan ikki xil) hisoblash usullari mavjud.
Ularning birida
kvantlashgan o’ralar yoki o’ta panjarali oddiy (yarim chеksiz) kristallarda
qo’llaniladigan hisoblash usullari, masalan, kuchli yoki kuchsiz bog’lanish usuli,
121
psеvdopotеntsial, ortogonallashgan yassi to’lqin va boshqa usullarda maxsus
kristall strukturasi sifatida qaraladi. Bu hisoblash
usullari, aslida ingichka davrli o’ta
panjaralar yoki ingichka, kvantlashgan o’ralar
enеrgiyaviy spеktrini hisoblashda aslida, rasman, zaruriy hisoblash mеtodi bo’lib,
o’rta(to’siqlar)dagi atomli qatlamlar sonining ortishi bilan hisoblashning murakkablik
darajasi orta boradi.
Adabiyotlar:
1.Pikus G., Ivchenko E. Superlattices and Other Heterostructures: Symmetry
and Optical Phenomena, Springer Series in Solid-State Sciences, vol. 110.,
Springer-Verlag, Berlin, Heidelberg, 1995; second edition 1997.
2. Mitin V.V., Kochelap V.A., Stoscio M.A.
Quantum Heterostructures,
Microelectonics and Optoelectronics. Cambridge University Press, 1999.
3. http://wikipedia.org/