Birinchidan
, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan
birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq
tarzda tashkil etilsa, Аlohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ijtimoiy tomondan
himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi
buyukligini alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarga nisbatan yanada mehribon va
e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar.
Ikkinchidan
, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom tengdoshlari
bilan
yonma-yon
ta'lim
va
tarbiyalanish
huquqiga
ega
ekanligi.
Bu ishlarni muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur.
Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini
amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishda, ota-
onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko’rsatishlarini
talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi.
83
Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda o’z qobiliyat
darajasida faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-hunar o’rganishi va rivojlanishi
mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga
muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, ijtimoiy hayotda teng
huquqliligini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar.
Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan maxsus yopiq turdagi muassasalarda
bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansada,
ammo bolalarning maktabgacha ta’lim jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari
natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda normal rivojlanishdagi bolalar
qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar.
Yuqoridagi kuzatishlar inobatga olinib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13
maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 3-ilovasida
“Koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʼshma tipdagi
maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʼgʼrisida” Nizom mavjud boʼlib, ushbu Nizomda
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari hamda Qoʼshma tipdagi maktabgacha
tashkilotlarining faoliyatlari haqida soʼz yuritilgan. Maqsad shundan iboratki, jismoniy
yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʼlgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari
boʼlmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda oʼqishini va
tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan.
Ushbu qarorda alohida ehtiyojga ega boʼlgan bolalarning huquq va manfaatlari
himoyalanganganligi, qolaversa jamiyat uchun har tomonlama intellektual salohiyatli
shaxsni voyaga yetkazishda maktabgacha taʼlim yoshidanoq taʼlim-tarbiya berishni
jahon tajribalari asosida, yaʼni integratsiyalashgan guruhlarning tashkil etilishi
eʼtiborga molikdir.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalaridan kelib chiqqan
holda ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining mutaxassislari uchun
“Ilk qadam” maktabgacha taʼlim muassasasining Davlat oʼquv dasturi asosida maxsus
ehtiyojga ega 2 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan (aqli zaif, ogʼir nutq nuqsoni boʼlgan,
tayanch-harakat aʼzolarida nuqsoni boʼlgan, kar va zaif eshituvchi, koʼzi ojiz va zaif
84
koʼruvchi bolalar) uchun 5 ta mutaxassislik yoʼnalishi boʼyicha moslashtirilgan,
uygʼunlashgan va yakka tartibdagi taʼlim yoʼnalish (marshrut) tamoyillariga
asoslangan Oʼquv dasturi yaratildi. Taʼlim dasturda yoʼnalishlar boʼyicha barcha
toifadagi maxsus pedagoglar (logoped, defektolog, surdopedagog, tiflopedagog,
oligofrenopedagog) uchun metodikalar hamda har bir yoʼnalish metodikasi boʼyicha
mashgʼulot jarayonlarida qoʼllaniladigan axborot-kompyuter texnologiyalari va
kerakli resurslar belgilangan.
Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʼyinlar, oʼyinchoqlar,
mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyornomasi ishlab
chiqildi, bunda, aqli zaif va ogʼir nutq nuqsoni boʼlgan, tayanch-harakat aʼzolarida
nuqsoni boʼlgan, kar va zaif eshituvchi, koʼzi ojiz va zaif koʼruvchi bolalarni
tarbiyalovchi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlashda bolalarning jismonan
sogʼlom, aqliy va intellektual rivojlanishlari uchun lozim boʼlgan jihozlar, oʼyinlar va
oʼyinchoqlar va boshqalar inobatga olindi.
Koʼp yoʼnalishli multidissiplinar yondoshuvdan foydalangan holda bolani bir
vaqtning oʼzida barcha mutaxassislari yordami bilan bir tashkilot sharoitida yordam
olishi uchun va toʼliq tibbiy reabilitatsiya va korreksion-pedagogik yordam koʼrsatish
uchun koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil
etilishi maqsadga muvofiq boʼlishini hisobga olgan holda Oʼzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori
ijrosi doirasida davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlar davlat koʼp
tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga aylantirildi.
Shu bilan birga mazkur qarorga asosan rivojlanishida jismoniy yoki psixik
nuqsonlari boʼlgan bolalarni koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim
tashkilotlarga va qoʼshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarga yoʼllash boʼyicha
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyani faoliyati takomillashtirildi va hozirgi kunda
respublika boʼyicha malakali pedagogik va tibbiyot mutaxassislar bilan taʼminlangan
14 ta hududiy Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya faoliyat koʼrsatmoqda.
85
Shuningdek, tasdiqlangan tibbiy koʼrsatmalarga asosan bolalarni ushbu
tashkilotlarga joylashtirilishini stabil mexanizmlari qonuniy belgilab berildi,
nuqsonlarni tashhislash jarayoni yaxshilandi hamda davlat koʼp tarmoqli
ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda jismoniy yoki psixik
rivojlanishida ogʼir nuqsonlari mavjud boʼlmagan tarbiyalanuvchilarni soni keskin
kamaydi.
Jumladan, 2020 yil yakuniga qadar respublikada rivojlanishida jismoniy yoki
psixik nuqsonlari boʼlgan bolalarga moʼljallangan koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan
maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 144 tani tashkil etdi, bu esa 2018 yilning shu
davriga (188 ta) nisbatan 23,4 foizga kamayganligini koʼrsatadi. Tegishli ravishda
respublikadagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan
imkoniyati cheklangan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʼlgan
tarbiyalanuvchi bolalarning soni 2018 yilga nisbatan (21 650) 57,2 foizga kamaydi va
9 251 tarbiyalanuvchini tashkil etdi, ulardan 2 855 (30,9%) nafari nogironligi boʼlgan
tarbiyalanuvchilar. 9 251 nafar tarbiyalanuvchilarning 6 390 tasidan (69%) ota-ona
badali undirilmaydi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi
“Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
toʼgʼrisida”gi 391-sonli qaroriga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha
taʼlim vazirligi va Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpogʼiston
Respublikasi va viloyatlardagi davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha
taʼlim tashkilotlarining faoliyati tahlil qilindi.
Tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, davlat byudjeti
mablagʼlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʼiston
Respublikasi va viloyatlardagi davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha
taʼlim tashkilotlari faoliyatini lozim darajada maqbullashtirish yuzasidan Maktabgacha
taʼlim vazirining 2020 yil 27 noyabrdagi “Qoraqalpogʼiston Respublikasi va
viloyatlardagi davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 186-son buyrugʼi
qabul qilindi va mazkur buyruqqa asosan bolalar kontingentini hisobga olibgan holda
86
ularni davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va
umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga aylantirish yuzasidan chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sifatli maktabgacha taʼlim berish asoslaridan biri malakali pedagog kadrlar va
ularning professionalizmi hisoblanadi.
Oʼtgan davr mobaynida ushbu yoʼnalishda keng koʼlamli ishlar olib borildi.
Jumladan, “Maktabgacha taʼlim” bakalavriat taʼlimi yoʼnalishi boʼyicha oliy taʼlim
muassalariga qabul qilish kvotalari oshirildi, mazkur yoʼnalishda oʼqish muddati uch
yilgacha qisqartirildi.
Respublika maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish oʼquv-metodik markazi negizida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari
rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil
etildi va unga maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarida zamonaviy menedjment va
pedagogik texnologiyalar boʼyicha bilim va koʼnikmalarni shakllantirish vazifasi
yuklatildi.
Shuningdek, Toshkent shahrida Koreya Respublikasining “Puchon”
Universiteti filiali tashkil etildi. 2019/2020 oʼquv yilida mazkur Universitetning
“Maktabgacha taʼlim” yoʼnalishida 784 nafar talabalar tahsil olgan.
Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim tizimi, jumladan ixtisoslashtirilgan
maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashni
yanada takomillashtirish, rivojlangan yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan
hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent shahrida “А.I.Gertsen nomidagi
Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi
filialini tashkil etish boʼyicha ishlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |