87
Shu bilan birga, Maktabgacha taʼlim vazirligi Rossiyaning А.I.Gertsen
nomidagi davlat pedagogika universiteti bilan
hamkorlikda doimiy ravishda
maktabgacha taʼlim soxasida faoliyat olib borayotgan hodimlarning malakasini
oshirish boʼyicha tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirilmoqda.
Maktabgacha taʼlim vazirining 2020 yil 27 noyabrdagi “Qoraqalpogʼiston
Respublikasi va viloyatlardagi davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan
maktabgacha
taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
186-son buyrugʼiga asosan Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlardagi 53
faoliyat kursatayotgan davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim
tashkilotlarini material-texnik bazasini mustahkamlash,
shu jumladan rivojlanishida
nuqsoni boʼlgan bolalar uchun zarur reabilitatsion jihozlar,
tibbiy anjomlar va
korrektsion-pedagogik vositalar bilan taʼminlash rejalashtirilgan.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi va viloyatlar
maktabgacha
taʼlim
boshqarmalar
qoshidagi
tibbiy-psixologik-pedagogik
komissiyalar faoliyatini sifatini oshirish maqsadida respublika sogʼliqni
saqlash
muassalarini yuqori malakali mutaxassislarini doimiy ravishda jalb qilish
rejlashtirilgan.
Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi
637-sonli Qonunining 15-moddasida “Taʼlim shakllari” koʼrsatilgan boʼlib, “Inklyuziv
taʼlim” ham
kiritilganligi quvonarlidir, chunki 1997 yil 29 avgustdagi “Taʼlim
toʼgʼrisida”gi Qonunda “Inklyuziv taʼlim” shakli kiritilmaganligi hisobidan, bu taʼlim
shakliga ehtiyoji bor bolalarning jamiyatga aralashuvi, taʼlim
olishlarida bir qator
toʼsqinliklarga duch kelinmoqda edi.
Yangi tahrirdagi Qonunda esa “Inklyuziv taʼlim” shakli joriy qilinib, bu taʼlim
shakliga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Inklyuziv ta’lim kamsitishlarni oldini olishga
yordam beradi.
Jamiyatda alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarga
nisbatan yanglish fikr va
munosabat juda yuqoridir. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularni yoshligidan
maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim-tarbiya berilishi bunga sabab bo’lishi
mumkin. Bunday munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin
88
tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o’xshashlik
jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar normal
rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim tarbiya olsalar,
bu barcha bolalarni
alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarni
anglab, kasitmasliklarini ta’minlagan bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: